Hadislarda nutq va nutq odobi haqida



Download 96 Kb.
bet9/10
Sana26.08.2021
Hajmi96 Kb.
#156601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
HADISLARDA NUTQ VA NUTQ ODOBI HAQIDA

HADIS HAQIDA TUSHUNCHA

Hadis - islom dinida Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo’lib, Muhammad alayhissalomning hayoti va faoliyati, uning diniy va axloqiy ko’rsatmalarini o’z ichiga oladi. Muhammad payg’ambar biror gap aytgan, biror ish qilib ko’rsatgan yoki boshqalar qilgan biron-bir ishni ко’rib turib, uni man etmagan bo’lsa, ana shu uch holat sunnat hisoblanadi. Ana shunday xatti-harakatlar yoki ko’rsatmalar hadis deb yuritiladi. Hadislarda islom dinining qonun-qoidalari bilan birgalikda insoniy fazilatlar ham keng tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog’ tushiradigan yomon sifatlar qoralanadi. Ya’ni, hadislarda o’zaro do’stona munosabatlar, qarindosh, ota-ona va farzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, insof-tavfiqli bo’lish targ’ib qilingan. Razolat, kibr-u havo, ado vat, hasad, xiyonat, yolg’onchilik, fitna-fasod, zulm kabi illatlarga nafrat tuyg’ulari ifodalangan.11

Vaqt o’tishi bilan turli ijtimoiy ziddiyatlar, dindagi ichki g’oyaviy kurashlar natijasida soxta hadislar ham paydo bo’la boshlagan. Natijada hadis ilmi bilan shug’ullanuvchi olimlar - muhaddislar hadislarni ishonchli manbalar asosida qayta ko’rib chiqishga, ularning haqiqiylarini soxtalaridan ajratishga kirishganlar. Shunday qilib, islom olamining turli yerlarida hadis ilmining yirik targ’ibotchilari va mualliflari paydo bo’la boshladi.

Hadis ilmining rivojlanishiga, ayniqsa, bizning yurtimizdan yetishib chiqqan muhaddislar ulkan hissa qo’shishgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abd ar-Rahmon ad-Dorimiy as-Samarqandiy o’z umrlarini hadis to’plash va ularni o’rganishdek muqaddas ishga bag’ishlaganlar.Mashhur muhaddislar orasida Imom Buxoriy eng oldingi o’rinda turadi. Uning yozgan kitoblari ichida eng mashhuri «Al-jome’ as-sahih» (bu asar «Sahih al-Buxoriy» nomi bilan ham mashhur) asaridir. Imom Buxoriygacha o’tgan muhaddislar hadis kitoblariga barcha eshitgan hadislarini kiritar edilar. Hadislarni barcha shartlari bilan tekshirib, ularni sahih (ishonchli) yoki g’ayrisahih (ishonarsiz) qismlarga ajratmas edilar. Birinchi bo’lib bu uslubni Imom Buxoriy joriy etgan.Hadislar tuzilishiga ko’ra, yuqorida ta’kidlanganidek, ikki qismdan  hadisning mazmuni (matni) va uning sanadi (Kim tomonidan aytilganligi)dan iborat. Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat qilib, avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar ro’yxati hadisning musnadi deyiladi. Muhammad payg’ambardan so’ng biron-bir hadis yozib olingunga qadar o’tgan vaqt ichida ushbu hadisni bir-biriga naql qilib kelgan roviylar tartibida (musnadda) uzilish bo’lmasa, bunday hadislar ishonchli hisoblangan.12



 BISMILLAHIR   RAHMONIR   RAHIYM.

Shayx, imom va hofiz (Qur’on va hadisni yod biluvchi) Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug;iyra al-Buhoriyni Alloh taolo rahmat qilsin, omin!
1-bob.  Rasululloh sallolohu alayhi va sallamga nechuk vahiy kela boshlagani  hamda Olloh taoloning “Biz senga Nuh va undan keyingi payg’ambarlarga nechuk vahiy yuborgan ersak,shunday vahiy yubordik” degan qavli hususida.
Yahyo inb Sa’id rivoyat qiladilar: ”Umar ibn al-Xattob minbarda turganlarida: ” Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman”, -dedilar: ”Darhaqiqat, barcha amallar niyatga yarasha bo’lg’usidir. Kimki hijratdan niyati dunyo topmoq ersa, dunyoga erishg’usi, kimki hijratdan niyati xotin olmoq ersa, xotinga nikohlang’usidir. Demak ne niyatda hijrat qilganlig’i etiborga oling’usidir”
Urva ibn Zubayr rivoyat qiladilar,u kishi ersa, Oisha onamizdan eshitgan erkanlar: ”Horis ibn Hoshim (r.a) Rasulullohi alayhi va sallamdan: ”Yo Rasululloh, sizga vahiy nechuk kelg’usidir”, - deb so’radi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam “Menga vahiy, ba’zan qo’ng’iroq ovozi yanlig’ kelg’usidir. Kuchli vahiy kelganda shunday bo’lg’ay. Shunda men butun borliqni unutg’um va vahiy so’zlarini uqib olg’umdir. Ba’zan esa, menga inson qiyofasidagi farishta vahiy keltirg’ay, men uning aytganlarini yodlab olg’ayman”,-deb javob qildilar”
Oisha (r.a) :”Qattiq sovuq kunlardan birida ul kishiga vahiy kelganining guvohi bo’lgan erdim. Shunda ul zot butun borliqni unutgan holatda bo’lib, peshonalari qattiq terlab ketgan erdi”, - deb aytdilar.

Urva ibn Zubayr Oisha onamizdan bunday deb naql qiladilar: ”Dastlabki vahiy Rasululloh sallolohu alayhi va sallamga uyqularida sof tush tarzida nozil bo’lgan erdi. Keyin, tong shafаg’i yanglig’ nurdan o’zgasi tushlariga kirmay qo’ydi. Shundan so’ng, Rasululloh yolg’izlikni xushlaydigan bo’lib qoldilar. Oilalarini tark etib, yolg’iz o’zlari Hiro’ tog’idagi g’orda qatorasiga bir necha tun toat-ibodat qilib chiqar erdilar. Shu boisdan ham o’zlari birlan yegulik olib chiqib ketar erdilar. Yeguliklari tugagach, Xadichaning huzurlariga kelib, yana taom olib, yana toqqa qaytar erdilar.13 

Haqiqatga yetishgunlariga qadar shunday qilaverdilar. Bir kuni odatdagidek Hiro’dagi g’orda  ibodat birlan mashg’ul bo’lib o’ltirganlarida xuzurlariga bir farishta kelib: ”Iqra’(o’qi)!”, - deb aytdi. ”O’qiy olmasman, dedim, - deydilar Rasululloh sallolohu alayhi va sallam, -shu payt ul zot meni bo’g’a boshladi, hatto men hirillab qoldim. Keyin meni qo’yib yubordi-da, yana: ”O’qi!” -dedi. Men ”O’qiy olmasman”, - deb erdim, ul meni ikkinchi bor bo’g’ishga tutindi, so’ng yana qo’yib yubordi-da: ”O’qi!” - dedi. Men ersam: ”O’qiy olmasman”, - deb javob qildim. Ul uchinchi marta bo’g’a boshladi, men tag’in hirillab qoldim. Keyin, qo’yib yubordi-da: ”Seni yaratgan Rabbingning, insonni alaq(lahta qon)dan yaratgan Parvardigoringning ismi ila o’qi, o’qi! Rabbing eng sahovatlidir!” - dedi”. Shundan so’ng Rasululloh sallolohu alayhi va sallam qo’rquvdan a’zoyi-badanlari titrab-qaqshab Xadicha binti Huvaylidning huzuriga keldilar-da: ”Meni o’rab(yashirib) qo’yinglar, meni o’rab qo’yinglar!” - dedilar. Ular Janob Rasulullohni qo’rquvlari tarqalgunga qadar o’rab qo’yishdi. So’ng, Xadishaga bo’lgan voqeani aytib berdilar-da: ”Men o’zimdan xavotir oldim (ya’ni,”Menga biron narsa bo’lib qolmasaydi” - deb qo’rqdim)”, - dedilar. Xadicha (r.a.) bunday dedilar: ”Yo’q, mutlaqo unday emas. Xudo haqqi, Olloh taolo sizni hech vaqt sharmanda qilmag’ay, siz qarindosh-urug’chilik munosabatlarini yo’lga qo’yg’aysiz, og’irni yengil qilg’aysiz, yo’qsillarni to’ydirg’aysiz, mehmon kutg’aysiz va haqiqiy ezguliklarning ro’yobga chiqishiga sa’yu imdod aylag’aysiz”. 14



Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish