37
qo’llangan "d" fonemasining akustik-artikulatsion belgilari shu fonemaning alohida
(nutqdan tashqarida) olingan belgilaridan deyarli farq qilmaydi. Fonemaning bunday
ko’rinishi shu fonemaning
asosiy ottenkasi
yoki fonema qatoridagi
dominanta
deb
qaraladi. Qolgan barcha ko’rinishlar esa asosiy bo’lmagan (notipik) ottenkalar sanaladi.
Notipik ottenkalar fonetik qurshovdagi tovushlarga ko’proq darajada qaram bo’ladi;
e) majburiy ottenkalarning adabiy so’zlashuvga va jonli so’zlashuvga xoslangan
uslubiy ottenkalari
ham uchraydi:
ko’ylak
("l"-adabiy so’zlashuvga xos) > ko’ynak
("n"-jonli so’zlashuvga xos),
qarmoq
("r"-adabiy so’zlashuvga xos)>
qalmoq
("l"-jonli
so’zlashuvga xos) kabi.
Fonemalarning
uslubiy
ottenkalaridan
uslubiy
(stilistik)
maqsadlarda
foydalaniladi.
So’zlovchi va tinglovchining xotirasida, odatda, fonemaning asosiy ottenkasi
"o’rnashib qolgan" bo’ladi, shu bois inson nutq oqimida fonemaning o’zgargan
ottenkasi qo’llanganligini sezmaydi, uni asosiy ottenka sifatida qabul qiladi:
fonemaning lingvistik-funksional (fonologik) xususiyati shuni taqozo etadi. Masalan,
tub
va
tup
so’zlari oxiridagi "b" va "p" fonemalari bir xil talaffuz etiladi:
tup
(1) va
tup
(2) kabi, ammo inson bu ikki so’zning ma’nolarini farqlashda qiynalmaydi, chunki
tub
so’zining oxiridagi fonemaning aslida "p" emas, "b" ekanligi uning xotirasida
mustahkam o’rnashib qolgan. Demak, fonemalarning til va nutqdagi tanituvchi
funksiyalari realizatsiyasida ularning fizik-akustik belgilari
emas, lingvistik-funksional belgilari muhim rol o’ynaydi. Bularni o’rganish
fonologiyaning vazifasi hisoblanadi.
2.Individual ottenkalar ayrim kishilarning talaffuzidagi o’ziga xosliklar (mas.,
erkak va ayollardagi ovoz tafovutlari) tufayli yoki nutq a’zolaridagi nuqsonlar sababli
yuzaga keladigan tovush ko’rinishlaridir. Bunday ottenkalarning lingvistik qiymati
yo’q, shunga ko’ra ular tilshunoslikda o’rganilmaydi.
3.Fakultativ variantlar fonemaning bir xil fonetik pozitsiyadagi ikki xil
ko’rinishidir. Chunonchi,
shohi
so’zidagi "h" shu pozitsiyada (intervokal holatda) "y"
ko’rinishida ham, "h" ko’rinishida ham namoyon bo’ladi;
shohi- shoyi, Tohir-Toyir
kabi. Shuningdek, sirg’aluvchi "s" fonemasi jonli so’zlashuvda so’z boshida "ch"
ko’rinishida ham qo’llanadi: soch-choch, sochiq-chochiq, sachratmoq-chachratmoq
kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: