Atash semalari — semema tarkibidagi nomlash, atash semalariga oid. Ularot, sifat, son, fe’l turkumidagi barcha leksemalarning leksik ma’nolarida bor. Shuning uchun ular ideografik semalar deb ham ataladi [27, -67].
§. Ifoda semalari
Ifoda semalari semema tarkibidagi uslubiy ma’no qirralaridir. Ular leksemalarning atashdan, nomlashdan tashqari, shaxsiy munosabatlarni ifodalashiga yoxud shu leksemalarning qoilanishi doirasini belgilashiga xizmat qiladi. Masalan, buyumva matoh leksemalari «tirikchilik-ro‘zg‘orda qo’llanadigan mol» ma’nosiga ega, ammo matoh so’zida bu leksik ma’no salbiy bo’yoq bilan qoplangan: «Jon ota, matohlctrini olib borib bering, agar meni qizim desangiz, olib borib bering...» (X.Seitov.).
Ba’zan semantik tarkibida qo’shimcha ma’no qirrasi bo’lmagan leksemalar o’zi qo’llangan kontekst yoki nutqiy muhit talabi bilan uslubiy semali leksemaga aylanadi. Bu hodisa leksemaning o’ziga xos bo’lmagan kontekstda qo’llanishi tufayli sodir bo’ladi. Masalan, burun va tumshuq so’zlaridan harbirining o’z konteksti bor: burun leksemasi asosan odamga nisbatan, tumshuq leksemasi esa hayvon va parrandalarga nisbatan qo’llanadi. Qiyos qiling: 1) Sharofatningyupqa lablari ko'karib pirpiradi, burnt oqarib, kataklari kerildi. (A.Qahhor); 2) Laylakning bo'yi novcha, tumshug‘i bor tarnovcha. Lapanglaydi uchganda, uyasidan ko'chganda. (Uyg‘un). Keltirilgan misollarning ikkalasida burun va tumshuq so‘zlari o‘z kontekstida qo’llangan, shu bois ularda qo’shimcha ma’no qirralari, uslubiy baho ottenkalari ifodalanmagan. Yana m i s o I: U bir ko ‘ngli borib muttaham qozining tumshug'iga tushirgisi yo iflos basharasiga tupurgisi keldi. (M. Ismoiliy.) Bu gapda tumshuq so'zi o’ziga xos bo’lmagan kontekstda - odamga nisbatan qo’llangan, natijada unda odamga (qoziga) nisbatan hurmatsizlik, nafrat munosabatlari ifodalangan.
O’zbek tilida uslubiy bahoning morfemalar yordamida ifodalanishi keng tarqalgan: oyi-oyijon, tiH-tillari, dadam-dadamlar, uka-ukaginam kabi. Masalan: 1) Mushfiq va mehribon oyijonim. O’z tashvishlari bilan Sizni unutgan beaql, adashgan qizingizni ma’zurtuting. (E. Samandar.); 2) Og’a, sog’ borsangiz avval Dadamlarga salom ayting, Yugurib chiqqan ul mushfiq Onamlarga salom ayting. (Hamza); 3) Men uning tillarini kesib olaman, qo’limga bir tushsin yashshamagur. (E.Samandar.); 4) Bir oydan so’ng ko’zin yumib Mamaniyoz, Ko'kanchaga meros qopti bud-shud, oz-oz. (G’.G’.); 5) Seni o’zimdek bilaman. 01, ukaginam. (S. Ahm.); 6) Ana sichqon, mushukvoy, Ana xo’roz kuchukvoy. (G’.G’.).
§. Yazifa semalari
Do'stlaringiz bilan baham: |