Ostki ipning uzilishi. Ostki ip kamrok detallarga tegib utadigan bo‘lgani uchun uning uzilishi ustki ipga nisbatan ancha kam bo‘ladi. quyidagilar ostki ip uzilishiga sabab bo‘ladi: naychaning devorlari singanligi yoki ezilganligi, ip naychaga bush yoki notekis o‘ralganligi, ip noto‘g‘ri taqilganligi, moki qurilmasi detallarining ostki ip tegadigan joylari chakaligi yoki gadir-budirligi.
Materiallarning kiyin surilishi. Bu kamchilik reyka yoki tepkining yaxshi ishlamasligidan kelib chiqishi mumkin. quyidagilar reyka ishidagi kamchiliklar xisoblanadi: reykadagi deffektlar (tishlar singan, moy tekkan yoki tishlar utmaslashgan, noto‘g‘ri tanlangan), reykaning past-balandligi noto‘g‘ri o‘rnatilganligi yoki igna plastinasining uyiklariga nisbatan uning holati noto‘g‘riligi, materiallarni surish mexanizmi birikmalarining bushab kolganligi yoki eyilganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |