Sirka kislotaning 250С da hayvon ko’mirda adsorbilanishi
1-jadval
C mol/l hisobida
|
Eksperiment
|
Freyndlix tenglamasi
bo’yicha
|
0,018
|
|
|
0,031
|
|
|
0,062
|
|
|
0,126
|
|
|
0,268
|
|
|
0,471
|
|
|
0,882
|
|
|
2,785
|
|
| Tayanch iboralar
Adsorbsiya. Absorbsiya. Kapillyar kondensatlanish. Adsorbilanish muvozanati. Freyndlix tenglamasi. Adsorbilanishning issiqligi. Adsorbilanish izotermasi.
Savol va topshiriqlar
Adsorbsiya, absorbsiya, sorbsiya tushunchalariga ta’rif bering.
Fizikaviy va kimyoviy adsorbilanish nima?
Kapilyar kondensatlanish tushunchasiga ta’rif bering.
Adsorbilanish muvozanati nimadan iborat?
Freyndlix tenglamasi va uning mohiyati.
Adsorbilanish izotermasiga ta’rif bering.
Adabiyotlar
1Axmedov K.S., Raximov X.R. Kolloid ximiya. – Toshkent.- O’zbekiston. – 1992. 60-71 betlar.
Фридрихсберг Д. А. Курс коллоидной химии. – Л.: - Химия. – 1984. – с. 72-80.
Воюцкий С.С. Курс коллоидной химии. –М.: - Химия. – 1964. – с. 94-120.
ma’ruza
ERITMA SIRTIDA BO’LADIGAN ADSORBILANISH
Reja
Suyuqlik-gaz chegarasida bo’ladigan adsorbilanish.
Manfiy adsorbilanish hodisasi.
Gibbs tenglamasi.
Ikki suyuqlik chegarasidagi bo’ladigan adsorbilanish.
Ionlar adsorbilanishi.
Suyuqlik-gaz chegarasida bo’ladigan adsorbilanish hodisasi bir qator faqat o’ziga xos xususiyatlariga ega. Masalan:
Suyuqlikning adsorbilanish sirtini, ya’ni shu sirtning qiymatini o’lchab bilish mumkin.
Adsorbilanish jarayoni vaqtida sirt energiyasining qiymatini aniqlash mumkin.
Suyuqlikning sirt qatlami molekulyar jihatidan qo’zg’aluvchan bo’ladi.
Suyuqlik-gaz chegarasida bo’ladigan adsorbilanish hodisasini o’rganishda, shu suyuqlikning sirt tarangligiga katta e’tibor berish kerak, chunki agar biror suyuqlikka boshqa bir modda qo’shsak, suyuqlikning sirt tarangligi o’zgaradi. Bunda potensial energiyaning minimumga intilish qoidasiga muvofiq, suyuqlik o’zining sirt energiyasini kamaytirishga intiladi. Shu sababli, suyuqlikning sirt tarangligini kamaytiradigan moddalar suyuqlik sirtiga yig’ila boshlaydi. Natijada suyuqlikka solingan moddaning sirtqi qavatidagi konsentratsiyasi suyuqlik ichidagi konsentratsiyasidan farq qiladi. Natijada eritma ichidagi osmotik kuchlar ham o’zgaradi, chunki eritma sirtqi qavatda ham, ichki qavatda ham o’z konsentratsiyasini baravar qilishga intiladi. Bu yerda bir tomondan, adsorbilanish jarayoni erkin energiyaning minimumiga intilish prinsipiga muvofiq, erigan moddani suyuqlik sirtiga yig’adi; ikkinchi tomondan, osmotic bosim kuhlar tufayli desorbsiya jarayoni sodir bo’lib, eritma konsentratsiyasi barcha hajm ichida baravarlashishga intiladi. Natijada dinamik muvozanat qaror topadi, ya’ni adsorbsion muvozanat vujudga keladi.
Adsorbsiya jarayoni va suyuqlikning sirt tarangligi orasida bog’liqlik bor, chunki moddasirtiga tushib qolsa, shu suyuqlikning sirti albatta o’zgaradi. Shu sababli suyuqlik sirtida adsorbsiya jarayoni musbat va manfiy adsorbsiyalarga bo’linadi. Masalan, suvga organik kislota yoki spirt (yoki al’degid, keton, murakkab efir, oqsil va hokazolar) aralashtirilsa, bu moddalar suvning sirt qavatida ko’p yig’ilib qolib, suvning sirt tarangligini ancha kamaytiradi. Bu hodisa musbat adsorbsiya deyiladi.
Ammo, shunday moddalar borki, ular suv sirtiga tushib qolsa, suvning sirt tarangligini oshirib yuboradi. Shu vaqtda suyuqlik o’z sirtidan bunday moddalarni chiqarib yuborishga intiladi. Lekin eritmadagi osmotik kuchlar moddalarning
barcha molekulalarini suyuqlik sirtidan chiqarib yuborishga yo’l qo’ymaydi. Demak, bunday moddalar suyuqlikning sirt tarangligini salgina oshiradi. Bular qatoriga osh tuzi va boshqa elektrolitlar kiradi; bu yerda boradigan hodisa manfiy adsorbsiya deyiladi. Suyuqlikning sirt tarangligini kamaytiruvchi moddalar sirt aktiv moddalar, suyuqlikning sirt tarangligini kuchaytiruvchi moddalar esa sirt noaktiv moddalar deb ataladi.
Shuni aytish kerakki, sirt-aktiv va sirt-noaktiv moddalardan tashqari shunday moddalar ham borki, ular suyuqlikka qo’shilsa, suyuqlikning sirt tarangligi o’zgarmaydi. Bunday moddalar sirt farqsiz moddalar deyiladi. Bular qatoriga disaxarid va polisaxaridlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |