Vokalizm - unli fonemalar tizimi.
Fokus - talaffuzda faol va nofaol nutq a’zolari orasida hosil qilingan to’siq.
O’pkadan kelayotgan havo oqimining portlab yoki sirg’alib o’tishidan shovqinning
yuzaga kelishi ana shu fokusda sodir bo’ladi.
Bo’g’in cho’qqisi – bo’g’in markazi, yadrosi. Odatda unli tovush bo’g’in
cho’qqisi sanaladi.
Lablar ishtiroki - unli tovushning hosil qilinishida lablarning faol yoki nofaol
ishtiroki.
Tilning vertikal (tik) harakati - tilning uch darajali ko’tarilishida yuzaga
keladigan belgilar.
Tilning gorizontal (yotiq) harakati - fonemalar artikulatsiyasida tilning pastki
tishlar tomon cho’zilishi yoki orqaga tortilishi.
HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI KONSONANTIZMI