KUNDALIK HAYOTIMIZDA MATEMATIKA FANINING
AHAMIYATI
Tarixdan ma’lumki matematika hayotda eng kerak va asosiy fan hisoblanadi.Vaholanki bolaning endi tili chiqar-chiqmas unga:’’yoshing nechada’’ deb savol beramiz. Bola esa jajji barmoqchalarini ko’rsatib javob beradi.Bolaga birinchi ta’limimiz ham 10 gacha sanashdan boshlanadi.O’sha ondan boshlab inson matematikaga qadam qo’ygan hisoblanadi.Men Xorazm viloyati Xiva shahridagi 9-umum ta’lim maktabida 2013-yildan buyon matematika fanidan dars berib kelaman.Ba’zan o’quvchilar ‘Men shifokor bo’laman yoki rassom bo’laman, menga matematikani hojati yo’q’ deyishadi.Matematika bizni ishimizni yengillashtiradi,qayta-qayta sanashdan xalos etadi.Oddiy misol: sotuvchi do’konga 28 bog’lam badiiy kitob va 35 bog’lam ertak kitob olib keldi.Badiiy kitoblarning har bir bog’lamida eas 8 tadan kitob bor.Badiiy kitob donasi 10000 so’mdan ,ertak kitoblarning bittasi esa 2000 so’mdan .Endi sotuvchi kitoblar uchun qancha haq to’lashi kerak.Agar sotuvchi matematikadan xabari bo’lmasa kelib chiqqan summaga aldanib qolishi hech gap emas.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, matematikani yaxshi o’zlashtirgan o’quvchining tahliliy va mantiqiy fikrlash darajasi yuqori bo’ladi.U nafaqat misol va masalalar yechishda ,balki hayotda turli vaziyatlarda ham tezkorlik bilan qaror qabul qiladi.Shuningdek,matematiklarga xos fikrlash uni kelajakda amalga oshirmoqchi bo’lgan ishlar, tevarak-atrofda bo’layotgan voqea-hodisalar rivojini bashorat qilish darajasiga olib keladi.
Matematikani hayotimizda tutgan beqiyos o’rni inobatga olingan holda mazkur fan 1-sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan,yurtimizda barcha aniq fanlar qatori matematika ta’limi zamon talablari asosida takomillashtirib borish,uni o’qitishda eng so’nggi pedagogik va innovatsion usullar ,multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Matematika fani nafaqat baho olish uchun savol-javoblar yoki imtixonlarda,balki uyda, ish jarayonida, sport va san’at bilan shug’ullanishda , savdo-sotiq,oldi-berdi,hayotning har bir lahzasida o’quvchi matematika fanining ahamiyatini chuqur anglab yetishi kerak.Buning uchun esa fan o’qituvchisi,o’quvchilarga o’tayotgan mavzusini hayot bilan bog’lab,biror masala yoki misolni turmushda oddiy vaziyatlar yordamida yechishga o’rgatishi lozim.
Misol uchun:Halima opaning plastik kartochkasida 560000 so’m pul bor edi.U o’g’liga xarid qilish uchun plastik kartochkasini berdi.O’g’li esa plastik kartochkadagi pulning 25 foiziga xarid qildi.Halima opaning plastik kartochkasida qancha pul qoldi.
Buning uchun to’g’ri proporsiya usulimi tanlaymiz
560000-100%
x-25%
x=560000*25/100=140000
560000-140000=420000
Demak, o’g’li 140000 so’mlik xarid qilgan ,jami puldan xarid qilingan pulni
ayirib tashlasak,plastik kartochkadagi qolgan pul kelib chiqadi ya’ni 420000 so’m.Bu kabi misollarni ko’plab keltirish mumkin.Bu kabi misollarni keltirish bilan bir qatorda,pedagog o’z o’quvchilarini mustaqil izlanishiga turtki bo’ladi.Bugungi kunda elektron qurilmalar hayotimizga chuqur kirib kelgan,deyarli har bir uyda kompyuter,internet,mobil telefo’nlar,smartfon va planshetlar mavjud.Matematik hisob kitoblarni ular yordamida osongina bajarish mumkin.Hattoki eng murakkab tenglamalarni ham onlayn tarzda yechish mumkin. Bu esa ayrim o’quvchilarni noto’g’ri tushunchalar shakllanishiga olib kelmoqda.Bu fan menga nimaga kerak,biror hisob-kitob bo’lsa ana kompyuter yoki telefo’nimda yechib olaman.Bu kabi holatlarning oldini olish uchun,matematika fani o’qituvchisi oldiga bir qator dolzarb savollarni qo’ymoqda.O’quvchilarning fikriy dangasalik,aqliy ishyoqmaslikdan qanday qilib qutqarish ,ularni zamonaviy texnologiyalarga qaramlikdan qay yo’l bilan asrash mumkin.Shuni aytish joizki,hozirgi pandemiya sharoitida,o’qituvchilar o’quvchilar bilan birga onlayn darslar olib bormoqdalar.Shu sharoitdan ko’rinadiki,matematika faniga qiziqish ko’pchilik o’quvchilarda boshqa fanlarga nisbatan qiziqish judayam sust.
Shu bilan bir qatorda,zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlarini inkor etib bo’lmaydi.Zamonaviy texnologiyalar ham insonlar og’irini yengil,mashaqqatini oson qilish,qimmatli vaqtini tejash maqsadida ishlab chiqarilmoqda.Ular hisob-kitob,rejalashtirish,modellashtirish jarayonida insonlarga katta yordam bermoqda.Albatta,qo’shish-ayirish,ko’paytirish,bo’lish kabi eng muhim amallarni har bir o’quvchi mustaqil bajara olishi qat’iy talab sifatida belgilanishi shart.Ammo ayrim o’rinlarda,muayyan mavzularni o’tishda ularni zamonaviy elektron qurilmalar bilan bog’liq holda tushuntirish o’quvchilar o’zlariga yaxshi tanish va qiziq bo’lgan ma’lumotlarni zarur va foydali bo’lganlari bilan bog’lagan holda eslab qolishlari mumkin.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 9 iyul kuni Matematika ta’limi va fanlarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab quvvatlash,Fanlar akademiyasining V Romanovskiy nomidagi,Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish to’g’risidagi tarixiy qarorni imzoladi.
Mamlakatimizning matematiklar jamoatchiligi Prezidentimiz qarorini ko’tarinki ruhda qabul qildi.Bu hujjatning qabul qilinishi munosabati bilan matematikaning yani bir ijtimoiy vazifasini alohida ta’kidlash o’rinlidir.U ham bo’lsa,matematikaning aholi intellektual saviyasiga faol ta’sir ko’rsatish xususiyatidir.Hozirgi zamonda matematika fani kompyuter va kompyuterlashgan texnika bilan ishlashda nihoyatda zarur.Shu bilan birga alohida qayt etish lozimki,faqatgina sifatli matematik ta’lim asosidagina axborot kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish mumkin.Ayniqsa,dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va eksport qilish dasturlashtirish mutaxassislaridan puxta matematik ilmni talab etadi.Va aksincha,matematikani yaxshi o’zlashtirgan kishigina dasturlash mutaxassisi bo’la oladi.Yana bir jihati,matematika evristik tafakkurni o’rgatadi,ya’ni bunda ko’p qadamda yechiladigan masalalar bilan mashq qilish,teoremalarning o’nlab mulohazalar orqali isbotlash jarayonida o’quvchilarda tahliliy tafakkur ham rivojlanadi.
Prezidenttimizning yana bir “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida’gi qarorlari qabul qilindi.Qarorda 2020-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasida matematika fanlari bo’yicha ta’lim sifatini yaxshilash,ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirishning maqsadlarini o’tkazish dasturi tasdiqlanadi.Har bir tumanda(shaharda)matematika fani chuqurlashtirilib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etish va masofaviy ta’lim orqali dars mashg’ulotlarini o’tkazish nazarda tutilgan.Prezidentning Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofoti ta’sis etilishi.Matematika sohasidagi fundamental va ilmiy izlanishlari natijalariga ko’ra amaliyotdagi muayyan muammoning yechimini taklif etgan olimlar u bilan mukofatlanadilar.
Qachon va qayerda,u yoki bu tamaddun yuksak rivojlanishga erishgan bo’lsa,shu davr va hududda matematika fani va ta’limi ham yuksak darajada rivojlangan.Shuning uchun prezidentimizning ushbu qarori kelajakka qaratilgan.
Jamiyat va shaxs hayotidagi matematika juda ko’p sohalarga ta’sir qiladi.Ba’zi kasblarni ularsiz tasavvur qilib bo’lmaydi,ko’pchilik faqat uning individual sohalarini rivojlantirishi tufayli paydo bo’lgan.Zamonaviy texnologik taraqqiyot matematik apparatlarning rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir.Agar odamlar fanlar malikasini tanimasalar,kompyuter va telefonlar,samolyotlar va kosmik kemalar hech qachon paydo bo’lmas edi. Biroq,matematikaning inson hayotidagi o’rni bu bilan cheklanmaydi.Fan bolaga dunyoni egallashga yordam beradi,u bilan yanada samarali o’zaro munosabatda bo’lishga o’rgatadi,fikrlash va xarakterning individual xususiyatlarini shakllantiradi.
Matematika aniq fan bo’lib,biz uni kundalik hayotda.do’konda xaridlar miqdorini arzimas hisob-kitoblardan tortib,murakkab va aniq hisob-kitoblarsiz yaratib bo’lmaydigan yuqori texnologiyali buyumlardan foydalanishgacha topamiz.Boshqa har qanday fanda bo’lgani kabi,matematikada ham juda ko’p muhim va foydali kashfiyotlar qilingan,shuning uchun juda ko’p qiziqarli faktlar keltirish mumkin.
Tarixda birinchi matematik ayol Gipatiya ismli yunon ayoli sifatida tan olingan,u miloddan avvalgi 5-asrda Mis Iskandariyada yashagan.
Alfred Nobel rafiqasi uni matematik bilan aldaganligi sababli matematikani mukofotlar ro’yxatiga kiritmagan deb ishoniladi.Aslida Nobel hech qachon uylanmagan.Nobelning matematikani e’tiborsiz qoldirganligining asl sababi no’malum,ammo bir necha takliflar mavjud.
Charlz Lutvich Dodgson taniqli britaniyalik matematik edi,ammo u Lyuis-Kerol taxallusi ostida yozuvchi sifatida butun dunyoga mashhur bo’lgan.
Ushbu fundamental fanning postulatlari o’zlarining ishlarida olimlar va ixtirochilar tomonidan ishlatilishidan tashqari,fan bilan bog’liq bo’lmagan boshqa kasb egalari ham kundalik hayotda ko’pincha matematik hisob-kitoblarga murojaat qilishadi.
Matematika,bu murakkab,ammo juda qiziqarli fan .Bir tomondan,bu mavhum,ammo boshqa tomondan,uning sharofati bilan olimlar muhim kashfiyotlar qilishmoqda va insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotiga hissa qo’shadigan obektlarni yaratmoqdalar.Oddiy odamlar uchun matematikaning asoslarini bilish kundalik muammolarini hal qilishda muhimdir.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak,bugungi kun o’quvchisini bugungi zamonning talablari asosida o’qitish lozim,zero yangi texnologiyalar zamonida dunyoga kelayotgan o’g’il-qizlar o’zining bir qator umumiy sifatlari bilan ajralib turadi.Turmush tarzimiz qiziqish va xohish-istaklarimiz global makonda qariyb o’xshash tus olayotgan bir vaqtda kechagi o’qitish usullari bilan maqsadga erishib bo’lmaydi.Zamon bilan ham qadam rivojlanib borgandagina yuksak intellektual avlodni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |