§. Fonemalarning integral belgilari
Fonemalarning integral belgilari ularning o'zaro farqlanmaydigan alomatlaridir. Masalan, «к» va «g» undoshlarining liar ikkalasi portlovchi, har ikkalasi sayoz til orqa fonemalardir. Demak, bu ikki fonema artikulatsiya usuli va artikulatsiya o'rniga ko'ra farqlanmaydi.
§. Fonologik oppozitsiya
Fonologik oppozitsiya ikki fonemaning bitta farqlanish belgisi asosida o'zarciLZidlanish hosil qi^ishidir. Masalan, «р» (jarangsiz) va «Ь» (jarangli) undoshlari jarangsiz-jarangli belgisi asosida bir oppozitsiyaga birlashadi: p-b kabi. Bu ikki fonemaning boshqa belgilari farqlanmaydi: p (lab-lab) — b (lab-lab), p (portlovchi) — b (portlovchi) kabi. Demak, undosh fonema- larga xos bo'lgan uchta fonologik belgidan - artikulatsiya o'mi, artikulatsiya usuli va jarangsizlik-jaranglilik belgilaridan faqat bittasi (so'nggisi) p-b oppozitsiyasiga asos bo'lgan. Shuning uchun u «birlik oppozitsiya» sanaladi [1, -21].
Prof. A. Abduazizovning ta'kidlashicha hozirgi o'zbek adabiy tili konsonantizmi tarkibida quyidagi birlik oppozitsiyalar bor [1, -21—23]:
Talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a’zosi va to'siqning hosil bo'lish o'rniga ko'ra: a) labial-til oldi (dental, alveolyar) undoshlar oppozitsiyasi: (p-t) + (b-d) + (m-n) + (f-s) + (v-z) + (f-sh) + + (v-1) + (v-r); b) labial-til o'rta undoshlari oppozitsiyasi:(f-y) + (v-y); d) labial-til orqa undoshlari oppozitsiyasi: (p-k) + (b-g) + (f-x) + + (v-g‘); e) labial- bo'g'iz undoshlari oppozitsiyasi: (f-h) + (v-h); d) til oldi-til orqa undoshlari oppozitsiyalari: (t-k) + (t-q) + (d-g) + (s-x) + (z-g') + (n- ng); f) til oldi- bo'g'iz undoshlari oppozitsiyalari: (s-h) + (z-h) + (sh-h) + (j-h) + (ch-h) + (dj-h); Bunda ch-h va dj-h zidlanishlari «ikkilik oppozitsiya bo'ladi», chunki ularda «til oldi-bo'g'iz undoshi» belgisidan tashqari, ikkinchi differensial belgi ham bor: ch (qorishiq portlovchi) - h (sirg'a- luvchi), dj (qorishiq portlovchi) — h (sirg'aluvchi) kabi.
Artikulatsiya usuli va to'siqning qanday hosil bo'lishiga ko'ra: a) portlovchi-sirg'aluvchi undoshlar oppozitsiyasi: (p-f) + (b-v) + (t-s) + + (d-z) + (t-sh) + (d-j) + (k-x) + (g-g‘) + (q-x) + (k-h) + (g-h); b) portlovchi- affrikatalar oppozitsiyasi: (t-ch) + (d-dj); d) sirg'aluvchi-affrikatalar oppozitsiyasi (sh-ch) + (j-dj); e) portlovchi-burun sonanti oppozitsiyasi: (b-m) + (d-n) + (g-rj); f) sirg'aluvchi-sonantlar oppozitsiyasi: (z-1) + (j-r); g) shovqinli sonant-burun sonanti oppozitsiyasi: (v-m) + (1-n) + (r-n); j) yon sonant-titroq sonant oppozitsiyasi: (l-r).
Jarangsiz-jaranglilik belgilariga ko'ra: (p-b) + (t-d) + (s-z) + + (f-v) + (k-g) + (sh-j) + (ch-dj) + (x-g').
Do'stlaringiz bilan baham: |