H jamolxonov



Download 1,67 Mb.
bet101/240
Sana23.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#402821
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   240
Bog'liq
хозирги озбек адабий тили

1920- yillarda «Chig'atoy gurungi» jamiyati alifboni isloh qilish bilan bog'liq qator ishlarni amalga oshiradi: «Bitim yo'llari» kitobchasi yaratiladi, unda arab yozuvini o'zbek tili tovushlari tizimiga moslashtirish lozimligi aytiladi, shu maqsadda alifboga jl* («и» unlisi uchun), jh («о‘» unlisi uchun), l!> («о» unlisi uchun), Aj («а» unlisi uchun), ^ («i unlisi uchun), («е» unlisi uchun) harflarini kiritish tavsiya etiladi53.

  1. yilda Toshkentda 1—5- yanvar kunlari o'zbek alifbosi va imlosi masalalariga bag'ishlangan birinchi O'lka qurultoyi bo'lib o'tadi, unda Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy va Botu (M.Hodiyev) ma’ruzalari tinglanadi.

Fitrat o'z ma’ruzasida arab alifbosining o'zbek tili xususiyatlariga moslashmaganligirfi, unda unli tovushlarni ifodalash uchun belgilar yetishmasligini, unli va undosh tovushlarni ifodalovchi harflaming shaklan farqlanmaganligini, har bir harfning to'rt shakli borligini yozuvdagi jiddiy nuqson deb baholaydi, bunday nomukammalikdan qutulish uchun esa arab alifbosidagi harflaming to'rt xil shaklidan faqat bittasini (so'z boshidagi shaklini) qoldirish, unli tovushlar uchun 6 ta harf belgilash, so'zlardagi ohangdoshlikni yozuvda aks ettirish imkonini yaratish, chet (olinma) so'zlami o'zbek tili xususiyatlariga moslab yozish kerakligini aytadi54. Bu fikrga Elbek ham qo'shiladi55. Ashurali Zohiriy esa Fitratning taklifiga e’tiroz bildirib, chet so‘zlarning, xususan, arabcha va forscha o‘zlashma- larning arab imlosidagi shakllarini o‘zgartirmay yozish ma’qulligini, aks holda bunday so'zlarning ma’nolari o'zgarib ketishi mumkinligini aytadi. Shu tariqa imlochilar ikkiga — yangi imlochilar va o'rta imlochilar guruhiga bo'linib ketadi56.

Botu (M Hodiyev) arab alifbosidan butunlay voz kechib, lotin grafikasi asosida yangi alifbo tuzish kerakligini aytadi. Bu haqda u shunday deydi: «... Butunlay hozirgi arab harflarini tashlab, ko'p millatlar tomonidan qabul qilingan lotin yozuvini tilimizdagi tovushlarga muvoftq bir holg'o keltirib qabul qilish kerakdir»57.

Shu ma'ruzasida Botu o‘zining lotin harflari asosida tuzilgan alifbosining lovihasini qurultoy ishtirokchilariga ko'rsatadi, muzokaraga chiqqan S. Usmonxo'jayev Botuning fikrini va loyihasini ma’qullaydi, ' ammo qurultoy qatnashchilarining ko'pchiligi amaldagi (arabcha) alifboni ayrim tuzatishlar kiritish bilan saqlash kerak degan fikrni quvvatlaydi58.

Qurultovda yozuv va alifboga oid quyidagi qaror qabul qilinadi:



  1. Bu vaqtga dovur o'zbeklar orasida yurub kelgan yozuvlar yo'lsiz va qoidasiz bo'lg'onligidan, qo'nferans yozuvlarimizni isloh etiluvini tilaydir.

  2. Imlomizning islohi uchun olti cho'zg'uli imlo qabul etilsa.

  3. Harf-cho‘zg‘ularimiz ayri-ayri shaklda bo'lur.

  4. O'zbek so'zlarida qalinlik va ingichkalik qoidasi qabul etilsun.

  5. Harflarning hammasi ikki turli shakldan bir turli shaklga tushirulsin.

  6. Tilimiz orasiga kirib qolg'on yot so'zlar o‘z harflarimiz bilan yozilsun»59.

  1. yilda Toshkentda Turkiston Respublikasi «O'zbek madaniyati va maorifi xodimlari qurultoyi» bo'lib. unda imlo masalalari bo‘yicha

Shokirjon Rahimiy, Ne’mat Hakim va Y.D. Polivanov ma’ruzalari tinglanadi. Shokirjon Rahimiy o‘z ma’ruzasida til va yozuvning ijtimoiy hayotdagi roli xususida gapirib, shunday deydi: «Наг qaysi ulusning adabiyotining tugallashmasi shu ulusning til va yozuvining tartiblik va yo'sunlik bo'lishiga bog'liqdir. Tartibsiz va qoidasiz til, yozuv bo'yicha tuzilgan adabiyotning bir kun emas bir kun bitishiga hech gumon yo'qdir. Til jon bo'lsa, yozuv uning badanidir. Sog' bo'lmag'on bir tanda jonning yashamog'i qiyindir. Bizning yozuvimiz kasal. Buning ilojiga tezdan kirishilmasa ish havplidir».

Qurultoyda yozuvni lotin alifbosiga ko‘chirish masalasi ham ko‘riladi, hatto lotin harflari asosida tuzilgan yangi o‘zbek alifbosi (loyiha) kengash ishtirokchilariga ko'rsatiladi.

Yuqoridagi takliflar muhokama qilib bo'lingach, quyidagi qaror qabul qilinadi: __


  1. 0‘zbek imlosini isloh qilish zarur: bunda o‘qish va yozishga o'rgatishni yengillashtirish nazarda tutilishi, ayni vaqtda tegishli ilmiy asoslar va bu sohadagi yangi yo'nalishlar e’tiborga olinishi kerak.

  2. Lotin alifbosi o‘zbek tili uchun to'liq yaroqli ekanligini e’tirof qilib, bu ishni hozirda amalga oshirishdagi katta qiyinchiliklarni hisobga olib, bu ish kelajakning vazifasi ekanligi ko'rsatilsin, hozirda esa arab alifbosini isloh qilish bilan kifoyalanilsin. (Bu qarorda o'zbek tili unlilarining soni 6 ta, undoshlarining soni esa 23 ta ekanligi qayd etilgan60.)


  1. Download 1,67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish