Adabiyotlar
1Axmedov K.S., Raximov X.R. Kolloid ximiya. – Toshkent.- O’zbekiston. – 1992. 47-57 betlar.
Писаренко А.П., Поспелова К.А., Яковлев А.Г. Курс коллоидной химии. – М.: - Высшая школа. – 1969. – с. 62-64.
Воюцкий С.С. Курс коллоидной химии. –М.: - Химия. – 1964. – с. 176-182.
Фридрихсберг Д. А. Курс коллоидной химии. – Л.: - Химия. – 1984. – с. 65-71.
ma’ruza ADSORBILANISH
Reja
1. Adsorbilanish hodisasining umumiy tavsifi.
2. Fizikaviy va kimyoviy adsorbillanish.
3. Adsorbsion muvozanat.
4. Adsorblanish issiqligi.
5. Qattiq jism sirtidagi adsorbillanish.
6. Freyndlix tenglamasi.
Dispers sistemalarning barchasida dispers faza zarrachalari sirtida erkin energiya zapasi bo’ladi. Sirt energiya o’z tabiati jihatidan potensial energiya bo’lganligi uchun termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq har qanday jism o’zining sirt energiyasini kamaytirishga intiladi. Jism sirtiga erkin energiyani kamaytiradigan jarayonlar sodir bo’ladi. Shuning uchun dispers kolloid sistemalar termodinamik jihatdan beqaror sistemalardir. Ularda doimo dispers faza zarrachalari sirt energiyasini kamaytiradigan jarayonlar sodir bo’lishi mumkin.
Suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa moddalarni yig’ilish hodisalari sirt energiyasining kamayishiga olib boruvchi jarayonlardan biri hisoblanadi. Suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa modda molekulalari, atomlari yoki ionlari yig’ilishi – adsorbillanish deyiladi. Umuman moddaga tashqi muhitdan boshqa moddalarning yutilishi sorbsiya deyiladi.
O’z sirtida boshqa modda zarrachalarini yutgan modda adsorbent (sorbent), yutilgan modda esa adsorbtiv (sorbtiv) deb ataladi. Adsorbilanishga oid dastlabki ilmiy tekshirish ishlari rus olimi T.E.Lovits nomi bilan bog’liq. U 1972 yilda eritmalarni turli qo’shimchalaridan tozalash uchun qattiq adsorbent sifatida ko’mirdan foydalandi. Adsorbillanish hodisasi faqat ko’mirgagina emas, balkiboshqa barcha g’ovak moddalarga ham xosdir. Masalan, turli gellar o’z sirtiga har xil bo’yoqlarni yutadi.
Modda sirtida yutilgan modda zarrachalari hamma vaqt qolavermaydi. Ba’zan yutuvchi moddaning ichki tomoniga ham diffuziyalanishi mumkin. Agar
modda qattiq jism sirtiga yutilsa, bu hodisa adsorbsiya yoki fizikaviy adsorbsiya deb, uning ichki qismiga yutilganda esa, absorbsiya deb ataladi. Agar modda geterogen sistemada bo’ladigan kimyoviy reaksiya tufayli yutilsa, bu hodisa xemosorbsiya deyiladi. Xemosorbsiya vaqtida yangi faza vujudga keladi. Xemosorbsiya ko’pincha, qattiq jismning barcha hajmiga tarqaladi. Xemosorbsiya, odatda, qaytmas jarayonlar jumlasiga kiradi. Bu holda adsorbentning issiqlik effekti kimyoviy birikmalarning hosil bo’lish issiqliklariga yaqin keladi. Ba’zan gazsimon modda sorbsiya vaqtida qattiq jism g’ovaklarida kondensatlanib, suyuqlikka aylanadi. Bu hodisa kapilyar kondensatsiya deyiladi.
Agar suyuqlik adsorbent sirtini yaxshi ho’llasa, adsorbentdagi kapilyar ichida botiq menisk paydo bo’ladi, so’ngra qolgan bug’ ana shu menisk ustida suyuqlikka aylanib, adsorbentning barcha g’ovaklarini suyuqlikka to’ldiradi. Kapilyar kondensatsiya ikkilamchi hodisa bo’lib, uning vujudga kelishida adsorbsion kuchlar ishtirok etmaydi. Balki suyuqlikning botiq meniskiga bug’ning tortilishi asosiy rol o’ynaydi. Kapilyar kondensatsiya katta tezlikka ega bo’lib u bir necha minut davomida tugaydi.
Adsorbilangan gaz qattiq jism sirtida bir yoki bir necha qatlam molekulalaridan iborat bo’lishi mumkin. Shunga qarab adsorbillanish monomolekulyar yoki polimolekulyar adsorblanish deb nomlanadi. Gaz yoki bug’ fizikaviy adsorblanganda quyidagi to’rt belgi kuzatiladi: 1) adsorblanish deyarli katta tezlik bilan boradi; 2) adsorbilanish qaytar tarzda boradi; 3) temperatura oshganda adsorblanish kamayadi; 4) adsorbilanishning issiqlik effekti qiymat jihatidan suyuqlanish yoki bug’lanish issiqliklariga yaqin bo’ladi. Adsorblanish hodisasi qattiq jism bilan suyuqlik o’rtasida , qattiq jism bilan gaz modda o’rtasida, suyuqlik bilan gaz o’rtasida va bir-birida kam eriydigan suyuqlik o’rtasida sodir bo’lishi mumkin.
Adsorbilanishning yana bitta xarakteristikasi – adsorbilanish vaqtidan iborat. Adsorblangan molekula adsorbsion qavatda qancha vaqt davomida istiqomat qilishi adsorbsiya vaqti deb ataladi. Bu kattalik adsorblangan molekulaning adsorbent sirtida qancha vaqt turishini ko’rsatadi. Agar molekula bilan sirt orasida
tortishish kuchlari mavjud bo’lsa, molekulani sirtda tutib turgan kuchi yengish uchun zaruriy energiya olgandagina molekula sirtdan ajralib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |