H jamolxonov



Download 0,78 Mb.
bet100/170
Sana01.05.2022
Hajmi0,78 Mb.
#601011
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   170
Bog'liq
Jamolxonov - копия (2)

Okkazional ma’no leksemaning tildagi ma’nosiga xos bo'lmagan, ayrim shaxsning (muallifning) nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, shu leksema mazmuniga yangicha «tus» berishi natijasida yuzaga keltirilgan sun’iy ma’nodir. U individual xarakterda bo'ladi va faqat kontekstda anglashi- ladi.«lchak uzar hangomalar»dan keltirilgan quyidagi dialogga e’tibor beraylik:
Qattiq kayf qilgan er xotinidan iltimos qilyapti:

  • Kastumimni tozalab qo'y.

  • Tozaladim.

  • Shimimni tozalab qo'y.

  • Tozaladim.

  • Tuflimni tozalab qo'y.

  • lye, tuflining ham cho'ntagi bormi?

Yuqoridagi matnda tozalamoq so'zining «ship-shiydam qilmoq» ma’nosi kulgiga sabab bo'layotganligini anglash qiyin emas. Aslida bu ma’no tozalamoq leksemasining mazmun mundarijasida yo‘q, u asar muallifïning uslubiy maqsadda kashf etgan leksik qo'Ilashidir. Bunday leksik qo'llanishni (okkazional ma’noni) gul leksemasi misolida ham uchratib turamiz: gul leksemasining to‘g‘ri («o‘simlik gu/i») va ko'chma («yigitlarning guli», «qizlarning guli») ma’nolari borligi ma’lum, ular shu leksemaning uzual ma’nolari (leksik ma’nolari) sanaladi, chunki gul so'zining bu ma’nolari shu leksemaning semantik tarkibidan barqaror o'rin olgan:
Shoh qiz, shakar qiz, qizlarning guli,
Qoshlaringni ko'rsatgil, men uning quli.
(«Doxunda»dan.)
Biroq gul leksemasining fan arboblariga nisbatan metaforik qo'llanishi odat bo'lmagan, atoqli yozuvchi Oybekning quyidagi misralarida esa bu so'z ayni shu ma’noda ishlatilgan, demak, uning mazruun mundarijasiga okkazional ma’no tusi berilgan: Fan, san ’atning gullari butun, To‘plangandi suhbati uchun.
Gul leksemasining okkazional ma’noda qo'llanishi quyidagi gapda yanada ko'proq voqe bo'ladi: «Gulyuzing ochib, ey gul, majlisim guliston qil» (Feruz).
Demak: a) uzual ma’no til birligi (leksik ma’no), okkazional ma’no esa nutq birligi (leksik qo'ilash) sanaladi; b) uzual ma’no (yoki ma’nolar) kontekstgacha shakllangan bo'ladi, okkazional ma’no esa kontekstning o'zida yuzaga keladi, shu kontekst doirasidagina leksemaga biriktiriladi; d) uzual ma’no leksemaning biror predmet yoki hodisani nomlashi bilan bog'lan- gandir (unda obrazlilik ifodasi bo'Iishi ham, bo'lmasligi ham mumkin), okkazional ma’no esa nomlamaydi, unda obrazlilik ifodalanadi, xolos;

  1. uzual ma’no tilning lug'at boyligidan o'rin oladi, okkazional ma’no esa vaqt o'tishi bilan lug'at boyligiga kirib qolishi mumkin bo'lgan (hozirgacha kirmagan) potensial imkoniyatdir. Bunday imkoniyat amalga oshishi ham, oshmay qolishi ham mumkin. Chunonchi, o‘girmoq leksemasining tilda quyidagi leksik ma’nolari bor: 1) biror tomonga qaratmoq, burmoq. Ra no yuzini chetga o‘girib, boshidagi ro‘moli bilan yuzini artdi, uzun entikdi.

(«Mehrobdan chayon»dan); 2) aziz-avliyolarga atab boshi yoki ustidan pul yoki biror buyumni aylantirib sadaqa qilmoq: Oftob oyim erining bu so ‘zini eshtishi bilan Xo‘ja Bahoviddin yo‘liga o‘girib qo‘ygan yetti tanga pulini To‘yhekaga berib, darrov eshonnikiga jo'natdi. («0‘tgan kunlar»dan). Biroq, o‘girmoq leksemasi keyingi yillarda «tarjima qilmoq» ma’nosida ham qoilanmoqda: «Shunisi diqqatga sazovorki, XIX asrlarda rus yozuvchi- larining asarlari ham xorijiy tillarga ko'plab tarjima qilina boshlandi. Masalan, XVIII asr va XIX asrning boshlarida yaratilgan rus lirikasi namunalari va «Reviz.or» komediyasi nemis tiliga, N. V. Gogolning bir qancha nasriy asarlari fransuz tiliga o‘girildi» (G\ Salomov).
Bu nutqiy parchada o‘girmoq leksemasining uslubiy qiymati ham yo‘q emas: u tarjima qilmoq leksemasining kontekstda ikki marta takrorlan- masligiga erishish (leksik tavtalogiyaga barham berish) maqsadida ishlatilgan, shuning uchun bo’lsa kerak o‘girmoq leksemasining «tarjima qilmoq» ma’nosida qo’llanishi asta-sekin odat tusiga kirib bormoqda. Demak, bu leksemaning ana shu okkazional ma’nosi uzual ma’noga o'tish jarayonini boshidan kechirmoqda deyishga asos bor.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish