2. Xotira jarayonlari: esda olib qolish, esda saqlash va unutish, esga tushirish.
Xotira faoliyati esda qoldirishdan boshlanadi. Esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni miya postida iz hosil qilishdir. Uning fiziologik asosi miya postida muvaqqat nerv boglanishining vujudga kelishidir. Esda qoldirish ozining faolligi jihatidan ikkiga bolinadi:
a) ixtiyoriy esda qoldirish;
b) ixtiyorsiz esda qoldirish.
Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldindan maqsad quyilmaydi, mavzu tanlanmaydi va iroda kuchi sarflanmaydi. Ozining gozalligi, hissiy ta'sirchanligi, hajmi, harakatchanligi, tezligi, shakli va boshqa xossalari bilan farq qiladigan narsa va hodisalar ixtiyorsiz esda qoladi. Masalan, tasodifiy hodisalar, karnay-surnay ovozi ixtiyorsiz esda qoladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda esa oldindan maqsad qoyib mavzu belgilanadi. Masalan, dars materiallarini esda olib qolish, imtihonga tayyorlanish va boshqalar.
Ixtiyoriy esda qoldirishda quyidagi turli usullardan foydalaniladi:
maqsad qoyish, masalan, institutga kirish oldidagi maqsad;
oquv materiallarini tushunib esda qoldirish;
esda qoldirishning rasional usullaridan foydalanish, masalan, esga tushirish yoli bilan esda qoldirish.
Beixtiyor esda qoldirishda qiziqish katta rol oynaydi. Bizning oldingi tajribamiz bilan bogliq narsa va hodisalar beixtiyor oson esda qoladi. Biz ba'zi bir faktlarni bilsak, ular haqida tushunchaga ega bolsa, shu faktlarga tegishli bolgan hamma narsalar oson esda qoladi.
Ixtiyorsiz esda qoldirish inson hayotida katta ahamiyatga ega bolib, undan ortiqcha harakat talab qilmagan holda hayotiy tajribalarni kengaytiradi va boyitadi. Biroq ixtiyorsiz esda qoldirish tez bolsa ham kopincha noaniq boladi, bunday esda olib qolingan narsa va hodisalar keyinchalik yanglish esga tushiriladi.
Ixtiyoriy esda qoldirish kozda tutilgan maqsadga muvofiq tanlangan materialni esda qoldirishdir. Kishi ixtiyoriy esda qoldirish uchun esda saqlashning maxsus usullarini saqlagan holda materialni puxta esda qoldirish uchun ozining kerakli kuchini sarf qiladi. Ammo mexanik esda saqlanishni ma'noli esda saqlash bilan qollanilishi foydalidir.
Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud:
o Ma'lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish.
o Egallash yoki ozlashtirish zarur bolgan materiallarni korib idrok qilish yordamida esda olib qolish.
o Materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish.
o Aralash holatda esda olib qolish, eshitish, korish, harakat kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish yoki bir nechta ta'sir etuvchilar yordamida aks ettirish.
Mana shu yollar orqali eshitish, korish, eshitish harakat, kombinotorlashtirilgan (aralash) turlari yordamida xotiraning qaysi turi ustunroq yoki qaysi biri bosh ekanligini aniqlash mumkin.
Esda olib qolishda assosiasiyalarning ahamiyati muhimdir. Buning uchun esda olib qolish jarayonining boglanishlari paydo bolish sur'atini aniqlash maqsadida ular xususiyatlariga binoan quyidagi:
Sabab oqibat boglanish.
Bolak va yaxlit munosabati.
Qarama-qarshilik munosabati.
Inkor etish holati.
Adekvat yoki aniqlik turlarga ajratiladi.
Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bogliqdir. A.A.Smirnov, P.I.Zinchenko tajribalari shuni korsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samarali bolishi mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma'noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qoyilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish unda uchraydigan ma'noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bolganligi aniqlangan.
Maxsus vositalar va oqilona usullarni qollash orqali esda olib qolish sohasidagi yondashishdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega. A.A.Smirnov otkazgan tajribasida shuni korsatadiki, matnni maxsus tuzib chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, pala-partish esda olib qolishdan ikki barobar samaraliroq ekan, psixolog olimlarning tavsiyasiga binoan yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirishni ozaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi. Kuzatishlar va tajribalar shuni korsatadiki, oquvchilar va talabalar bu usullarni mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda ularni muallimning rahbarligida egallashadi. Aks holda oquv faoliyati ishtirokchilari materialni bevosita ixtiyorsiz esda olib qolish bos?ichida qotib qolishi mumkin, bu hol aqliy osishga qarama-qarshidir.
Shu narsani alohida ta'kidlab otish kerakki, oquv materiallarining ma'nosiga tushunib esda olib qolish yoli oqilona yol bolib qolmasdan, balki u mexanik esda olib qolish jarayonidan ozining samaradorligi bilan keskin darajada ajralib turadi.
Esda olib qolish jarayoni deganda sezgi, idrok, tafakkur, ichki kechinmalarni xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi. Kundalik hayotimizda kitob, jurnal, 180 gazeta oqiyotganimizda materialni esda olib qolish uchun shu materialning ma'nosiga tushunib olishga harakat qilamiz. Jamiki narsa insonga yetarli darajada tushunarli bolmasa, u taqdirda ularni esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi. Organilayotgan materialning mazmuni va ma'nosiga tushunib olish uchun odam uni tahlil qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta'kidlaganidek, materialni ozlashtirib olish xuddi shu jarayonga yaqqol misoldir. Mualliflarning shaxsiy fikriga kora ozlashtirayotgan materiallarni esda olib qolish qiyinligi sababli ularni tushuna olmaslikdir. Tushunib olishning esda olib holishdagi ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi.
Jahon psixologiya fani toplagan ma'lumotlarga qaraganda ozlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma'nosini tushunib ozlashtirish bir necha marta mahsuldordir.
Esda olib qolish jarayonida ozlashtirilayotgan materialning ma'noga ega bolishi yoki bolmasligi muhimdir. Assosiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi bolib 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bolgan xotirani, 1888 yilda intellektni ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng kolamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yonalishini ishlab chiqdi. Xotirani "sof" korinishda organishga harakat qilib ma'no kasb etmaydigan boginlardan foydalandi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasi emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qollanishiga xos togri yonalishdir.
G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (oz-ozini kuzatish yoki ichki kuzatish) metodiga qarama-qarshi qoyilgan ilmiy tajribaviy metod yutuqi sifatida ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini tekshirishda oz oldiga 38 ta ma'no anglatmaydigan boginlardan tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qoygan. Bu materialni ozlashtirish ortacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 sozdan, 11 ta soz ozaro bogliq bolmagan sozlardan foydalangan. Bu materialni ozlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 9/1 nisbatga togri keladi.
Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma'noga ega bolgan materialni ozlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yonalish, korsatma berish muhim ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqlaydi. A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini organganlar. Shuningdek, ular oqish faoliyatiga asoslangan holda maktab oquvchilarida tekshirish ishlarini olib borganlar.
I.P.Zinchenko, M.N.Shardakov, A.I.Lipkinalar tadqiqot ishlarining aksariyati shunga bagishlangan bolib, turli materialni esda olib qolishda tushinishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib qolishga togri yonalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib olgan hamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va toliqligi ta'minlanadi.
A.A.Smirnovning ta'kidlashicha, shu davrgacha hech kim hech bir ilmiy adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf oquvchilariga ahamiyatli bolgan materialni mexanik tarzda esda olib qolishlari korsatilmagan.
Nemis psixologi Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham katta yoshdagi odamlarda ham ma'nosiga tushunib ozlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam miqdordir. Bu mulohaza haqiqatdan ham togri, Meymon fikriga kora, inson ulgayishi bilan ma'nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma'noga ega bolgan bilimlarni esda olib qolishi esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. Shunga oxshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham toplangan bolib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida oz aksini topgan.
A.A.Smirnov ma'no anglatmaydigan boginlarda va ma'no kasb etuvchi sozlardan tuzilgan material asosida tekshirish otkazgan. Katta va kichik yoshdagi ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish har ikkala yosh davrida mazmunli va mazmunsiz materiallarni esda olib qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib qoyilgan.
Ma'no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolalarga nisbatan kattalarda ustunligi lekin, ma'nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan. Ma'nosiz boginlar nafaqat kichik yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi ozlashtiriladi.
A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma'nosiz boginlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishi ta'kidlangan. Katta yoshdagilar ma'nosiz boginlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson boglay oladilar. Shuning uchun ularda bolalarga nisbatan kuchliroq ma'no kasb etadi. Shuningdek, ma'no anglatmaydigan materialni ozlashtirish jarayoni tez kochadi, mahsuldorroq boladi. Ma'nosiz materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir.
Esda olib qolishga hech qanday yonalish berilmay, materialni yaxshi olib qolinishi kishining jadal faoliyati bilan bogliq. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol irodaviy kuch sarflash hisobiga amalga oshadi. A.A.Smirnov ma'noli materialni esda olib qolishning bolalar uchun yengil kochishi ularning yosh xususiyatlariga bogliq narsa emasligini ta'kidlab otadi. Chunki bolalar hali tushunib olmagan materialni goyo ma'nosi yashirinib yotgandek qabul qiladilar. Matn ma'nosining noma'lumligi unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish mazmunini izlashga talabchanlikni uygotadi. Odatda ma'nosiz sozlarni laboratoriya sharoitiga qaraganda kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi.
Qator psixolog olimlarning mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib qolish darajasi yosh davrlari xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol shaxsiy xususiyatlariga bogliqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarining xususiyati emasdir; 3) sozlarni esda olib qolish, mexanik esda olib qolishning biron-bir xususiyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |