G’uzor sa’noat texnikumi "tasdiqlayman" G’uzor sa’noat texnikumi direktori: “ ” 2021 yil


TEKIS PLATFORMALI SINIq BAHYAqATOR YURITIB TIKUVCHI 72527-101 («MINERVA») MASHINA



Download 10,09 Mb.
bet27/101
Sana27.01.2022
Hajmi10,09 Mb.
#413806
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   101
Bog'liq
O\'qitish materiallari to\'plami

3. TEKIS PLATFORMALI SINIq BAHYAqATOR YURITIB TIKUVCHI 72527-101 («MINERVA») MASHINA
Bu mashina kiyim detallarini ikki ipli moki bahyasi hamda ularga dekorativ bahyaqatorlar yuritishga mo‘ljallangan. Mexnat unumdorligi 3500 bahya minutiga, bahya uzunligi 0 dan 5 mm gacha, siniq bahyasining enini 10 mm gacha o‘zgartirish mumkin. Tikilayotgan charm qalinligi 3 mm. Tepkisining ko‘tarilish balandligi 7 mm. 34 LR, 134 LRG, 797 cf ignalari qo‘llaniladi.



5.4-rasm. 72527-101 tikuv mashinasiga ustki ipni taqish.

Mashinada gorizontal o‘rnatilgan moki ostki valdan tishli tasmali uzatma orqali harakatni oladi. Ustki valdan ostki valga uzatish tasmasi yordamida harakat uzatiladi. Ikki tomonlama material surilish imkoni bor. Tikish yo‘nalishi richag va chap pedal yordamida boshqariladi. Tepkini qo‘l yoki richag yordamida ko‘tarib tushirish mumkin. Mashinada avtomatik moylash o‘rnatilgan.



5.5.-rasm. 72527-101 tikuv mashinasida naychaga ipni o‘rash qurilmasi.

Ustki va ostki iplarni taqish. Ipli galtak tayanchga (48-rasm) o‘rnatilib, ip yo‘naltirgich 4 va 1 lar teshigidan hamda taranglash plastinalari 8 orasidan o‘tkaziladi. Keyin taranglash prujinasi 2 orqali ip yo‘naltirgich 3 atrofidan aylantirilib, cheklovchi yo‘naltirgich 9 orqali ip tortgich ko‘zidan o‘tkaziladi. Ip tortgichdan o‘tgan ip yo‘naltirgichlar 6,7 va 5 orqali old tomondan igna 11 ga o‘tkaziladi.
Naychaga ipni o‘rash uchun mashinada maxsus ip o‘rash qurilmasi 4 o‘rnatilgan. 5.5-rasm. 72527-101 tikuv mashinasiga Ip galtakdan mashina tanasi 1 ga ustki ipni taqilgan ip yo‘naltirgich 6 orqali naycha 8 ga yo‘naltiriladi va prujina 2 ga tortiladi. Naycha 8, richag 5 siljitilib, o‘rash qurilmasiga (5.5-rasm) o‘rnatiladi va mashina ishga tushiriladi. Richag 5 tsapfa 3 ga o‘rnatilgan.
Naycha ip o‘ralgandan so‘ng richag naychadan chetga chiqadi va o‘rash mexanizmi to‘xtaydi. Tuldirilgan naycha moki qurilmasiga o‘rnatiladi. Tiqiladigan charm tepki ostiga joylashtirilib, mashina ishga tushiriladi.
Sozlanishlari. Bahya yirikligi mashina qo‘lochi 2 dagi dasta 4 ni burab amalga oshiriladi (5.6.-rasm). Bahya yirikligini 0–5 mm oraliqda o‘zgartirish mumkin. Agar dast "A" belgi tomonga bo‘ralsa bahya yirikligi oshadi, "V" belgisi tomonga bo‘ralganda esa kamayadi. Material surilish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun richag 1 bosiladi. Siniq bahyaqator enini o‘zgartirish uchun richag 5 ni soat miliga teskari bo‘raladi va kerakli holatga keltiriladi. Siniq bahya enini 0 dan 10 mm gacha richag 3 yordamida o‘zgartirish mumkin. Richag 3 ni vint 7 yordamida mahkamlangan belgili kojux 6 yopib turadi.



5.6-rasm. 72527-101 tikuv mashinasida bahya yirikligini va enini o‘zgartirish qurilmalari.

Richag 3 o‘ngga bo‘ralganida bahya eni oshadi, chapga bo‘ralganda esa bahya eni nolgacha kamayadi. Ustki ip tarangligi taranglash qurilmasidagi vintni o‘ngdan chapga tomon bo‘rash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ostki ipni taranglash uchun naycha qopqog‘ida o‘rnatilgan prujina vinti chap yoki o‘ng tomonga bo‘raladi. Prujinaning naycha qopqog‘iga nisbatan bosimi natijasida ostki ipning tarangligi o‘zgaradi. Tishli reykaning (A) igna plastinkasiga nisbatan holatini rostlash uchun (5.7-rasm) vint 3 bushatilib, igna plastinasi olinadi. Gorizontal val 6 ko‘tarish richagi 8 ning vinti 2 bushatilib, tishli reyka igna plastinasi satxiga nisbatan holati rostlanadi va vint 2 kotiriladi. Tishli reyka A ning gorizontal holati esa o‘nga vint 1 yordamida sharnir bilan bog‘langan shatun 9 ning biriktiruvchi vinti 4 bushatilib, uni val 7 ga nisbatan burab sozlanadi. Richag 10 chap tarafdan barmoq 5 orqali shatun 9 bilan bog‘langan, o‘ng tarafdan esa zveno 11 bilan biriktirilgan. Igna plastinasi teshigidan igna uchi to‘g‘ri o‘tishi kerak (51-rasm).



5.7-rasm. 72527-101 tikuv mashinasida materialni surish mexanizmi sozlanishlari.

To‘g‘ri sozlangan mashinalarda tishli reyka ikkala yo‘nalishda ham ellipssimon traektoriya bo‘ylab harakatlanishi lozim. El-lipssimon harakat buzil-gan holda valdagi ekstsent-riklarning bir-biriga nisbatan ekstsentrisiteti o‘zgartirilib sozlanadi. Tepki 1 ni (5.8-rasm) al-mashtirish uchun tepki ster-jeni 2 ko‘tarish richagi 3 yordamida ko‘tariladi. Igna 4 ham ustki holatiga keltiriladi. So‘ngra biriktirish vinti 5 bushatilib, himoyalash ilgagi 6 va tepki 1 olinadi hamda boshqa tep-ki o‘rnatiladi. YAngi tepki o‘rnatishda igna harakati davomida o‘nga urilmasligiga e`tiborni qaratish lozim (5.8-rasm).



5.8-rasm. 72527-101 tikuv mashinasida igna va tepkining sozlanishlari.

Ignaning platformaga nisbatan bo‘ylama holatini rostlash uchun (siniq bahya hosil qilishda) vintlar 8-9 bushatiladi, vint 7 ni burab igna 4 plastina teshigi markaziga keltiriladi va vintlar 8-9 kotiriladi. Igna 7 vint 8 yordamida igna yuritgich 10 ga o‘rnatiladi.
Ignaning plastinaga nisbatan holatini rostlashda vint 4 ni kattik kotirmaslik kerak, vintlar va igna yuritgichi orasida kerakli masofani qoldirish kerak. Siniq bahyaqator hosil qilish jarayonida ignaning harakati davomida to‘siq va qarshilikka duch kelmasligiga e`tiborni qaratish lozim.
4. «DYURKOPP» FIRMASINING 267-508SM4 SINIQ BAHYAQATOR HOSIL QILIB TIKUVCHI MASHINASI
Bu mashina erkaklar, ayollar va bolalar ustki kiyim detallarini siniq bahyaqator yuritib tikishga mo‘ljallangan. Bahya uzunligi 4 mm. Siniq bahyaqatorning enini 6 mm gacha o‘zgartirish mumkin. Asosiy valning aylanishlar soni 5000 ayl/min.
Gorizontal o‘rnatilgan mokili, ignasi platformaga nisbatan vertikal va bo‘ylama harakatlanuvchi, materialni suradigan reykali, ipni avtomatik qirquvchi mexanizmli mashina. Moki qurilmasini moylash uchun alohida tizim o‘rnatilgan. Maksimal tezlikda ham bahyaning taranglanishi anik ta`minlanadi. Asosiy valdan aylanma harakat tishli tasmali uzatma orqali ostki valga uzatiladi. Mashinaga qo‘shimcha qurilma va elementlar o‘rnatilgan bo‘lib, turli ishlarni bajarish imkoni bor.
Bahya yirikligi (53-rasm) dasta 4 ni bosib rostlanadi. Bahya kengligi gayka 2 ni bushatib, o‘zgartirish richagi 1 ni shkala 3 ga nisbatan o‘rnatib rostlanadi. Dasta 4 bosilganda bahyaqator puxtalanadi. Ustki ipni taqish uchun ipni galtakdan chiqarib ip yo‘naltirgich 5 teshiklaridan o‘tkazib, soat mili harakati yo‘nalishida taranglik rostlagichi 6 shaybalari 7 orasidan aylantirib olinadi.



53-rasm. 265-15-20V rusumli tikuv mashinasi tashqi ko‘rinishi.

So‘ngra ip o‘ngdan chapga ip tortgich prujinasi ortiga o‘tkazib, yana o‘ngdan chap tomonga ip tortgich 8 qo‘logidan kiritiladi, keyin ip yo‘naltirgich 9 teshigidan olib utiladi va igna yuritgichi 10 teshigiga kiritib, tikuvchidan nariga tomon igna 11 ning ko‘ziga taqiladi.
Mashinani ishga tushirish uchun igna 11 ning uzun arikchasini tikuvchi tomonga karatib o‘rnatiladi va vint yordamida igna yuritgich 10 ning teshigiga mahkamlanadi. Naychani moki qurilmasiga joylashtirish uchun maxovik g‘ildiragini burab igna yuqoriga ko‘tariladi va tepki 12 ko‘tariladi, surilma plastina 13 ni chapga surib naycha tutgich sterjeniga naycha kiydiriladi. Mashina asosiy valining aylanishlar soni pedalni bosib o‘zgartiriladi.

Download 10,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish