2) Ilndy-ishlab chiqarish jurnallari
Bunday jumallar fanning biror sohasini amaliyotga tatbiq etish
maqsadida chiqariladi. Bu xil jurnallarda ilmiy— nazariy materiallar bilan
bir qatorda bevosita amaliy xususiyatga ega bo‘lgan materiallar ham
bosiladi, maslahatlar beriladi. Bunga misol qilib, respublikamizda ko‘p
yillardan beri nashr etib kelinayotgan «O‘zbekiston qishJoq xo'jaligi»
jurnalini keltirish mumkin.
3) Ilmiy- ommabop jurnallar
Bunday jurnallar ilm-fan masalalarini keng o‘quvchilar ommasiga
etkazish, ilmiy ishlar va ixtirolami sharhlash, ilm-fanni hayot bilan
bog‘lash maqsadida chiqariladi. Bunday jumallar o‘z xususiyati bilan
ijtimoiy-siyosiy yoki adabiy-badiiy jurnallarga yaqin turadi.
0 ‘zbekistondagi ko‘pchilikka tanish «Fan va turmush» jurnali buning
yaqqol misolidir. Bizda ilmiy-ommabop, hamda adabiyotning fantastika
turi bilan bog‘lanib ketgan «Sirli olam» jurnali ham mavjud bo‘lib,
muvafaqqiyatli faoliyat ko'rsatib kelmoqda
Bulardan tashqari maxsus ilmiy-axboriy jurnallar ham mavjud bo’lib,
fanning turli sohalari bo‘yicha chiqqan asarlar, yangiliklar haqida xabar
beradi.
Ilmiy jurnallar ilmiy jurnalistika qonuniyatlari asosida ish ko‘radilar.
Ularda asosan jiddiy tahlil uslubi qo‘Ilaniladi. Ilmiy jurnallarda ishlash
jurnalistdan fanning ma’lum sohasi bo‘yicha ixtisoslashish, ilmiy-
ommabop jurnallarda esa ommabop yoza olish, ilmiy publitsistikani yaxshi
egallash talab etiladi.
3. Adabiy-badiiy va san’atga oid jurnallar
Jurnallar tasnifida adabiy - badiiy va san’atga oid jurnallar ham
muhim o‘rin tutadi. Bu turdagi jurnallar asosan badiiy adabiyot va
san’atning turlarini yoritish uchun xizmat qiladi. Ma’lumki, adabiyot va
san’at ham ijtimoiy hayotni aks ettirish ko‘rmishlaridan bo‘lib, ijtimoiy
ongda jurnalistika bilan bir qatlamda joylashadi. Adabiy - badiiy va
san’atga doir jurnallar jurnalistika bilan mazkur ijtimoiy ong
ko‘rmishlarining o‘zaro ijodiy hamkorligi natijasidir.
Adabiy-badiiy va san’atga doir jurnallar ham eng ilk jurnallar
hisoblanadilar. Insoniyat tarixida ilk bor dunyoga kelgan jurnal— “Journal
des Savans” ham san’at masalalarini yoritishga moMjallangan edi.
Turkistonda ilk bor nashr etilgan «Oyina» jumalida ham adabiyot va san’at
masalalariga keng o‘rin berilgan. Hozirda dunyoda juda ko‘plab adabiybadiiy va san’atga oid jurnallar nashr etiladi. Respublikamizda ham bu
turda jurnallarning muayyan turi mavjuddir.
Adabiy-badiiy va san’atga oid jurnallar ham o‘z navbatida turli
xillarga bo‘linib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |