Хаиткариева сабохат хашимовнанинг ўзбекистон тарихи фанидан


(arabcha - yaratilmish degan m a’noni bildiradi)



Download 0,6 Mb.
bet15/41
Sana14.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#549682
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
МУСТАҚИЛ ИШИ 2

(arabcha - yaratilmish degan m a’noni bildiradi) m aium hududda
yashovchi, o‘z tarixi, taqdiri, manfaati bilan birlashgan odamlaming katta
yig‘indisidir. Masalan, o‘zbek xalqi, rus xalqi, O'zbekiston xalqi, dunyo
xalqlari va hokazo. Xalq bir millatdan yoki birnecha millatdan iborat
boiishi mumkin. Barcha ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ju g ‘rofiy, ekologik
muammolar va masalalar shu hududda yashovchi xalqqa tegishlidir. Xalq
insoniyatning bir boiagi sifatida umuminsoniy va o‘zigagina tegishli
boigan maniaatlarga ega.
Binobarin ana shu hududda yashovchi xalqqa tegishli boigan
jurnalistika xalqchillik tamoyiliga amal qilishi, ya’ni o‘sha xalq
manfaatlari va maqsadlari yoiida xizmat qilishi lozim. Bu tamoyilning
talabi shundan iboratki, har bir jurnalistika nashri, har bir ommaviy
axborot vositasi o‘z xalqining manfaati, tarixi, madaniyati, taraqqiyoti
masalalarini keng yoritishi, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniymri Aaviy yuksalishiga xizmat qilm ogi shart. Bu jurnalistikaning o‘z
ijtimoiy vazifalarini bajarishi, ya’ni ijtimoiy hayotni, xalq hayotini to la
aks ettirish, tahlil qilish va unga qaytadan ta’sir ko‘rsatishining asosi
hisoblanadi. Jurnalistika xalqning kundalik fikr va tuyg‘ularining aniq va yangroq lfodasi boiishi' lozim. U xalq orasida boiishi hamda xalqning
umid va tashvishlari, quvonch va dardini teng baham ko‘rishi shart. Har bir
jurnalistika nashri, ommaviy axborot vositasi xalqdan ajralmasligi, unirig
hayotiy muammolarini ochiq, xolis bayon qilishi, xalq orzu-umidi, fikrtuyg‘ularining haqiqiy ifodachisi b o im o g i kerak. Xalq hayotim buzib,
xaspo‘shlab yoritish, yakka shaxs, yakka g‘oyaga xizmat qilish kabi hollar
jumalistikaning o‘z ijtimoiy vazifalarini bajara olmasligiga, xalqning
noroziligi va inkoriga sabab bo‘ladi. Unday jurnalistika nashrini xalq
o‘qimaydi, ommaviy axborot vositalaridan yuz o‘giradi.
Xalqchillik tamoyili har bir jumalistdan, publitsistdan, har bir
ijodkordan o‘zining butun ijodi, qalb qo‘rini xalqiga bag‘ishlashni, butun
umr xalqiga xizmat qilishni talab etadi. Har bir qalam sohibi o‘z asarlarida
xalqning hayoti, mehnati, tashvishi, quvonchi, orzu-umidlarini keng,
haqqoniy tasvirlashi lozim. Xalqchillik publitsistika va badiiy ijodning eng
muhim talabi, har qanday asaming hayotiyligi, umrboqiyligini belgilovchi
asosiy va bemurosa mezondir. Xalq ruhi, uning dilidagilarni ifoda etuvchi
va yuksak mahorat bilan yozilgan asarlargina umrboqiy boiishi mumkin.
Agar jurnalist, publitsist, ijodkor xalqchillikka erisha olmas ekan, hech
qachon xalq nazariga tushmaydi, xalqning hurmat-e’tiborini qozona
olmaydi.
Xalqchillik tamoyilining aniq ko‘rinishlaridan biri - milliylikdir.
Binobarin jurnalistika milliylik tamoyiliga ham amal qilishi lozim.
“Millat-kishilarning yagona tilda so‘zlashishi, yaxlit hududda
istiqomat qilishi, mushtarak iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy madaniyat
va ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birligi”
(“0 ‘zbek tilining izohli lug‘ati”. Т., 2006. 2-jild. 593 b.). Masalan, o‘zbek
millati, rus millati va hokazo. Milliylik xalqchillikning,
umuminsoniylikning mushtarak bir tarkibiy qismi, muayyan ko‘rinishi
ekan, shu millat hududida, shu millat tilida chiquvchi jurnalistika o‘z
millatining manfaati, orzu-umidi, taraqqiyoti uchun xizmat qilishi kerak.
Barcha jurnalistika nashrlari, ommaviy axborot vositalari kundalik
faoliyatlarida shu millatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniyma’naviy hayotini keng yoritishi, millatning dardi bilan nafas Olishi lozim.
Har bir jurnalist, publitsist, ijodkor ocz asarlarida shu millatning hayoti,
ruhi; fikr - o‘ylari, quvonch va tashvishlarini aks ettirishi, milliy
qadriyatlarga suyanishi shart. Buning uchun millatning tili va dilini, ruhini
yaxshi idrok eta bilishi lozim. Shu bilan birgalikda milliylik, millat
manfaatlari umumxalq manfaatlariga, umuminsoniyat manfaatlariga zid
kelmasligi, o‘zaro mushtarak boiishi talab etiladi. Milliylikni mensimaslik
manqurtlikka, kosmopolitizmga olib kelganidek bir millat manfaatlarini
xalq manfaati, umuminsoniyat qadriyatlaridan yuqori qo‘yish milliy
mahdudlikka, milliy zo‘ravonlikka olib kelishi mumkin. Har bir jurnal ist,
publitsist, ijodkor o‘z millatini sevishi bilan bir qatorda boshqa millatlami
ham hurmat qilishi, ularning manfaatlarini tushunib, shu asnoda ijod qilishi
lozim. Ya’ni, jumalist, ijodkor milliylik, o‘z millatiga xizmat qilish
orqaligina xalqchillik va umuminsoniylikka xizmat qila oladi.
Jurnalistikaning eng muhim qonuni, tamoyillaridan biri - uning
haqqoniyligidir. Haqqoniylik - mutlaq haqiqatga intilish insonning
dunyoni bilishdagi bosh talabi, ish usulidir. Inson paydo boiib, ongi
rivojlana boshlagan paytdan boshlab o‘zini o‘rab turgan narsa va
ashyolaming, yuz berayotgan voqea va hodisalaming asl, tub mohiyatini
bilib olishga intiladi. Bunda unga haqqoniy bilim va aniq tajribagina q o i
keladi. Ammo tajribasizlik tufayli noto‘g‘ri xulosalar ham kelib chiqadi,
bir insonning ikkinchi insondan manfaat qidirishi, o‘zaro munosabatlar
natijasida yolg‘on ham kelib chiqqan. Insoniyat o‘zining necha asrlik
hayoti, faoliyati davomida ana shu rost va yolg‘on o‘rtasida qolib,
haqiqatni, ya’ni rostni izlab keladi. Insoniyatning ma’naviy mahsuli
boigan jurnalistika insoniyatga xizmat qilar ekan haqiqatga asosianmogi,
rost so‘zlamog‘i kerak. Shundagina u insoniyat intilgan ezgulikka,
adolatga, taraqqiyotga xizmat qiladi. Aksincha jurnalistika yolg‘on
xabarlar tarqatsa, hayotni bir yoqlama, noto‘g‘ri yoritsa, yolg‘on so‘zlasa
insoniyatga katta zarar yetkazadi. Uni inqirozga yetaklaydi. Shunday ekan
barcha jurnalistika nashrlari, haqqoniylik tamoyiliga amal qilishi shart.
Bundan zarracha chekinish uning o‘z ijtimoiy vazifalarini bajarishida
m oneiik qiladi. Bu tamoyil har bir jumalist, publitsist va ijodkordan faqat
haqiqatni, ayni haqiqatni yozishni talab etadi. Haqqoniylik publitsistik va
badiiy ijodning bosh mezoni, asosiy talabidir. Hayot haqiqatlarmi ochib
bera olgan, o‘z millati va pirovard natijada umuminsoniyat uchun qadrli
boigan asarlargina umrboqiydir. Bu tamoyilning zarracha bo‘lsa-da
buzilishi, o‘z manfaati yoki yakka g‘oya, shaxs talabi bilan hayot
haqiqatidan ko‘z yumish ijodkoming inqiroziga sabab bo‘ladi.
Oldingi davr — kommunistik davr jurnalistikasi xususan, haqqoniylik
tamoyiliga rioya qilmaganligi boisidan inqirozga uchradi. Mustaqil
0 ‘zbekiston jumalistikasida haqqoniylik tamoyili tobora takomillashib
bormoqda.
Jumalistikaning asosiy tamoyiilaridan yana biri - ommaviylikdir.
Ommaviylik har bir jurnalistika nashrining va ommaviy axborot vositasida
ko‘pchilikning doimiy ishtirok etishi, uning ko‘pchilik tomonidan yaxshi
kutib olinishi, ommalashuvidir. Ommaviylik tamoyili umuminsoniylik,
xalqchillik, milliylik va haqqoniylikning mantiqiy davomi boiib,
yuqoridagi tamoyillarga qat’iy amal qilgan holda o‘z ijtimoiy vazifalarini
to‘la bajara olgan jurnalistika nashri, ommaviy axborot vositasigina keng
ommalashuvi, o‘quvchilar, radiotinglovchilar va teletomoshabinlarga
manzur boiishi mumkin. Shu bilan birgalikda bu tamoyil har bir
jurnalistika nashri va ommaviy axborot vositasidan yuksak saviyada ish
olib borishni, har bir jurnalist, publitsist va ijodkordan katta mehnat va
mahoratni, doimiy izianishni talab qiladi. Ommaviylikka erisha olmagan
jurnalistika nashrida jurnalist muvaffaqiyat qozona olmaydi.
Jurnalistika faoliyatida partiyaviylik tamoyili ham mavjud.
Kommunistik jumalistikada bu tamoyil barcha jurnalistika nashrlari va
ommaviy axborot vositalari uchun bosh, majburiy qoida qilib qo‘yilgandi.
Aslida esa partiyaviylik - umuminsoniylik, xalqchilik, haqqoniylik bilan
olchanuvchi tushuncha hisoblanadi. Partiyaviylik tamoyili jamiyatdagi
ayrim partly alar, uyushmalar, tashkilotlar tomonidan nashr etiladigan
jurnalistika organlaxi uchun qollaniladigan qoida bo‘lib, o‘sha partiya,
uyushma, tashkilotning dasturi, yo‘l-yo‘riqlari asosida ish ko‘nsh
demakdir. Bu - tabiiy bir hoi. Ammo partiyaviylik tamoyili yuqorida
ta’kidlab octilganidek umuminsoniylik, xalqchillik va milliylik,
haqqoniylik tamoyillariga zid bolmasligi kerak. Aks holda u jamiyatga
zararli hodisaga aylanadi.
Mustaqil 0 ‘zbekistonda qator partiya gazetalari - О ‘zbekiston Xalq
demokratik partiyasining nashri “O ‘zbekiston ovbzi”, Fidokorlar
Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish