H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili



Download 1,41 Mb.
bet51/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

Uchinchi asos oppozitsiya a’zolarining ma’no ajratish kuchiga va shu a’zolarning turli pozitsiyadagi xizmatiga tayanadi. Bunday asosga ko’ra oppozitsiyalarning quyidagi ikki turi farqlanadi:
1. Doimiy oppozitsiyalar. Bunday oppozitsiya a’zolari barcha pozitsiyalarda o’z farqlanish belgilarini yo’qotmaydi. O’zbek tilidagi (p-t), (s-sh) oppozitsiyalarida shunday holat kuzatiladi. Qiyos qiling: paxta-taxta (so’z boshida, unlidan oldin), opa-ota (intervokal holatda), topmoq-totmoq (so’z o’rtasida,sonordan oldin), ip-it (so’z oxirida); sim-shim (so’z boshida, unlidan oldin), asir-ashir (intervokal holatda), osmoq-oshmoq (so’z o’rtasida,sonordan oldin), tus-tush (so’z oxirida) kabi. Bunday doimiylik, barqarorlik oppozitsiyaning har ikkala a’zosi jarangsiz bo’lganda ko’proq uchraydi.
Zidlanishning bu turi ayrim manbalarda «konstant opppzzitsiya» deb ham nomlanadi.18 2. Neytrallashuvchi (mo’’tadillashuvchi) opppzzitsiya. Bunday oppozitsiya a’zolari kuchli pozitsiyada (mas., undoshlar so’zning boshida, ikki unli orasida yoki unlidan oldin qo’llanganda) o’zlarining farqlanish belgilarini yo’qotmaydi: bol va pol (b-p), dor va tor (d-t) kabi. Kuchsiz pozitsiyada (mas., so’z oxirida) esa ular neytrallashadi: «tub»dagi «b» undoshi jarangsiz «p»tarzida (tub >tup kabi), «qad»dagi «d» esa jarangsiz «t» tarzida (qad > qat kabi) talaffuz qilinadi, natijada, «b-p» va «d-t»ga xos «jarangli-jarangsiz»lik farqlanish belgisi yo’qolib, shu fonemalarga xos umumiy (integral) belgilar- «b-p»dagi «lab-lab, portlovchi»lik, «d-t»dagi «til oldi-dental, portlovchi»lik xususiyatlari saqlanadi. Kuchsiz pozitsiyadagi neytrallashuv tufayli yuzaga kelgan tovush o’zaro zidlanishda bo’lgan ikala fonemaning bir umumiy vakili – varianti sanaladi, fonemalarning o’zi esa variantga nisbatan arxifonema bo’ladi: b//p arxifonemasining varianti P (tub va tup so’zlarida), d//t arxifonemasining varianti T (qad va qat so’zlarida), z//s arxifonemasining varianti S (tuz va tus so’zlarida) bo’lgani kabi.
Kuchsiz pozitsiyada neytrallashgan fonemalarning fonetik tabiati farqlanmasa ham, ularning oppozitsiyadagi fonologik qiymati saqlanadi. Bu hol fonemaning sof fonetik jihati emas, lingvistik-funksional mohiyati til uchun etakchi omil ekanligidan dalolat beradi.
Xulosa: a) fonemalar til mexanizmida muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan mustaqil birliklardir: ular so’z va morfemalarning tovush qobig’ini (ifoda planini) farqlash bilan birga, shu so’z yoki morfemalarning ma’nolarini farqlash vazifasini ham bajaradi; b) fonemalarda differensial (farqlanadigan) va integral (farqlanmaydigan) belgilar mavjud bo’lib, ulardan birinchisi (differensial belgi) fonologik jihatdan relevant belgi, ikkinchisi (integral belgi) esa fonologik jihatdan norelevant belgi hisoblanadi; d) ikki fonemaning qarama-qarshi qo’yilayotgan differensial belgilari shu fonemalarni bitta oppozitsiyaga birlashtiradi, bir farqlanish belgisiga asoslangan ikki va undan ortiq oppozitsiyalar esa korrelatsiyalarga uyushadi. Demak, oppozitsiyalardagi farqlovchi belgilar korrelyatsiyada birlashtiruvchi belgiga aylanadi; e) korrelatsiyalar o’z navbatida bir-biri bilan ulanib, bir butun tizimni-fonologik sistemani hosil qiladi, bunda oppozitsiya sistemaning quyi pog’onasi (yadrosi), korrelatsiya esa uning yuqori pog’onasi bo’ladi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish