§. Orfografiya prinsiplari
Orfografiya prinsiplari — orfografiya qoidalarining tuzilishiga asos bo'lgan prinsiplar. Ularning quyidagi turlari bor:
Fonetik prinsip. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko'ra so'z yoki so'z shakllari talaffuzdagi ko'rinishiga mos ravishda yoziladi. Masalan, tojik tilidagi tanur so'zining o'zbek tilida tandir deb, ruscha щетка so'zining esa cho'tka deb yozilishi shu so'zlarning o'zbek tilidagi talaffuz me’yorlariga (fonetik prinsipga) asoslanadi. Shuningdek, ek+gan, ek+guncha kabi so'z shakllari ham o'zbek yozuvi imlo qoidalariga ko'ra ekkan, ekkuncha deb (talaffuziga mos tarzda) yoziladi.
Quyidagi holatlarda ham fonetik prinsipga amal qilinadi:
ayrim otlarga egalik affiksi qo'shilganda: burun > burni, ko ‘ngil > ko ‘nglim, og'iz > og‘zing, о ‘g‘il > о ‘g'lim kabi;
ayrim sifatlardan fe’I yasalganda: ulug‘ > ulg'aymoq, sariq > satg'aymoq kabi;
qotmoq, achimoq, ш/ио fe’llaridan sifat yasalganda: qot(moq) > qattiq, achi(moq) > achchiq, isi(moq) > issiq kabi;
son, ot, yosh, ong so'zlaridan fe’I yasalganda: son > sana, ot > atamoq, yosh > yashamoq, ong > anglamoq kabi;
0 ikki, yetti sonlariga «-ov» affiksi qo'shilganda: ikki > ikkov, yetti > yettov kabi;
g) «-a» yoki «-ya» bilan tugagan fe’llarga «-v» yoki «-q» qo'shilib ot yasalganda: tan la > tanlov, sana > sanov, so ‘ra > so ‘roq, bo ‘ya > bo ‘yoq, sayla > saylov kabi.
Orfografiyaning fonetik prinsipi yozuv bilan talaffuzni bir-biriga yaqinlashtiradi va imlo qoidalarining o'zlashtirilishini ham osonlashtiradi.
Fonematik prinsip. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko‘ra harflar (yoki grafemalar) so'z tarkibidagi fonemalaiga moslab tanlanadi. Chunonchi, kitob, owadso'zlarining oxiridagi «Ь» va «d» fonemalarijarangsiz «р» (kitop) va jarangsiz «t» (omat) tarzida talaffuz qilinsa-da, fonemaning asosiy ottenkasiga mos ravishda «Ь» (kitob) va «d» (omad) harflari bilan yoziladi. •
O'zbek tilshunosligida «fonematik prinsip» tushunchasi XX asming oxirrog‘ida qo'llana boshlandP0, bungacha u morfologik prinsip bilan bir hodisa sifatida izohlanib kelingan36 37 38 39 40. Rus tilshunosligida yozuvning fon?maga tayanishi haqidagi dastlabki fikr 1928-yilda N.F. Yakovlev tomonidan aytilgan edP2, ammo u bu fikrni orfografiyaga nisbatan emas, yozuvning o'ziga nisbatan bildiradi. Orfografiyaga nisbatan bu fikr birinchi marta 1930-yilda R.l.Avanesov va V.N.Sidorovlar tomonidan bildiriladi: ular imloning bu tamoyilini fonologik prinsip deb atashadi’3.
Rus tili imlosining fonematik xarakteriga oid nazariya esa dastlab I.S.Ilyinskaya va V.N.Sidorovlarning maxsus maqolasida ancha keng yoritilgan^4. Keyinroq bu prinsip A.A.Reformatskiy tomonidan shunday ta’riflanadi: «Yozuvning fonematik prinsipi shundan iboratki,unga ko‘ra harbirfonema qaysi pozitsiyada qo'llangan boiishidan qat’iy nazaro'ziga biriktirilgan harfbilan ifodalanadi»s\
Do'stlaringiz bilan baham: |