Esga tushirish va uning turlari.
Otmishda idrok qilingan narsalar, his-tuygu, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nervfiziologik asoslari bosh miya postida ilgari hosil bolgan nerv boglanishlarning qozgalishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma'lum vaqt otkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud.
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bolishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir odam kozimizga issiq korinadi, lekin uni qaerda korganimizni eslay olmaymiz. Toliq, aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol oynaydi. Masalan, biz bir kishini korib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz. Eslash narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir. Masalan, bolib otgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga tushirishimiz mumkin. Eslash ham aniq va noaniq boladi. Masalan, biz she'rni yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon oqiganimizni eslay olmaymiz.
Esga tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan, imtihonga kirganda biletni korib, uning savolini oqib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol oynar ekan. Bevosita esga tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan iborat. Masalan, she'rni yod olganimizda bir necha satrni oqigan kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya'ni bevosita esga tushiramiz. Bir karra kozdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, xotiraning kolami aniqlanadi.
Materialning kop qismini bevosita esga tushira oladigan kishining xotira kolami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda soz va iboralarni esda tutib qolish xotirasining kolami keng boladi. Hisob-kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda sonlarni esda tushirish xotirasining kolami keng boladi.
Vaqt otkazib esga tushirish esda olib qolingan narsani oradan bir qancha vaqt otkazib esga tushirishdirki, bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar otgandek boladi. Masalan, yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa eslaymiz.
Idrok qilingan narsalar miyamizda ornashib qolishi, esimizda turishi tufayli turli usulda esimizga tushishi mumkin.
Esda saqlash deganda ilgari tugilgan taassurot, fikr, his-tuygu va ishharakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab tizimi ilgari bolib otgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit bolsagina esga tushadi. Bunday sharoit bolmaganda zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
Shunday qilib, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur bolgan narsani shu onda esga tushira olmaymiz.
Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi reminissensiya hodisasi (xira esga keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan mashgul bolganda miya charchashi yuz beradi. Charchash haddan tashqari oshishi natijasida nerv xujayralarida tormozlanish yuz beradi. Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning kop qismi unutiladi.
Materialni oqib organib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay, ammo oradan bir necha vaqt otgandan keyin uni tola xotirlay olishlikning sababi materialni oqib, organib olishda roy beradigan charchashdir. Materialni eslash uchun bolgan kuchli xohish natijasida tormozlanish yuzaga keladi, bu esa materialni qayta esga tushirishdagi qiyinchilikni kuchaytirib yuborishi mumkin. Vaqt otishi bilan ishga chalqib ketgan insonlarda tormozlanish tarqab ketadi. Shunda esga tushirish lozim bolgan narsa xotiraga kiradi. Materialni mustahkamlashga bolgan qiziqishning bolishi materialni uzoqroq esda saqlashga olib keladi. Unutish vaqtga bogliq boladi. Bu G.Ebbingauz tomonidan aniqlangan bolib, unutish materialni yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez roy beradi, undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi.
G.Ebbingauz unutishning vaqtga bogliqligini tajriba orqali aniqlagan. Toplangan natijalarning korsatishicha, materialni yod olgandan song unutish sur'ati tez keyinchalik esa u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma'nosiz ayrim boginlarni unutish ustida olib borilgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning korsatishiga qaraganda, organilgan narsalar bir soatdan keyin unutiladi. Materialni ozlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unutish sekinlashib boradi. Muvaqqat asab boglanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bolgan narsa va hodisalarning ozaro aloqalari xotirada asta-sekin yoqolib boradi. Vaqtning otishi bilan birmuncha unutilib ketilayotgan vaqtli boglanishlarni, ya'ni assosiasiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti-harakatlarni talab qiladi.G.Ebbingauzning izdoshlari va shogirdlari tomonidan otkazilgan juda kop tadqiqotlarning korsatishicha, unutish sur'ati materialning ma'noli yoki ma'nosizligiga, uning qanchalik anglanilganligiga bogliqdir. Material qanchalik mazmundor anglanilgan tushunib olingan bolsa, u holda unutish ham shunchalik sekin kechadi. Lekin ma'noli materialga nisbatan ham unutish avval tez sur'atda bolib, keyinchalik esa u sekinlashadi. Biron-bir materialni ozlashtirish yoki esda olib qolish insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoliyatning maqsadi bilan bogliq bolsa, bu material sekin unutiladi.
Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari proporsional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligiga ozlashtirilayotgan materialning ma'noga ega yoki ega emasligiga bogliqlikdan tashqari yana bir nechta omillar oz ta'sirini korsatadi va uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bogliq. Shuningdek, ular shaxsning shaxsiy, individual xususiyatlariga ham bevosita bogliqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |