H. A. Jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili


-§. Fonetikaning ob’yekti tilning tovush tomoni, fonetik qurilishidir. Tilning tovush tomoni nutq tovushlari, bo’g’in, urg’u, ohang ( intonatsiya, melodika) kabi birliklarni o'z ichiga oladi



Download 1,41 Mb.
bet25/271
Sana31.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#420091
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   271
Bog'liq
Жамолхонов HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI

Fonetika
Adabiyotlar: 4[14-16],10[17-22],16[3-5],27[12-13]
9-§. Fonetikaning ob’yekti tilning tovush tomoni, fonetik qurilishidir. Tilning tovush tomoni nutq tovushlari, bo’g’in, urg’u, ohang ( intonatsiya, melodika) kabi birliklarni o'z ichiga oladi.
10-§. Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va lingvistik-funksional asoslarini o’rganish, ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat. Bunday maqsad uning quyidagi vazifalarini belgilaydi: a) tovush, urg’u, melodika kabi birliklarning yuzaga kelish qonuniyatlarini o’rganish; b) talabalarni yuqoridagi qonuniyatlar va shu qonuniyatlarga oid ilmiy-nazariy fikrlar bilan tanishtirish; d) adabiy tilning fonetik-fonologik tizimiga oid munozarali masalalarni aniqlash, ularga munosabat bildirish; e) talabalarda fonetik tahlil ko’nikmalarini shakllantirish;f) talabalarga shu sohada ishlagan fonetist-fonologlar haqida qisqacha ma’lumot berish.
11-§. Fonetik birliklarning turlari. Har qanday tilning fonetik birliklari dastlab ikki guruhga–segment va supersegment birliklarga bo’linadi: a) segment birliklarga nutq tovushlari va bo’g’in kiradi. Bunday birliklar so’z yoki morfemalar tarkibida birin-ketin keladi, yotiq (gorizontal) yo’nalishda bir-biriga ulanib, zanjirsimon tarzda joylashadi. Masalan: kitob so’zidagi 5ta tovush (k,i,t,o,b) va ikkita bo’g’in(ki-tob) segment birliklar, demak, shu so’z tarkibidagi qismlar sanaladi; b) supersegment birliklarga urg’u, ohang, melodika, pauzalar kiradi. Bunday birliklar so’zga, frazaga, gapga yoki nutqqa yaxlit aloqador bo’lib, ularni so’z, gap yoki nutqdan ajratilgan holda tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun ularni ustama hodisa (M.Mirtojiyev) deb nomlash hollari ham uchraydi.
12-§. Fonetik birliklarning tildagi vazifalari:
1)shakllantiruvchi vazifa (ruscha: obrazuyushaya funksiya). Bunda fonetik birliklarning so’z yoki morfemalar tarkibida yoxud gap va nutq tuzilishida qurilish materiali sifatida ishtirok etishi nazarda tutiladi. Chunonchi, paxta so’zining tarkib topishida 5ta tovush (p,a,x,t,a), ikkita bo’g’in ( pax-ta) va bitta so’z urg’usi (paxta) "qurilish materiali" vazifasida qatnashgan, bu birliklarning shu tartibda joylashtirilishidan paxta so’zining tovush qiyofasi - fonetik so’z shakllangan. Ohang, melodika, pauza kabi supersegment birliklar esa gap qurilishida yoxud nutqning tarkib topishida ustama hodisa sifatida qatnashadi: darak, so’roq va buyruq gaplarning o’ziga xos intonatsiyalari, she’riy misralardagi ohang tovlanishlari bunga misol bo’ladi;
2) tanituvchi vazifa (ruscha: opoznavatelnaya funksiya). Bunda fonetik so’z tarkibidagi fonetik birliklarning shu so’zni va uning ma’nosini "tanib olish" va "eslab qolish" uchun xizmat qilishi nazarda tutiladi: so’z va uning ma’nosi (yoxud morfema va uning ma’nosi) shu so’zning (yoki morfemaning) fonetik qobig’i tufayligina inson xotirasida doimiy yashaydi. Masalan, inson paxta so’zini (fonetik so’zni) eshitganda yoki o’qiganda, uning xotirasida "g’o’za o’simligining oq tolali yumshoq mahsuli", taxta so’zini eshitganda yoki o’qiganda esa "g’o’ladan uzunasiga tilib olingan yassi yog’och bo’lagi" esga keladi, bu hol har bir so’zning fonetik qobig’i bilan shu so’zning mazmun planidagi ma’nolar o’rtasida doimiy aloqa borligidan (shakl va mazmun birligidan) dalolat beradi. Ko’pchilik so’zlarning fonetik tarkibi o’zaro farqli bo’lishini hisobga olsak, bunday farqlar so’z ma’nolarini tafovutlash uchun xizmat qilishi ham ma’lum bo’ladi: "qishloq"ni "pishloq"dan, "g’o’za"ni "ko’za"dan, "uy"ni"kuy"dan farqlash imkoni yaratiladi. Demak, so’z va grammatik formalar o’zining tovush materiyasi tufayligina nutqda ma’lum ahamiyat kasb etadi. Tovushgina so’z yoki so’z shaklini eshituvchi uchun borliq tusiga kiritadi. (Bu haqda darslikning "Fonologiya" bo’limida to’laroq ma’lumot beriladi).

Fonetika fanining turlari
13-§.1.Umumiy fonetika. Fonetikaning bu turi barcha tillarning tovush tomoni uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlar va hodisalar bilan tanishtiradi. Masalan, barcha tillarda fonetik birliklarning fizik-akustik tabiati, anatomik-fiziologik (biologik) asosi va lingvistik-funksional jihatlari bor; barcha tillarda nutq tovushlari fonema tiplariga birlashadi, barcha tillarda fonemalar fonologik oppozitsiyalar (zidlanishlar) va korrelatsiyalarni yuzaga keltiradi, shular orqali fonologik sistemalar shakllanadi. Tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatiga xos bo’lgan bunday nazariy masalalarni ko’rish umumiy fonetika predmeti sanaladi.

O’zbek tilshunosligida umumiy fonetikaga oid ma’lumotlar «Узбекский язык» (V.V.Reshetov, 1959), «Umumiy tilshunoslik» (BaskakovN.A., SodiqovA.S., Abduazizov A., 1979), «Umumiy tilshunoslik» (Usmonov S.,1972) kabi asarlarda berilgan.
2. Xususiy fonetika. Fonetikaning bu turi konkret bir tilning fonetik tizimi haqida ma’lumot beradi: o’zbek tili fonetikasi, rus tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi.



Xususiy fonetika ayrim olingan bir tilning fonetik tizimini o’rganishda umumiy fonetika xulosalariga, shuningdek, fonetikaning boshqa turlarida to’plangan tajribalarga tayanadi.

Uning quyidagi ikki turi bor:

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish