§. Atash semalari
Atash semalari - semema tarkibidagi nomlash, atash semalariga oid. Ularot, sifat, son, fe'l turkumidagi bareha leksemalarning leksik ma’nolarida bor. Shuning Lichun ular icleografik semalar deb ham ataladi [ 27, -67|.
§. Ifoda semalari
Ifoda semalari semema tarkibidagi uslubiy ma'no qirralaridir. Ular leksemalarning atashdan, nomlashdan tashqari, shaxsiy nuinosabatlarni ifodalashiga yoxud shu leksemalarning qo'llanishi doirasini belgilashiga xizniat qiladi. Masalan, buyum\a matoh leksemalari «tirikehil ik-ro‘zg'orda 148 qo'llanadigan mol» ma’nosiga cga, ammo matoh so'zida bu leksik ma’no salbiy bo'yoq bilan qoplangan: «Jon ota, matohiarini olib borib bering, agar meni qizim desangiz, olib borib bering...» (X.Seitov.).
Ba'zan semantik tarkibida qo'shimeha ma’no qirrasi bo'lmagan leksemalar o'zi qo'llangan kontekst yoki nutqiy niuhit talabi bilan uslubiy semali leksemaga aylanadi. Bu hodisa leksemaning o'ziga xos bo'lmagan kontekstda qo'llanishi tufavli sodir bo'ladi. Masalan, btinin va tumshuq so'zlaridan liar birining o'z konteksti bor: biirun leksemasi asosan odamga nisbatan, tumshuq leksemasi esa hayvon va parrandalaiga nisbatan qo'llanadi. Qiyos qiling: I) Sharofatningyupqa lablari ko'karib pirpiradi, burni oqarib, kataklari kerildi. (A.Qahhor); 2) Laylakning bo'yi novcha, tumshug'i bor tanwvcha. Lapanglaydi uchganda, uyasidan ко ‘chganda. (Uyg'un). Keltirilgan misollarning ikkalasida burun va tumshuq so'zlari o'z kontekstida qo'llangan, shu bois ularda qo'shimeha ma’no qirralari, uslubiy baho ottcnkalari ifodalanmagan. Y a n a m i s о I: U bir ко 'ngli borib muttaham qozining tumshug'iga tushirgisi yo iflos basharasiga tupurgisi keldi. (M. Ismoiliy.) Bu gapda tumshuq so'zi o'ziga xos bo'lmagan kontekstda — odamga nisbatan qo'llangan, natijada unda odamga (qoziga) nisbatan hurmatsizlik, nafrat munosabatlari ifodalangan.
O'zbek tilida uslubiy bahoning morfcmalar yordamida ifodalanishi keng tarqalgan: oyi-oyijon, tili-tillari, dadam-dadamlar, uka-ukaginam kabi. Masalan: I) Mushfiq va mehribon oyijonim. O'z tashvishlari bilan Sizni unutgan beaql, adashgan qizingizni ma'zurtuting. (E. Samandar.); 2) Og'a, sog' borsangiz avval Dadamlarga salom ayting, Yugurib ehiqqan ul mushfiq Onamlarga salom ayting. (Hamza); 3) Men lining tillarini kesib olaman, qo'limga bir tushsin yashshamagur. (E.Samandar.); 4) Bir oydan so'ng ko'zin yumib Mamaniyoz, Ko'kanchaga meros qopti bud-shud, oz-oz. (G'.G'.); 5) Seni o'zimdek bilaman. 01, ukaginam. (S. Alim.); 6) Ana sichqon, mushukvoy. Ana xo'roz kuehukvoy. (G'.G'.).
Do'stlaringiz bilan baham: |