§. Fonografemalar
Fonografema tovush tilidagi fonemalarni ifodalaydi:
a fonografemasi «а»
fonemasini,
z fonografemasi «z» fonemasini ifodalagani kabi.
Fonografemaning ifoda plani (optik-grafik tasviri) bitta harfga teng bo'lishi (masalan, к) yoki ikki harf qo'shilmasidan tarkib topishi (masalan, ng) mumkin. Bunday paytda ular monografibir harfli fonografema) va poligmf (ko'p harfli fonografema) nomlari bilan farqlanadi. Poligraflaro'z navbatida ikki harfli (digraflar), uch harfli (trigraflar) va hatto to'rt harfli shakllarda bo'lishi mumkin. Hozirgi lotin o'zbek yozuvida ng, sh, ch poligraflari mavjud. Poligraflar tilshunoslikda analitik grafemalar deb ham ataladi33.
Fonografemaning mazmun planida bitta yoki bir necha fonema kodlashtirilgan bo'lishi mumkin. Chunonchi, o'zbek
yozuvidagi o‘ fonografemasining ipazmun planida bitta «o'» fonemasi (o'zbek tilining lablangan, o'rta keng unlisi),
q fonografemasining mazmun planida bitta «q» fonemasi (o'zbek tilining chuqur til orqa «q» undoshi) kodlashtirilgan. Bular grafemikada
monofonemali grafemalar deb nomlanadi34; o'zbek yozuvidagi
о va
j fonografemalarida esa boshqacharoq holat kuzatiladi:
о fonografemasining mazmun planida ikkita fonema — o'zbek tilining quyi keng «о» unlisi
(ota so'zi boshidagi fonema) va rus tilining o'rta keng, lablangan «о» unlisi (
tonna so'zining urg'uli bo'g'inidagi «о» fonemasi) kodlashtirilgan; j fonografemasining mazmun planida ham ikkita fonema — sirg'aluvchi j
(jurnal so'zi boshidagi undosh) va qorishiq «j» (dj)
(juda so'zi boshidagi undosh) kodlashtirilgan. Bunday fonografemalar grafemikada
bifonemali grafemalar deb yuritiladi
4S.
Fonografemalaming monograf, poligraf, monofonemali va polifonemali xarakterda bo'lishi ulaming paradigmatik tavsifiga xosdir. Sintagmatik tavsifda (yozma nutq oqimida) esa grafemalarning yana bir qator xususiyatlari borligi ko'zga tashlanadi. Xususan,
ong, ming so'zlaridagi
n va
g harflari bir tovushni (sayoz til orqa «q» ni),
menga, senga so'z shakllarida esa shu ikki harf bir «г|» ni emas, ikki tovushni («п» va «g»ni) ifodalamoqda. Shunga ko'ra.
ong, ming so'zlaridagi ng digrafi sintagmatik planda analitik grafema (yozma nutq oqimida ikki harf bir tovushni ifodalagani uchun),
menga, senga so'z shakllaridagi n va g harflari esa oddiy grafemalar (yozma nutq oqimida ikkita boshqa-boshqa tovushni ifodalagani uchun)
hisoblanadi; Kirill o'zbek yozuvidagi e monografida esa boshqacharoq holat (grafik qoida) kuzatiladi: u so'z yoki bo'g'in boshida bir yo'la ikki fonemani — «й+э» ni ifodalaydi, demak,
sintetik xarakterdagigrafema sanaladi (mas.,
елкан so'zida). boshi yopiq yoki to'la yopiq bo'g'in tarkibida esa e monografi bitta «е» unlisining o'zini ifodalaydi, demak, oddiy grafema xarakterida (bir tovushga bir harf munosabatida) bo’ladi (mas.,
мен so'zida). Bu hoi turli fonetik-grafik pozitsiyada qo'llangan э va e grafemalari o'rtasida sinonimik munosabatni ham shakllantiradi. Qiyos qiling:
экин (э-«е») —
текин (э-«е»). Bu ikki so'zda ifoda plani (shakli) har xil bo'lgan э va e grafemalari bitta «э» unlisini ifodalagan.
Bunday holni парад va
наряд (a va я = «а»),
суд va
салют (у va ю = «у»),
флот va
слёт (о va ё = «о») so'zlari tarkibidagi grafemalar sinonimiyasida ham ko'ramiz. Bular rus grafikasiga asoslangan o'zbek yozuvi fonografemalarining strukturaviy va funksional, paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari ancha murakkabligidan dalolat beradi.
Yuqoridagi ma'lumotlardan shunday xulosa qilish mumkin:
Yangi (lotincha) o'zbek yozuvida ham. kirill o'zbek yozuvida bo'lganidek, monograflar ko'pchilikni tashkil qiladi, ularning aksariyati yozma nutq oqimida oddiy grafema sifatida qatnashib, harf va tovush aloqasida simmetriyani - «bir tovushga bir harf» munosabatini ta’minlaydi. Qiyos qiling: maktab (fonemalar — 6 ta, grafemalar - 6 ta, harflar — 6 ta) — мактаб (fonemalar — 6 ta, grafemalar — 6 ta, harflar — 6 ta) kabi. Bu hoi har ikkala tizim vositasida yozish va o'qish ko'nikmalarining shakllan- tirilishini osonlashtiradi, shunga ko'ra yozuv amaliyotining pedagogik aspektida ijobiy baholanishi mumkin.
sh, ch, ng. ts kabi digraflarning (analitik grafemalarning) mavjudligi yozma nutq oqimida fonetik-grafik asimmetriyaning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Qiyos qiling: xushchaqchaq (fonemalar — 9 ta, grafemalar — 9 ta, harflar - 12 ta), shoshilinch (fonemalar - 8 ta, grafemalar — 8 ta,