Sababin ayt, tirrancha,Asaling muncha shirin?
Yalqovlikdan yiroqmani Senga aytsam men sirin, Mehnatdan kelgan ne'mat Bo'ladi totli — shirin.
Test mashg'uloti:
1. Xabar mazmunini bildirgan gap qaysi?
Biram mazali non ekan! B)Kelajakda kim bo'lmoqchisiz?D)Tandirda non yopiladi.
Testning javobini bolalar kartochkalar orqali ko'rsatadilar
IV.Darsni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.75-mashq.She'rni ifodali o'qing.
Nega bug'doy bosh egar? — Savol berdim dadamga.
Mehnatini olqishlab, Ta'zim qilar odamga.
Tilla rangga ularni Kimlar bo'yab ketishgan?
Elni sevgan dehqonlar
Terlar to'kib ekishgan.
Shuning uchun har boshoq
Oltin bo'lib yetilgan. Tursunboy Adashboyev
She'rda kimlarning suhbati aks ettirilgan? Bolaning gaplarini ko'chirib yozing.
Gaplar turli mazmun-maqsadda qo'llanadi. Ular xabar,darak, so'rash, his-hayajonni ifodalaydi. V. Baholash.Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadilar.
VI.Uyga vazifa: 76- mashq. Mantda nechta gap borligi, gaplarning turi, ular qanday mazmun anglatishi ko'rib chiqiladi.
MRO`TIBO`__________
Sana
Mavzu. 3-nazorat ishi .
Maqsad.
Ta`limiy: So'zlarni to'g'ri yozish va bo`g`inlarga bo'lish ko'nikmasini tekshirish. Tabiyaviy:O`quvchilarda o`z bilimlariga bo`lgan ishonchni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi:To`g`ri va chiroyli yozish ko`nikmalarini shakllantiish O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Dars jihozi: Diktant matni.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I. Darsni tashkil qilish.
1. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
2. Navbatchi axboroti
3.Ko`rgazmalarni ilish.
II.Uy vazifani tekshirish va diktant daftarlarini tarqatish.
III.Yangi mavzu bayoni:Hurmatli o`quvchilar bugungi darsimizda “Shotut”mavzusida diktant yozamiz.Diktant matni chiroyli qilib o`qib beriladi.Doskaga sana va sarlovhasi yoziladi.Diktant yozish qoidasi,ketma –ket kelgan bir xil undashlar ,talaffuzda tushib qoladigan undoshlar imlosi esga olinadi.O`quvchilar qoidani aytadilar.,misollar keltiradilar.Keyin o`quvchilar pilla,katta so`zlarida ketma-ket kelgan bir xil undoshlarning biri oldingi yo`lda qoldirib,ikkinchisi keyingi yo`lga o`tkazilishi haqidagi qoidani eslaydilar. Har bir gap alohidadan o`qib beriladi.
Shotut
Shotut yirik bargli ko`p hosil beradigandaraxtdir.Shotut sekin o`sadi.U ko`pincha ,yo`l chetlariga ekiladi.
Mevasi yozda sharbatga to`ladi.Uning shifobaxshligi haqida olim va tabiblar ko`p fikrlarni aytishgan.Shotutning ijobiy tomoni ko`p.U kuzgacha meva beradi,bargi polla qurtiga ozuqa bo`ladi.
IV.Mustahkamlash.O`quvchilar sana va matn sarlavhasini daftarga yozib bo`lgach,matn aytib yozdiriladi.Matn yozib bo`lingach,matn boshidan oxirigacha o`qib beriladi,o`quvchilar yozganlarini kuzatib borib,yo`l qoygan xatolarini tuzatishlari mumkin.
V.Yakunlash.O`quvchilar o`z ishlarini mustaqil o`qib,yo`l qo`ygan xatolarini tekshirganlaridan keyin daftarlari yig`ib olinadi.
VI.Uyda: O`tilganlarni takrorlash.
MRO`TIBO`_______________
Sana
Mavzu: Darak gap haqida ma`lumot.
Darsning maqsadi:
Ta`limiy:o'quvchilarning darak gaplar haqidagi bilimlarini kengaytirish;
Tarbiyaviy: muomala madaniyatini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:matn tuzish ko'nikmalarini rivojlantirish lug'at boyligini oshirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning metodi: izlanish.suhbat,amaliy
Darsning jihozi: uydan maktabgacha bo'lgan yo'l tasviri 4 faslga oid rasmlar.
Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
7
|
14
|
15
|
5
|
1
|
I.Tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga hozirligini kuzatish.
II..Uy vazifasini tekshirish. 76- mashq. Matnda nechta gap borligi va ular qanday gap ekanligi aniqlanadi.
„Muzyorar" mashg'uloti o'tkaziladi. Bu mashg'ulotda o'quvchilar iliq so'zlar aytib, bir-birlariga gul beradilar. Ra'no Muhayyoga gul berayotib: „Ozoda kiyinibsan" desa, Muhayyo Botirga: „Kecha futbolda g'olib bo'libsizlar, tabriklayman", deb yaxshi so'zlar aytishadi. Bu bilan o'quvchilarning faolligi oshadi bir-birlari bilan tezda muloqotga kirishib ketadilar.
III.Mavzu bayoni. Darslik bilan ishlash. 77- mashq.
O'quvchilarning uydan maktabga kelguncha kimlarni ko'rganlari, kimlar bilan suhbatlashganlari, qanday voqea-hodisalarning guvohi bo'lganlari haqida savollar bilan suhbat uyushtiriladi.
Yo`lda kimlarni uchratdingiz?
Nima haqida suhbatlashdingiz? Yo`lda sizni nima qiziqtirdi? Qanday voqeaning guvchi bo'ldingiz? Savollarga berilgan javoblardagi gaplardan 3 — 4 tasi yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |