Guruhi:
|
Ism-Familiyasi
|
Ball:
|
650-19
|
Ibrohimova Sug’diyona
|
|
Mavzu: Java dasturlash tilida klasslar, obyektlar va massivlar.
Java bu xozirda ommalashgan dasturlash tillari bo‘lmish C, C++, Visual Basic yoki Pascal ga ko‘p jixatlaridan o‘xshab xam ketadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan dasturlash tillaridan Java ning eng katta farqi uning Sun Microsystems tomonidan ishlab chiqilgan sof ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tili ekanligidir.
Sun Microsystems kompaniyasi bu o‘zining ishlab chiqargan Unix operatsion sistemasi orqali dunyoda mashxur kompaniya xisoblanadi. C++ dasturlash tilidan so‘ng Java kichikroq, barcha platforma va operatsion sistemalarda ishlay olish imkoniyatiga ega bo‘lgan dasturlash tilidir.
Java da yozilgan barcha kodlar Java virtual mashinasi o‘rnatilgan xar qanday mashinada ishlatilishi mumkin.
Odatda Java dasturlash tili orqali ko‘proq World Wide Web (butun dunyo o‘rgimchak to‘ri) uchun mo‘ljallangan maxsus “Applet” dasturlar yozilmoqda. Ushbu yozilgan dasturlarni siz “Java enabled” veb brauzerlar bo‘lmish Netscape Navigator, Microsoft Internet Explorer kabi dasturlar orqali ishlatishingiz mumkin.
Applet lar bu maxsus dasturlar bo‘lib ular Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer kabi Java enabled veb brauzerlar tomonidan Internet dan yuklanib so‘ng ishga tushiriladi.
Java 1990 yillarda ishlab chiqarila boshlangan bo’lsa xam, uning birinchi versiyasi(Java 1.0) 1996 yil ommaga taqdim etilgan. Undan so’ng keying versiyalar sekin-astalik bilan chiqa boshlagan. 1998 yil — Java 2, 2004 yil — Java 5.0, 2006 yil — Java 6, 2011 yil — Java 7, 2014 yil — Java 8, 2017 yil 21 sentabrda – Java 9.
JAVA 1995-yilda Sun Microsystem Inc tomonidan rivojlantirilgan, keyinroq Oracle korparatsiyasi unga ega chiqdi.
JAVA tili James Gosling va Patrik Nafton tomonidan kashf qilingan.
Java bu dasturlar, o’yinlar va veb saytlar yaratadigan dasturlash tili.
Xuddi biz o’z gapimizni yoki nutqimizni bizni tilimizni bilmaydigan biron-bir insonga tushuntirmoqchi bo’lsak o’sha insonni tilida gapirishga yoki u tushunadigan tilda gapirishga harakat qilganimizdek, kompyuterda biron-bir dastur, o’yin yoki veb saytlar yaratmoqchi bo’lganimizda kompyuter tushunadigan tilda yozishimiz kerak. Bunda Java dasturlash tilidanfoydalanish ayni muddao.
Javani o’rganishni boshlashdan oldin, Java terminlari bilan yaqindan tanishib bilib olaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |