Adsorbilanish issiqligi. Fizikaviy adsorbilanishda ham, xemosorbsiya ham issiqlik effekti kuzatiladi, ya’ni issiqlik chiqadi. Xemosorbsiyada ajralib chiqadigan issiqlik miqdori kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effektiga yaqin keladi. Fizikaviy adsorbilanishda ajralib chiqqan issiqlik kalorimetr yordamida o’lchanadi. 1g adsorbentga gaz yoki bug’ yutilganda chiqqan umumiy issiqlik miqdori adsorbilanishning integral issiqligi deyiladi va ushbu tenglamadan topiladi:
q
Q
int
m
bunda: Q-ajralib chiqqan umumiy issiqlik miqdori, m-adsorbent massasi. Adsorbentga ma’lum miqdorda modda yutilgandan keyin yana bir mol yutilganda ajralib chiqqan issiqlik adsorbilanishning differensial issiqligi deyiladi, ya’ni:
dQ
q dif
dn
Adsorbilanish vaqtida issiqlik juda kam miqdorda sust ajralib chiqadi. Shu sababli adsorbilanish issiqligini aniqlashda bir qator eksperimental qiyinchiliklarni yengishga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |