DLFO nazariyasi. Elektrolitlar ta’sirida sodir bo’ladigan koagulyatsiya statistik fizika, eritmalar nazariyalari va molekulalararo kuchlarga asoslangan fizik nazariya asosida talqin qilinadi. Bu sohada 1941 yilda Deryagin va Landau, Gollandiya olimlari Fervey va Overberk bajardilar. To’rt olim familiyalarning birinchi harflari koagulyatsiyaning fizik nazariyasi-DLFO-nazariyasi degan nom bergan.
Bu nazariyaga muvofiq, koagulyatsiyaning sodir bo’lishi ikki kuchga bog’liq: biri-Van-der-Vaal’s kuchlari bo’lsa, ikkinchisi-zarrachalar orasidagi o’zaro elektrostatik itarilish kuchlaridir. Bu ikki kuch yupqa suyuqlik qavatida birgalashib ta’sir etib, “kengaytiruvchini” vujudga keltiradi. Zarrachalar orasidagi suyuqlik qavati torayib, zarrachalar bir-biriga birlashib ketadi; binobarin koagulyatsiya sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |