11.Интернет ОАВ тури сифатида
Режа:
Intemet ma’nosini
Internet - ommaviy axborot vositalarining alohida, o‘ziga xos bir
turidir.
An’anaviylik va yangi omillar qonuniyati ham internet faoliyati uchun taalluqli.
Ma’lumki, jurnalistika - ijtimoiy axborot yig‘ish va tarqatishning
asosiy vositasi sifatida insoniyatning madaniy taraqqiyotga ega boigan
hayotida doimo muhim o‘rin tutib keladi. Shu boisdan u insoniyat bilan
birlikda nvojlanib, taraqqiy etib boraveradi. Bu ommaviy axborot
vositalarining turli-tuman yangi ko‘rinishlari vujudga kelishida ham o‘z
ifodasini topadi.
Insoniyat aql-tafakkurining yanada o‘sishi, fan va texnikaning
rivojlanishi bilan XXI asrga kelib ommaviy axborot vositalari tasnifiga
yana bir tur, uning yana bir ko'rinishi kelib qo’shildi va u internet deb
ataldi. Intemet-lotincha (Inter)-aro va net-(Wogk)- tarmoq ma’nosini
anglatadigan katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini o‘zaro
bogiovchi butun jahon kompyuter tizimidir. Bu - insoniyatning yana bir
mo‘jizaviy kashfiyoti 1969 - yil sentyabrida amerikalik harbiy
mutaxassislar guruhi tomonidan birinchi kompyuter tarmog‘i boiib, ishga
tushirilgan. XX asming oxirlariga kelib elektron texnologiyalar asosida
matn yozish va hisoblash uchun ixtiro qilingan maxsus qurilmalar
keyinchalik aloqa vositasi sifatida ham ishlatila boshlandi. Tarmoqqa
ulangan har bir kompyuter dunyoning istalgan nuqtasidagi boshqa
kompyuterga ulanishi mumkin boidi. Natijada xalqaro internet tarmoqlari
vujudga keldi. Vaqt o‘tishi bilan undan boshqa ilmiy tashkilotlar ham keng
foydalana boshladilar va bu tarmoq ilmiy axborot almashish ijtimoiy
vazifasini ham bajara boshladi. Sekin-asta bu tarmoqdan xususiy
kompyuterlar egalari ham foydalana boshladilar, shu zaylda
kompyuterlashtirilgan barcha mamlakatlar va o‘z kompyuteriga ega
boigan barcha shaxslar o‘rtasida o'zaro axborot almashinuv mumkin
boidi. Binobarin, kompyuterlar yordamida boshqa (shaxsiy, ilmiy)
axborotlar qatorida ijtimoiy axborotlar tarqatish imkoniyati tuzildi va bu
esa Internet tarm ogini (va kompyuter asboblarini) ommaviy axborot
vositalarining bir turi bo‘lishiga olib keldi.
Internet - ommaviy axborot vositalarining alohida, o‘ziga xos bir
turidir. Unda ijtimoiy axborotning barcha turlari - siyosiy, iqtisodiy, ilmiy,
madaniy-ma’naviy, sport va boshqa turlari bir vaqtning o‘zida o‘rin olishi
va har bir ko‘ruvchi, o‘quvchi (ya’ni kompyuterdan foydalanuvchi shaxs)
o‘ziga kerakli axborotni izlab topib, undan bahramand boiishi mumkin.
Bu internet axborot hajmining nihoyatda keng, behudud ekanligidan
dalolat beradi. Shu bilan birgalikda, internet axborotlari elektron tarmoq
orqali tezlik bilan tarqala olishi jihatidan uning nihoyatda tezkor,
hozirjavob bo‘lishini ham ta’minlaydi. Bu yakka shaxs-insonning butun
dunyo bilan bevosita bogianishi, uni dunyo voqealaridan, ilm-fan,
adabiyot-sanat, sport va boshqa sohalar yangiliklaridan to ia xabardor
boiishiga xizmat qiladi. Internetda yangiliklar ijtimoiy hayot, ilm-fan,
adabiyot-san’at, sport va boshqa sohalardagi axborotlar maxsus saytlar
Do'stlaringiz bilan baham: |