Uerta diktaturasi AQSH Maderoning siyosatiga dushmanlik ko’zi bilan qaradi va diktator Diasning maslakdoshi , general Uertani maderoga gijgijlay boshladi . AQSHning qo’llashidan ruhlangan Uerta 1913- yilda davlat to’ntarishi o’tkazdi . Madero otib tashlandi .
Uerta diktaturasi Meksikadagi ahvolni yanada og’irlashtirdi . Faqat oddiy xalq emas , balki milliy burjuaziya va burjualashgan pomeshiklarning bir qismi ham Uertaga qarshi chiqdilar . Mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi . Milliy vatanparvar kuchlar general Uerta diktaturasini ag’darib tashladilar .
Do'stlaringiz bilan baham: |