H jamolxonov



Download 1,67 Mb.
bet93/240
Sana23.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#402821
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   240
Bog'liq
хозирги озбек адабий тили

Semantik-uslubiy prinsip: a) semantik prinsip so'z yoki so'z shakllarining imlosini ularning ma'nolariga tayanib belgilaydi. Masalan, Iota, po'lat (turdosh otlar) — Lola, Po'lat (atoqli otlar), ishchi («-chi» kasb oti yasovchi) - ish-chi'? («-chi» - so'roq yuklamasi), senda («-da» — o'rin-payt kelishigi affiksi) — sen-da! («-da» - kuchaytiruv va ta’kid yuklamasi) kabi; b) uslubiy prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalari so'z yoki grammatik shakllarning semantik tarkibidagi uslubiy semalarning nutqdagi faollashuvini yozuvda ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan, ota, ona, vatan, siz, o'zingiz kabi so'zlar yoki grammatik shakllar shu so'zlar (shakllar) orqali ifodalangan shaxslarga yoki tug'ilib-o'sgan yurtga, diyoiga alohida hurmat-e’tibor bildirilganda bosh harf bilan yoziladi: Ota, Vatan, Ona, Siz, O'zingiz kabi. Shuningdek, gap ichida Tinchlik, Ozodlik, Mehnat, /fax? kabi so'zlaming ba’zan bosh harf bilan boshlanishi ham uslubiy prinsip talablaridan kelib chiqadi. Masalan, Yashasin Ozodlik, Tinchlik kabi.

Og'zaki nutqda so'z ma’nosini kuchaytirish maqsadida so'z tarkibidagi ayrim undoshlarni qavatlantirish (geminatsiya) yoki unlilami cho'zish kabi holatlar uchrab turadi. Ular yozuvda ham harflami qavatlantirish orqali ifodalanadi: maza va mazza, yashamagur va yashshamagur, rosa va rossa, opa va opa-a kabi.Bunday holatlar negizida ham uslubiy maqsadlar yotadi.

Bob, abzas, gap boshidagi birinchi so'zning bosh harf bilan boshlanishi ko‘proq sintaktik prinsipga tayanadi.

Orfografiyaning semantik-uslubiy prinsiplari V.F. Ivanovaning «принципы русской орфографии» monografiyasida maxsus yoritilgan45, ammo o'zbek tilshunosligida bu masala hali yetarli tadqiq etilmagan.

Amaldagi (kirillcha va lotincha) o‘zbek yozuvlari imlo qoidalarining shakllantirilishida fonetik, fonematik va morfologik prinsiplarga ko‘proq amal qilingan.



  1. §. Imlo qoidalari

Hozir 0‘zbekistonda amaldagi (kirillcha) va yangi (lotincha) o‘zbek yozuvlaridan foydalanilmoqda. Demak, shu ikki yozuvning imlo qoidalaridan xabardorbo'lish zamon talabidir.

  1. Kirillcha o‘zbek yozuvining imlo qoidalari dastlab 1940- yilning 4- iyulida yangi alifbe hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan46 va shu yilning o‘zida «Birlashgan o'zbek alfaviti va orfografiyasi» nomli to'plamda e’lon qilingan. Keyinchalik bu qoidalar yana bir necha marta qayta ishlandi, shular asosida 1952-, 1953-, 1955-yillarda «0‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» loyiha tarzida besh marta qayta nashr qilindi, nihoyat, uning 5-nashri 1956-yilning 4-aprelida 0‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan tasdiqlandi. Hozirgi (kirillcha) o‘zbek yozuvining imlosi ana shu «... qoidalar»ga asoslangan. U quyidagi 5 bo'lintni o‘z ichiga oladi:

  1. Ayrim harflaming imlosi (1-30- § qoidalari).

  2. 0‘zak-negiz va qo'shimchalar imlosi (31—55- § qoidalari).

  3. Qo‘shma so‘z va so‘z birikmalari imlosi (56—58- § qoidalari).

  4. Bo‘g‘in ko‘chirilishi (59-62- § qoidalari).

  5. Bosh harflaming yozilishi (63—72- § qoidalari).

  1. Yangi (lotincha) o‘zbek yozuvining imlo qoidalari 1995-yilning 24- avgustida 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan va shu yilning o‘zida «0‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» nomi bilan kitobcha shaklida nashr qilingan. U quyidagi 7 boMimni o‘z ichiga oladi:

  1. Harflar imlosi:

Unlilar imlosi (1-7- qoidalar).

Undoshlar imlosi (8-32- qoidalar).



  1. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33—37- qoidalar).

  2. Qo'shib yozish (38-50- qoidalar).

  3. Chiziqcha bilan yozish (51-56- qoidalar).

  4. Ajratib yozish (57-65- qoidalar).

  5. Bosh harflar imlosi (66—74- qoidalar).

  6. Ko‘chirish qoidalari (75—82-qoidalar).

  1. §. Amaldagi (kirillcha) va yangi (lotincha) o‘zbek yozuvlarining imlo qoidalaridagi tafovutlar

Amaldagi «...qoidalarning» ayrim paragraflari yangi «...qoidalar» ga kiritilmagan. Masalan: 2- paragraf (3- moddasi); 6- paragraf (2 va 3-mod- dalari); 8-paragraf (1-moddasi): 9-paragraf («ё» harfi), 10-paragraf («ю» harfi), 11-paragraf («я» harfi), 12- paragraf (2-moddasi), 13-paragraf (в > 6 kabi holatlar), 21- paragraf, 22- paragraf (2-moddasi), 26- paragraf (1- moddasi), 27- paragraf, 28- paragraf, 31-paragraf, 40- paragraf, 41- paragraf, 48- paragraf, 49- paragraf, 50- paragraf (2- moddasidagi «у/ю» ga aloqador qism), 52- paragraf, 58-paragraf va boshqalar. Yuqorida berilgan qoidalarning yangi qoidalar to'plamiga kiritilmaganligi bir qator omillarga asoslanadi: «е» harfming yangi yozuvda faqat «е» unlisini ifodalashi («y»+«e»ni emas), ё, ю, я harflarining yangi alifboda yo‘qligi, ayrim qoidalarning o'zini oqlamaganligi kabi sabablar shular jumlasi- dandir.

  1. § Yangi to'plamda yangicha talqinda yoxud jiddiy
    o‘zgarishlar bilan berilgan qoidalar


  1. Rusgrafikasi asosidagi o‘zbek orfografiyasida «-uq» («-ук»), «-iq» («-ик,») qoLshimchasining imlosi qoidalashtirilmagan, lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi orfografiyasida esa bu qo'shimchaning imlosiga oid rtiaxsus eslatma bor, unda shunday deyiladi: «Undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo'shiladi: uz-uzuq, yut-yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq, uchiriq (shuningdek, bulduriq) kabi so'zlaming uchinchi bo‘g‘inida «i» aytiladi va shunday yoziladi. (q. 33- qoidaning eslatma qismi).

  2. Ma’lumki, otlarga egalik qo‘shimchalarining qo'shilishida har xil holatlar uchrab turadi. Masalan, bobo va avzo so'zlariga egalik qo‘shimchasi ikki xil tarzda — bobo so'ziga «-m» va «-ng» shakllarida (bobom, bobong

109

kabi), avzo so'ziga esa «у+im», «у+ing» shakllarida («о» dan so‘ng bir «у» orttirilib) qo'shiladi: avzo+y+im, avzo+y+ing kabi. Bunday holatni «и» bilan tugagan ayrim so‘zlarda ham uchratamiz: uyqu+m, uyqu+ng, ammo mavzu+y+im, mavzu+y+ing kabi. Rus grafikasi asosidagi o'zbek yozuvining imlosida bunday holatlarni me’yorlashtiruvchi qoidalar yo'q edi. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvining imlo tizimida esa yuqoridagi kabi holatlar hisobga olingan. Unda, xususan, shunday qoida berilgan: «о, o', и, e» unlilari bilan tugaydigan so'zlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha qo‘shiladi:



  1. ko'pchilik so'zlarga egalik qo'shimchalari -m, -ng, -si; -miz, - ngiz (yoki -lari) shaklida tovush orttirmay qo'shiladi: bobom, bobong, bobosi; bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari); orzum, orzung, orzusi; orzumiz orzungiz, orzusi kabi;

  2. parvo, obro', mavqe, mavzu, avzo so'zlariga I, II shaxs egalik qo'shimchalari qo'shilganda bir «у» tovushi qo'shib aytiladi va shunday yoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro'yim, obro'ying; obro'yimiz, obro'yingiz kabi; III shaxs egalik qo'shimchasi parvo, avzo, obro', mavqe so'zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so'zlariga esa -si shaklida qo'shiladi: avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi «у» undoshi bilan tugagan so'zga ham III shaxsda «-si» qo'shiladi: dohiysi kabi) (q: 35- qoidaning 3- bandi).

  1. Rus grafikasi asosidagi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra шовул (shovul'), овул (ovul), кувур (quvur) so'zlarida «в» dan so'ng «у», шовилламон, (shovillamoq), ловиллалюц (lovillamoq), гувттмоц (guvillamoq) fe'llarida esa «в» dan so'ng «и» yoziladi. (q. 2- va 50-paragraf qoidalari). Lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvida yuqoridagi ot va fe’llar uchun bitta umumiy qoida berilgan, bu qoidaga ko'ra taqlidiy so'zlardan yasalgan fe’llarda ham «v» dan so'ng «i» emas, «и» yoziladi: shovullamoq, lovullamoq, gurullamoq kabi. (q: 37- qoidaning 1-bandi).

  2. Rus grafikasi asosidagi o'zbek yozuvi imlosida («...qoida» ning 42- paragrafida) fe’llarning orttirma daraja yasovchi «-dir» qo'shimchasi jarangli undosh bilan tugagan ko'p bo'g'inli so'zlarga «-tir» shaklida qo'shilishi aytilgan, aslida esa jarangli «z» dan so'ng «-tir» emas, «-dir» qo'shiladi. Qiyos qiling: cho ‘millirmoq, sevintirmoq, ammo tomizdirmoq, oqizdirmoq kabi. Lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvi imlosida bu kamchilikka barham berilgan. Unda shunday qoida bor: «nisbat shaklini yasovchi -dir qo'shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo'g'inli so'zlaiga (kelso'zidan boshqa), shuningdek z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchidan keyin qo'shiladi: quvdir, egdir, kuldir, yondir, о ‘tkazdir, (omizdir kabi». (q. 37- qoidaning 2- bandi).

  3. Rus graflkasi asosidagi o'zbek yozuvi imlosida (qoidalarning 34- paragrafida) «f» yoki «г» bilan tugagan so'zlarga «г» bilan boshlangan qo'shimchalar qo'shilganda, so‘z oxiri va qo'shimcha boshidagi undoshlar, aytilishiga mos holda yozilishi qoidalashtirilgan: oof боща (bog' — boqqa), moF тоща (tog' — toqqa), тег теккан (teg — tekkan) kabi. Lotin grafikasiga asoslangan yangi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra esa bunday so'zlartalaffuziga (fonetik prinsipga) ko'ra emas, morfemalarning asl holiga mos ravishda (morfologik prinsip asosida)yoziladi: bog'ga, tog'ga, sog'ga, og'gan, sig'guncha, bargga, teggan kabi (qarang: 37- qoidaning «d» bandi).

  4. 1956- yil «qoidalari»ning 43- paragrafiga ko'ra «-гин» («-gin»), «-гир» («-gir»), «-ГИЗ» (<<-giz»>), «-ra3»(«-gaz») qo'shimchalari jarangsiz undosh bilan tugagan so'zlarga qo'shilganda aytilishiga muvofiq «-кин» («-kin»), «-К.ИН» («-qin»), «-кир» («-kir»), «-к,ир» («-qir»), «-киз» («-kiz»), «-К.ИЗ» («-qiz»), «-каз» («-kaz»), «-к,аз» («-qaz») shakllarida yoziladi: торткин, топким, тушкин, тортк;из, утказ, уткир, чопцир kabi. Lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra «-gin» qo'shimchasi «-k» yoki «-q» bilan tugagan so'zlardan boshqa so'zlarga qo'shilganda, so'z qanday tovush bilan tugashidan va qo'shimchalarning bosh tovushi k yoki g aytilishidan qat’iy nazar, ««g» bilan yozilishi aytilgan. Qiyos qiling: торткин (1956-yil qoidasiga ko'ra), tortgin (1995-yil qoidasiga ko'ra), топким (1956-yil qoidasiga ko'ra), topgin (1995-yil qoidasiga ko'ra). Biroq, «-gir», «-giz», «-gaz» qo'shimchalari bu qoida doirasiga kiritilmagan.

  5. Rus grafikasi asosidagi o'zbek yozuvining «...asosiy qoidalari»da ikki otdan tuzilgan qo'shma sifatlarning ajratib yozilishi aytilgan: dymop буйин (ot + ot = qo'shma sifat), х;аво ранг (ot + ot = qo'shma sifat), бодом goeon, (ot + ot = qo'shma sifat), %уй куз (ot + ot = qo'shma sifat), фа пучок; (ot + ot = qo'shma sifat) kabi (58- paragraf, 3- qoida). Qo'shma sifatlar imlosiga oid bu qoida amalda o'zini oqlagani yo'q: оромбахш, бугдойранг, илхрмбахш so'zlari «ot + ot = qo'shma sifat» qolipida tuzilgan bo'lishiga qaramay, deyarli barcha imlo lug'atlarida qo'shib yozilgan, девсифат, одамсифат so'zlari esa (ular ham «ot + ot = qo'shma sifat» qolipida shakllangan) lug'atlarda har xil berilmoqda. Lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvi «qoidalari»da bu tipdagi qo'shma sifatlarning imlosi bir qadar tartibga solingan: «qoidalar»ning 38- bandida xona, noma, baxsh, rang, mijoz, sifat kabi so'zlar yordamida yasalgan qo'shma ot va qo'shma sifatlarning qo'shib yozilishi qayd etilgan: qabulxona, tabriknoma, orombaxsh, kamquvvat, bug'doyrang, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi. (q. 38- qoida). Shu qoida talablaridan kelib chiqqan holda, havo rang, jigarrang, bodom qovoq, qo ‘у ко ‘z kabi qo'shma sifatlarning komponentlari ham lotincha o'zbek yozuvida qo'shib yozilishi kerak: havorang, bodomqovoq, qo ‘yko % jigarrang kabi.

  6. Rus grafikasi asosidagi o'zbek yozuvi imlo qoidalariga ko'ra минг боши (ming boshi), ун боши (o'n boshi), суз боши (so‘z boshi) kabilar «birikmalik xususiyatini saqlagan so'zlar sifatida ajratib yoziladi (q. 58- para- graf, 12- qoida). Lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra esa «qaratuvchili birikmaning bir so'zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo'shma otlar qo'shilib yoziladi: mingboshi, so'zboshi, olmaqoqi»(q. 46- qoida).

  7. 1956-yil «qoidalari»da ikkinchi komponenti «ё» lashgan tovush bilan boshlangan шер юрак, муз ёрар, иш ёк,мас, к;ул ёзма tipidagi so'zlarning ajratib yozilishi aytilgan (q. 58-paragraf, 14-qoida). Lotin grafikasidagi yangi yozuvda bunday so'zlar qo'shilib yoziladi: sheryurak, muzyorar, ishyoqmas kabi (q. 39- qoida).

  8. Rus grafikasi asosidagi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra еру осмон (yeru osmon), ору номус (oru nomus), туну кун (tunu кип), кечаю кундуз (kechayu kunduzj, ёшу н;ари (yoshu qari), к;ую к,узи (qo ‘yu qo 'zi) kabi juft so'zlarda defis (chiziqcha) qo'yilmaydi (57- paragraf, eslatma). Lotin grafikasi asosidagi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra ham bunday so'zlar ajratib yoziladi, ammo ularning qismlari orasida -u (-yu) bog'lovchisi kelsa, shu elementlardan oldin chiziqcha qo'yiladi: do'st-u dustman, kecha-yu kunduz kabi (51- qoidadagi eslatmaning 2- bandi).

  9. Rus grafikasi asosidagi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra yil va oylarni (chislolarni) ko'rsatuvchi arabcha raqamdan so'ng chiziqcha (defis) yozilmaydi: 1956 йил 22 сентябрь kabi (47- paragraf qoidasi). Lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra bunday o'rinlarda chiziqcha qo'yiladi: 1991-yilning 1-sentabri, 60-yillarkabi (56-qoida).

  10. Rus grafikasi asosidagi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra алла (alia), к;ай (qay) elementlari so'zga qo'shib yoziladi: аллаким (allakim), аллацандай (allaqanday), gau6up (qaybir), к,айвак,т (qayvaqt) kabi (58- qoida, 13- bandi). Lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra qay so'zi o'zidan keyingi yoki oldingi so'zdan ajratib yoziladi: qay kuni. Agar qay so'zi yoq, yer so'zlari bilan jshlatilganda, bir «у» tovushi tushsa, bu so'zlar qo'shilib yoziladi: qayoqqa, qayerga kabi (60- qoida).


Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish