H jamolxonov



Download 1,67 Mb.
bet79/240
Sana23.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#402821
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   240
Bog'liq
хозирги озбек адабий тили

§. Sintagma urg‘usi

Sintagma urg'usi — nutq oqimining ma’no jihatdan muhim bo'lgan qismini (sintagmani) alohida ta’kidlash, ajratish uchun qo'llangan urg'u. Sintagmani aniqlash mezoni ikkitadir: a) semantik mezon; b) sintaktik mezon. Bu mezonlar sintagmaning grammatik-semantik jihatdan yaxlit bir butun konstruksiya ekanligidan kelib chiqadi. Sintagma urg'usi fraza (gap) ichidagi mazmunan yaxlit, grammatik jihatdan bir butun bo'lgan

qismni maxsus ta’kidlash, uni shu fraza (gap) ichidagi boshqa sintagma- lardan ajratish uchun xizmat qiladigan fonetik vositadir. Buni quyidagi nutqiy parcha tahlilida ko'rib chiqaylik: «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoladi.» (Prezident I. Karimovning 1995-yil fevral oyidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruzasidan).



Yuqoridagi nutqiy parchada ikkita sodda yoyiq gap bor:

  1. «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir».

  2. «Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo'lib qoladi». Har birgap nutqning fonetik bo'linishida bir frazaga teng bo'lishini hisobga olsak, keltirilgan nutqiy parchada ikkita fraza borligi ma’lum bo'ladi. Frazalar, ma’lumki, katta pauzalar bilan bir-biridan ajratiladi (pauza ham fonetik vosita - intonatsiyaning tarkibiy uzvlaridan biri). Har bir fraza taktlarga (sintagmalarga) bo'linadi. Demak, sintagmalar frazaning kichikroq (qisqaroq) pauzalar bilan ajratiladigan parchalaridir. Yuqoridagi ikki frazadan birinchisida quyidagi parchalar - sintagmalar bor: a) «Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi»;b) «yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir». Bu sintagmalardan birinchisi alohida urg'u (sintagma urg'usi) bilan yakunlangan bo'lib, uning fonetik tabiati quyidagi belgilarga ega: sintagma oxiridagi «maqsadi» so'zining so'nggi bo'g'ini ochiq bo'lib, bu bo'g'indagi «i» unlisi cho'ziq talafFuz etilmoqda (kvantitativ urg'u), tovush toni ko'tarilgan (ton belgisi), kuchi esa intensivlashgaq (zarb belgisi), bu hoi shu sintagmaning ma’nosini alohida ta’kidlash imkonini bergan. Sintagma urg'usidan so'ng kelgan qisqa pauza birinchi va ikkinchi sintagmalarni bir-biridan ajratish vazifasini bajargan. Sintagma urg'usining o'mi kuzatilgan maqsad va nutq situatsiyasiga qarab o'zgartirilishi ham mumkin. Bunday paytda u gapning grammatik jihatlariga ham ta’sir qiladi. Qiyos qiling: Bu shifokor — Dilbaming onasi. (Bu shifokor — ega sostavi; Dilbaming onasikesim sostavi). Bu — shifokor Dilbaming onasi. (Bu — ega, shifokor Dilbaming onasi — kesim sostavi).


Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish