Guruhi boʻlgan organik birikmalar, oʻsimlik hamda hayvon oqsilining asosiy elementa hisoblanadi. A- rangsiz, suvda eruvchan kristall moddalar. 200 ta tabiiy Aminokislotalar maʼ-lum



Download 221,65 Kb.
bet14/22
Sana24.06.2022
Hajmi221,65 Kb.
#700695
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word (2)

4.1 Nuklein kislotalar, polinukleotidlar — nukleotidlar qoldigʻidan hosil boʻlgan yuqori molekulali organik birikmalar. Nuklein kislotalar tarkibiga qanday uglevod — dezoksiri-boza yoki riboza kirishiga qarab dezoksiribonuklein kislota (DNK) va ribonuklein kislota (RNK)larga boʻlinadi. Nukleotidlarning Nuklein kislotalardagi ket-ma-ketligi ularning birlamchi strukturasini belgilaydi. Nuklein kislotalar barcha tirik organizmlarning hujayralarida mav-jud boʻlib, irsiy (genetik) informasiyani saklash va nasldannaslga oʻtka-zishdek eng muhim funksiyani baja-radi, hujayra oqsillarining bu in-formatsiyani voqe qiluvchi sintezi jarayoniga taʼsir koʻrsatadi. Organizmda erkin holda boʻladi, oqsillar bilan bir kompleks (nukleproteidlar)ni tashkil etad
Nuklein kislotalar, xususan, DNK hayotning davomiyligi uchun muhim makromolekula hisoblanadi. DNK ota-onadan farzandlarga irsiylanadigan axborotni oʻzida saqlaydi, qurilish uchun sarflanadigan oqsil hosil boʻlishini boshqaradi va toʻqima, hujayra hamda organizm funksiyasining bir maromda kechishini taʼminlaydi.
DNKning bu maʼlumotlarni qanday qilib tashishi hamda bu maʼlumotlarning hujayra va organizmlar tomonidan qanday qilib harakatga aylantirilishi murakkab, qiziqarli va aql bovar qilmaydigan jarayon boʻlib, uni molekulyar biologiya qismida batafsil oʻrganamiz. Bu yerda esa makromolekulyar nuqtayi nazardan nuklein kislotalar bilan tanishib chiqamiz.
Nuklein kislotalar nukleotid deb nomlangan birliklardan tashkil topgan makromolekula boʻlib, tabiiy ravishda ikkita turda uchraydi: dezoksiribonuklein kislota (DNK) va ribonuklein kislota (RNK). DNK bir hujayrali bakteriyalardan tortib siz va men kabi juda koʻp hujayrali sutemizuvchilarga qadar barcha tirik organizmlarda mavjud genetik material hisoblanadi. Ayrim viruslarning genetik materiali DNK emas, balki RNKdan iborat, ammo texnik jihatdan viruslar tirik organizm deb hisoblanmaydi (chunki ular xoʻjayin hujayra yordamisiz koʻpaya olmaydi).
O‘simlik va hayvonlar singari eukariotlarda DNK hujayrada maxsus membrana bilan oʻralgan birikma boʻlib, u yadroda joylashadi, xuddi boshqa organellalar (masalan, oʻsimliklarning mitoxondriyasi va xloroplasti) singari. Bakteriya kabi prokariot organizmlarda DNK nukleoid deb ataluvchi maxsus hujayra hududida joylashganiga qaramay, u membrana bilan oʻralmagan.
Eukariotlarda DNK odatda xromosomalar deb nomlangan juda uzun, chiziqli qismlarga boʻlinadi, bakteriyalar kabi prokariotlarda esa xromosomalar juda kichik va koʻpincha aylana (halqa) shaklida boʻladi. Xromosoma oʻn minglab genlardan iborat boʻlishi mumkin, ularning har biri hujayra tomonidan zarur boʻlgan maʼlum mahsulotni ishlab chiqarish boʻyicha koʻrsatmalar beradi.
Koʻpchilik genlar oqsil moddalarini kodlaydi, yaʼni ular maʼlum bir oqsilni hosil qilish uchun ishlatiladigan aminokislotalar ketma-ketligini belgilaydi. DNKdagi ushbu maʼlumot oqsil sintezi uchun ishlatilishidan oldin, avvalo, genning RNK nusxasi (transkripti) yaratilishi kerak. RNKning ushbu turi informatsion RNK (iRNK) deb ataladi. Chunki iRNK molekulasi DNK va ribosoma (iRNK ketma-ketligini oʻqib, uning asosida oqsil sintez qiluvchi uskuna) oʻrtasida maʼlumot tashuvchi vazifasini bajaradi. DNKdan RNKga va RNKdan oqsilga aylanish jarayoni molekulyar biologiyaning “markaziy dogmasi” deyiladi.
Eng muhimi, barcha genlar ham oqsil mahsulotlarini kodlamaydi. Misol uchun, ayrim genlar ribosomalarning tuzilish tarkibiy qismlari sifatida xizmat qiluvchi ribosomal RNK (rRNK) yoki transport RNK (tRNA)ni kodlaydi. tRNK beda bargi shaklidagi RNK molekulasi boʻlib, oqsil sintezi davomida aminokislotalarni ribosomaga tashib keltiradi. Yana boshqa RNK molekulalari, masalan, kichik mikroRNK (miRNA) boshqa genlar uchun regulyator vazifasini bajaradi va hozirgi davrda oqsil boʻlmagan molekulalarni kodlovchi RNKning koʻplab yangi turlari aniqlanmoqda.

Download 221,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish