Ip tashlab tikilishi. Igna bilan mokining o‘zaro harakatlarida moslik buzilsa ip tashlab tiqilishi mumkin. Ignaning noto‘g‘ri ishlashiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin: ignadagi nuqsonlar (uning utmasligi, bo‘qilganligi); ignaning raqamli belgisi va nomeri noto‘g‘ri tanlanganligi; ignaning balandligi noto‘g‘ri (baland yoki past) o‘rnatilganligi; tepki yoki igna plastinasi igna uchini chapga bo‘qib yuboradigan qilib noto‘g‘ri o‘rnatilganligi; iplarning noto‘g‘ri taqilishi; igna ariqchalari moki uchiga nisbatan teskari qarab qolganligi; igna mexanizmi birikmalarining yeyilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |