H jamolxonov



Download 1,67 Mb.
bet50/240
Sana23.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#402821
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   240
Bog'liq
хозирги озбек адабий тили

§. Ottenkalar tasnifi

Ottenkalar tilshunoslikda majburiy va individual turlarga ajratiladi.

1. Majburiy ottenkalar fonemaning so'z tarkibidagi yoki nutq oqimidagi fonetik qurshov ta'sirida yoki ma'lum fonetik pozitsiya talabi bilan o'zgargan ko'rinishlaridir. Ular o'z navbatida kombinator ottenkalar va pozitsion ottenkalarga bo'linadi:



  1. kombinator ottenkalar so'z tarkibidagi tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yuzaga keladi. Masalan, jarangli «z» fonemasi inazkurso'zi tarkibida jarangsiz «к» undoshi ta'siriga uchraydi va jarangsiz «s» tarzida (maskur deb) talaffuz qilinadi;

  2. pozitsion ottenkalar undosh fonemalarning so'z oxirida kelgan. unli fonemalarning urg'uli yoki urg'usiz, ochiq yoki yopiq bo'g'inlarda qo'llangan ko'rinishlaridir. Masalan. jarangli «Ь» va «d» fonemalari so'z oxirida jarangsiz «р» va «t» tarzida talaffuz qilinadi: tartib > tartip, omad > omat kabi. Bundagi «р» va «t» tovushlari jarangli «Ь» va «d» fonemalarining pozitsion ottenkalari sanaladi. «i» unlisi bilan so'zida qisqa va kuchsiz (urg'usiz bo'g'inda bo'lganligi uchun), o'rik so'zida kuchliroq (urg'uli bo'g'inda bo'lganligi uchun), bir so'zida tor (to'la yopiq bo'g'inda bo'lganligi uchun), endi so'zida esa biroz kengaygan holatda - ende shaklida (so'z oxiridagi ochiq bo'g'inda bo'lganligi uchun) talaffuz etiladi. Bu ko'rinish- laming barchasi bitta «i» fonemasining turli pozitsion ottenkalari hisoblanadi;

d) fonema ottenkalarining yuzaga kelishida ba’zan kombinator va pozitsion omillar birga qatnashadi. natijada fonemaning kombinator- pozitsion ottenkasi (aralash ko'rinishi) shakllanadi. Masalan, old qator «i» fonemasi qilich so'zining birinchi bo'g'inida «q» ning ta’siriga duch kelib, «ы» ga moyil talaffuz etiladifkombinator ottenka), ayni paytda urg'usiz bo'g'inda bo'lganligi uchun bu fonema kuchsizlanadi (pozitsion ottenka).

Fonemalarning kombinator va pozitsion ottenkalari tilshunoslikda shu fonemalarning allofonlari deb ham yuritiladi.

Har bir fonema nutq oqimida o zining yuqoridagi ottenkalaridan biri shaklida namoyon bo'ladi, bunday ottenkalar ichida bittasi shu fonema uchun tipik bo'ladi — kam o'zgaradi yoki butunlay o'zgarmaydi: fonema­larning kuchli pozitsiyadagi ko'rinishlari bunga misol bo'ladi. Masalan, daraxtso'zi boshida yoki bodom so'zi o'rtasida qo'llangan «d» fonemasining akustik-artikulatsion belgilari shu fonemaning alohida (nutqdan tashqarida) 46

olingan belgilaridan deyarli farq qilmaydi. Fonemaning bunday ko'rinishi shu fonemaning asosiy ottenkasi yoki fonema qatoridagi dominanta deb qaraladi. Qolgan barcha ko'rinishlar esa asosiy bo'lmagan (notipik) ottenkalar sanaladi. Notipik ottenkalar fonetik qurshovdagi tovushlarga ko'proq darajada qaram bo'ladi;

e) majburiy ottenkalarning adabiy so'zlashuvga va jonli so'zlashuvga xoslangan uslubiy ottenkalari ham uchraydi: ko'ylak («1» — adabiy so'zlashuvga xos) > ko'ynak («п» - jonli so'zlashuvga xos), qarmoq («г» - adabiy so'zlashuvga xos) > qalmoq («1» - jonli so'zlashuvga xos) kabi.

Fonemalarning uslubiy ottenkalaridan uslubiy (stilistik) maqsadlarda foydalaniladi.

So'zlovchi va tinglovchining xotirasida, odatda, fonemaning asosiy ottenkasi «o'rnashib qolgan» bo'ladi. shu bois inson nutq oqimida fonemaning o'zgargan ottenkasi qo'llanganligini sezmaydi, uni asosiy ottenka sifatida qabul qiladi: fonemaning lingvistik-funksional (fonologik) xususiyati shuni taqozo etadi. Masalan, tub va tup so'zlari oxiridagi «Ь» va «р» fonemalari bir xil talaffuz etiladi: tup (1) va tup (2) kabi, ammo inson bu ikki so'zning ma’nolarini farqlashda qiynalmaydi, chunki tub so'zining oxiridagi fonemaning aslida «р» emas, «Ь» ekanligi uning xotirasida rnustah- kam o'rnashib qolgan. Demak, fonemalarning til va nutqdagi tanituvchi funksiyalari realizatsiyasida ularning fizik-akustik belgilari emas, lingvistik- funksional belgilari muhim rol o'ynaydi. Bularni o'rganish fonologiyaning vazifasi hisoblanadi.


  1. Individual ottenkalar ayrim kishilaming talaffuzidagi o'ziga xosliklar (masalan, erkak va ayollardagi ovoz tafovutlari) tufayli yoki nutq a’zolaridagi nuqsonlar sababli yuzaga keladigan tovush ko'rinishlaridir. Bunday ottenkalarning lingvistik qiymati yo'q, shunga ko'ra ular tilshunoslikda o'rganilmaydi.

  2. Fakultativ variantlar fonemaning bir xil fonetik pozitsiyadagi ikki xil ko'rinishidir. Chunonchi, shohi so'zidagi «h» shu pozitsiyada (intervokal holatda) «у» ko'rinishida ham, «h» ko'rinishida ham namoyon bo'ladi; shohi — shoyi, Tohir— Toyir kabi. Shuningdek, sirg'aluvchi «s» fonemasi jonli so'zlashuvda so'z boshida «ch» ko'rinishida ham qo'llanadi: soch — choch, sochiq — chochiq, sachratmoq — chachratmoq kabi.


  1. Download 1,67 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish