Frazeologiya
Frazeologiya haqida umumiy ma’lumot
Adabiyotlar: 11
[78-81],27[55-61,74-79],32[82-88],110[3-5]
150-§. Frazeologiya
tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib, u tilning lug’at
tarkibidagi frazemalar haqida ma’lumot beradi.
Frazema
ko’chma ma’noli turg’un konstruksiyadir. Masalan,
zo’raymoq
(leksema)-
avj olmoq
(frazema),
qiynalmoq
(leksema)-
azob chekmoq
(frazema) kabi.
Demak, frazema ham leksema kabi lug’aviy birlik sanaladi, ammo o’zining ifoda va
mazmun planlaridagi qator belgilari bilan leksemadan farqlanadi.
151-§. Frazemaning ifoda plani
deganda uning tovush tomoni, leksik tarkibi,
birikmaga yoki gapga teng konstruksiyasi nazarda tutiladi. Masalan:
ko’nglini olmoq
(birikmaga teng),
ko’zlari qinidan chiqib ketdi
(gapga teng),
boshi qotdi
(gapga teng),
ensasi qotdi
(gapga teng) kabi. Frazemalar orasida qo’shma gapga teng qurilishli
turg’un konstruksiyalar ham uchraydi:
"g’or yog’ib, izlar bosildi"
kabi.
Frazemalar tarkibidagi so’zlarning bog’lanishi erkin birikma yoki gap tarkibidagi
so’zlarning bog’lanishidan farq qilmaydi: ularning barchasida so’zlar tobelanish asosida
bog’lanadi, biroq: a) erkin birikmadagi yoki gapdagi bog’lanish nutq jarayonida, nutq
bilan bir paytda sodir bo’ladi; frazemadagi bog’lanish esa nutq paytidan ancha avval
yuzaga kelib, turg’unlashib qoladi, inson xotirasida va tilda yaxlitligicha saqlanadi; b)
erkin birikmadagi yoki gapdagi so’zlarni so’zlovchi o’z ixtiyori bilan almashtira oladi:
"keng ko’cha
" birikmasi o’rnida
"tor ko’cha"
birikmasini,
"men o’qiyman"
gapi o’rnida
"
men ishlayman"
gapini qo’llashi mumkin, ammo "
yulduzni benarvon urmoq"
birikmasi o’rnida
"yulduzni narvonsiz urmoq", "yulduzni shotisiz urmoq", "yulduzni
beshoti urmoq"
birikmalari qo’llanmaydi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday turg’un birikma frazema
bo’lavermaydi. Masalan,
Birlashgan Milllatlar Tashkiloti
birikmasi turg’un
konstruksiyadir, ammo to’g’ri ma’noli turg’un konstruktsiya bo’lganligidan frazema
hisoblanmaydi. Frazema yaxlit holda ko’chma ma’no ifodalashi shart.
Frazemalarning ifoda planida leksemalardan tashqari, yordamchi so’zlar
(ko’makchilar) va turli forma yasovchi morfemalar qatnashishi mumkin. Masalan,
ochiq
yuz bilan
(bu frazemaning ifoda planida
"bilan"
ko’makchisi qatnashgan),
dam olmoq
(bu frazemaning ifoda planida
"-moq"
morfemasi ishtirok etgan). Keltirilgan misollarda
ko’makchi va affiksal morfema frazemalarning doimiy belgilari hisoblanadi, chunki ular
shu frazemalarning ichki grammatik qurilishiga mansubdir, ammo
dam oldim, dam
olgin, dam olsin
kabi bog’lanishlarda qo’llangan
"-di+m", "-gin", "-sin"
morfemalari
171
(zamon, shaxs-son, mayl ko’rsatkichlari) shu frazemalarning ifoda planiga kirmaydi,
chunki bu morfemalar nutq talabiga ko’ra qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |