4. Ikki suyuqlik chegarasidagi bo’ladigan adsorbilanish.
68
1. Suyuqlikning adsorbilanish sirtini, ya’ni shu sirtning qiymatini o’lchab
bilish mumkin.
2. Adsorbilanish jarayoni vaqtida sirt energiyasining qiymatini aniqlash
mumkin.
Suyuqlikning sirt qatlami molekulyar jihatidan qo’zg’aluvchan bo’ladi.
Suyuqlik-gaz chegarasida bo’ladigan adsorbilanish hodisasini o’rganishda,
shu suyuqlikning sirt tarangligiga katta e’tibor berish kerak, chunki agar biror
suyuqlikka boshqa bir modda qo’shsak, suyuqlikning sirt tarangligi o’zgaradi.
Bunda potensial energiyaning minimumga intilish qoidasiga muvofiq, suyuqlik
o’zining sirt energiyasini kamaytirishga intiladi. Shu sababli, suyuqlikning sirt
tarangligini kamaytiradigan moddalar suyuqlik sirtiga yig’ila boshlaydi. Natijada
suyuqlikka solingan moddaning sirtqi qavatidagi konsentratsiyasi suyuqlik ichidagi
konsentratsiyasidan farq qiladi. Natijada eritma ichidagi osmotik kuchlar ham
o’zgaradi, chunki eritma sirtqi qavatda ham, ichki qavatda ham o’z
konsentratsiyasini baravar qilishga intiladi. Bu yerda bir tomondan, adsorbilanish
jarayoni erkin energiyaning minimumiga intilish prinsipiga muvofiq, erigan
moddani suyuqlik sirtiga yig’adi; ikkinchi tomondan, osmotic bosim kuhlar tufayli
desorbsiya jarayoni sodir bo’lib, eritma konsentratsiyasi barcha hajm ichida
baravarlashishga intiladi. Natijada dinamik muvozanat qaror topadi, ya’ni
adsorbsion muvozanat vujudga keladi.
Adsorbsiya jarayoni va suyuqlikning sirt tarangligi orasida bog’liqlik bor,
chunki moddasirtiga tushib qolsa, shu suyuqlikning sirti albatta o’zgaradi. Shu
sababli suyuqlik sirtida adsorbsiya jarayoni musbat va manfiy adsorbsiyalarga
bo’linadi. Masalan, suvga organik kislota yoki spirt (yoki al’degid, keton,
murakkab efir, oqsil va hokazolar) aralashtirilsa, bu moddalar suvning sirt qavatida
ko’p yig’ilib qolib, suvning sirt tarangligini ancha kamaytiradi. Bu hodisa musbat
adsorbsiya deyiladi.
Ammo, shunday moddalar borki, ular suv sirtiga tushib qolsa, suvning sirt
tarangligini oshirib yuboradi. Shu vaqtda suyuqlik o’z sirtidan bunday moddalarni
chiqarib yuborishga intiladi. Lekin eritmadagi osmotik kuchlar moddalarning
69
barcha molekulalarini suyuqlik sirtidan chiqarib yuborishga yo’l qo’ymaydi.
Demak, bunday moddalar suyuqlikning sirt tarangligini salgina oshiradi. Bular
qatoriga osh tuzi va boshqa elektrolitlar kiradi; bu yerda boradigan hodisa manfiy
adsorbsiya deyiladi. Suyuqlikning sirt tarangligini kamaytiruvchi moddalar sirt
Do'stlaringiz bilan baham: