Tayanch tushunchalar
Frazeologiya — tilshunoslikning frazemalar bilan shug‘ullanuvchi bo'limi.
Frazema — ko'chma ma’noli turg'un konstruksiya. .
Frazemaning ifoda plani - frazemaning moddiy-material tomoni: shakli, tuzilishi, leksik va fonetik tarkibi.
Frazemaning mazmun plani — frazemaning frazeologik ma’no va uslubiy bo'yoqdan iborat semantik tarkibi.
FRAZEOLOGIK MONOSEMIYA VA POLISEMIYA.
FRAZEMALARNING SEMANTIK TURLARI
Adabiyotlar: II 181—83], 27 [101-107], 32 [86-88], 110 [5-6].
§. Frazeologik monosemiya
Frazeologik monosemiya - frazemaning semantik tarkibida bitta frazeologik ma’noning bo'lishi. Chunonchi, ko'ngliga qo'l solmoq frazemasining semantik tarkibida «yashirin fikr-o'yini bilishga harakat qilmoq» ma’nosidan boshqa frazeologik ma’no yo'q: «Rizaningyuragiga qo V solib ко ‘rgan Muhiddin uningjavobidan xursand bo 4di.» (R. F.). «Kechagi ishdan maqsadim и yerdagi xotinlarning ко ‘ng/iga qo 7 solib ко 'rish, undan key in o'zimga ba’zi bir ishonchliroqlarini tan tab olish edi.» (S.Z.). Keltirilgan gaplarning birinchisida ko'ngliga qo'l solmoq frazemasining variatsiyasi — «yuragiga qo 7solib ко ‘rrnoq» ishlatilgan, har ikki holda ham bitta frazeologik ma’no — «yashirin fikr-o'yini bilishga harakat qilmoq» nazarda tutilgan.
§. Frazeologik polisemiya
Frazeologik polisemiya - frazemaning semantik tarkibida ikki yoki undan ortiq frazeologik ma’noning bo'lishi. Masalan: boshi(m) aylandi frazemasining semantik tarkibida ikkita frazeologik ma’no bor: I) «Behud bo'lmoq» ma’nosi: «stoi yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi. «Muncha darmonsiz bo'lmasam», - o'yladi u». (S.Z.); 2) «Esankiramoq» ma’nosi: «...muloyim qarab qo'yishlarini, ...jilmayibgapirishlarinisezardim, buning hammasidan boshim aylanardi». (O.Yo.)
Leksemalarda bo'lganidck. frazcmalarda ham polisemiya hodisasi ma’no ko'chish qonunivatlariga asoslanadi.
§. Frazemalarning semantik turlari
Frazema ma’nosi bilan lining tarkibida qo’llangan leksemalar ma’nosi o'rtasidagi munosabat asosida frazemaning ikki semantik turi farqlanadi:
I. Frazeologik butunlik. Biinday frazemaning umumlashgan ko'chma ma’nosi frazema tarkibidagi leksemalar ma’nosi bilan izohlanadi. Masalan, tepa sochi tikka bo'lmoq frazemasi yaxlit holda «g'azablanmoq» ma’nosini — umumlashgan ko'chma ma’noni anglatadi. Bunday ko'chma ma’noga esa kishi darg'azab bo'lganida uning badanidagi tuklarning sezilar-sezilmas
219
harakatga kelishi (psixo-fiziologik holat) asos bo'lgan, demak, frazemaning ko'chma ma’nosini frazema tarkibidagi so'zlaming o'z ma’nolari bilan izohlash mumkin. Yana: Ona suti og'zida frazemasi yaxlit holda «hali yosh», «tajribasiz» ma'nosini anglatadi, bunday ko'chma ma’noni esa frazema tarkibidagi so'zlar ma’nosi bilan izohlash mumkin: «Mahmadona, shumsan-da. Ona suting og‘zingda-yu, soqolimning oqiga qaramay aql o'rgataman deysan». (O.)
2. Frazeologik chatishma. Bunday frazema ifodalagan ko'chma ma’no frazema tarkibidagi so'zlar anglatgan leksik ma’nolar bilan izohlanmaydi. Masalan, ikki qoTmi burniga tiqib frazemasi «quruqdan quruq, evaziga hech narsa olmay» ma’nosini ifodalaydi, bu ma’noni frazema tarkibidagi so'zlaming ma’nolari bilan izohlab bo'lmaydi: «Kelmagandan keyin, domlaga «ozodlik» olib kelish kerak-da. Bu bo‘Isa shumshayib, ikki qo ‘Uni burniga tiqib keldi». (P.T.) «... Senga ish yo‘q!» - deb, bizni quvib yubordi. Katta o'g'Hm bilan ikki qo'limizni burnimizga suqib o'z uyimizga bordik». (S.A.)
Frazeologik butunlik bilan frazeologik chatishma orasida ma’lum umumiylik va tafovutlar bor. Ularni quyidagicha izohlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |