5. Suratli jurnallar
Jumallar tasnifida suratli jumallar ham alohida o‘rin tutadi. Suratli
jurnallar jamiyat hayotini yoritishda texnikaga asoslangan alohida bir usul
- fotojumalistikadan keng foydalanadi. Fotojurnalistikaning asosini fotopublitsistika tashkil etadi va publistikaning bu sohasi ham o‘z ichki janrlari
va keng ijodiy imkoniyatlariga ega. Suratli jurnallarda fotosurat bilan ana
shu suratlarni sharhlovchi yoki toldiruvchi bosma so‘z-matn ham muhim
rol o'ynaydi. Shuni aytish kerakki, boshqa ijtimoiy-siyosiy jurnallarda ham
fotosuratlardan keng foydalaniladi, ammo bunday jurnallarda esa bosma
so‘z - matn asosiy o‘rin tutadi, suratli jurnallarda esa suratlar asosiy o‘rinni
egallaydi.
Suratli jurnallar jahonning ko‘plab mamlakatlarida nashr etiladi. Bular
orasida AQShdagi «Pleyboy», «Germaniyadagi «Shpigel», Rossiyadagi
«Ogonyok» kabilar bor.
Respublikamizda maxsus « 0 ‘zbekiston kontakt» degan suratli jurnal
nashr etiladi. Shuningdek, «Guliston», «Saodat», «Yoshlik», «Filmz» kabi
jurnallarda ham fotosuratlarga keng o‘rin beriladi. Suratli jurnallarda
ishlovchi jurnalist fotojumalistikadan chuqur xabardor boiishi lozim.
6. Tarmoq jurnallari
Jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy— ishlab chiqarish va madaniyma’naviy hayotining ayrim tarmoqlarini yoritish uchun chiqariladigan
jurnallarga tarmoq jumallari deyiladi. Ya’ni, tarmoq jumallari jamiyat
hayotining ayrim tarmog‘ini keng va batafsil yoritish uchun moljallanadi.
Bunday jurnallar ijtimoiy-siyosiy yoki ilmiy - ishlab chiqarish jurnallariga
yaqin turishi mumkin. Bu xil jurnallarga respublikamizda nashr etilayotgan
« 0 ‘zbekiston matbuoti”, «Hamshira», «Adolat», «Sihat-salomatlik» va
boshqa jumallarm kiritish mumkin. Tarmoq jumallari asosan, shu sohada
ishlovchi kishilar uchun m oljallab chiqariladi. Tarmoq jurnallarida ishlash
uchun jurnalist ana shu tarmoq hayotini chuqur bilishi lozim.
Jurnallar aholining ma’lum tabaqalari uchun ham moljallab
chiqariladi. Masalan, kattalar uchun, xotin-qizlar uchun, yoshlar uchun,
bolalar va kichkintoy bolalar uchun chiqariladigan jurnallar mavjud.
Respublikamizda ko'zi ojizlar uchun maxsus jumal nashr etiladi.
Jurnallar chiqish davriga qarab, haftalik, bir oyda ikki marta, oylik,
ikki oyda hamda uch oyda bir marta chiqarilishi mumkin. Ayrim
haftaliklar gazeta ko‘rinishida chiqadi va ular gazeta bilan jumal o‘rtasida
turadi. Yilda bir yoki ikki marta chiqariladigan maxsus to‘plamlar almanax
deb ataladi va ular kitob bilan jumal o'rtasida turadi.
Jurnal tahririyatlarida ishlash gazetadan ma’lum darajada farq qiladi.
Gazetada jumalistdan ko‘proq tezkorlik talab qilinsa, jumalda esa
hayotning chuqur qatlamlariga kirib borish, chuqur bilim va mushohada
talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |