Guruh talabasi Tojiyev Asadbekning


Fransiya respublikasi iqtisodiyoti



Download 32,25 Kb.
bet2/4
Sana25.03.2022
Hajmi32,25 Kb.
#510180
1   2   3   4
Bog'liq
Fransiya respublikasi iqtisodiyoti

Fransiya respublikasi iqtisodiyoti
Fransiya - G‘arbiy Yevropadagi eng yirik davlatdir. U hududiy jihatdan Yevropa Ittifoqida birinchi o‘rinni egallaydi. Mamlakatning umumiy maydoni 544 ming kvadrat km.ni tashkil etib, uning uchdan ikki qismi tekislikdan iborat. Bu yerni iqlim o‘zgarishlariga qarab uch xil mintaqaga bo‘lish mumkin: ya’ni okean mintaqasi (g‘arbdan), o‘rta yer dengiz mintaqasi (janubdan) va kontinental mintaqa (mamlakat markazi va sharqdan). Mamlakatning 82 foizi hududini, aniqrog‘i 45 mln. gektar maydonini qishloq xo‘jaligi yerlari va o‘rmonzorlar egallaydi. Faqatgina o‘rmonzorlar salmog‘i jihatidan Fransiya Yevropa Ittifoqida Shvesiya va Finlyandiyadan keyingi uchinchi o‘rinda turadi.
Mamlakat aholisi – 62 million kishidan ortiq bo‘lib, bir kv. km ga 105 kishi to‘g‘ri keladi. Aholining teng yarmidan ortiqrog‘i shaharlarda yashaydi. Aholi soni jihatidan Fransiya Yevropada Germaniyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Mavjud aholining 93 foizini fransuzlar tashkil etadi. Fransiyada tug‘ilish darajasi past taxminan 1000 kishi hisobiga 12 ta chaqaloq to‘g‘ri keladi.

Fransiya – dinga erkinlik bergan davlat. Bu yerda qariyib barcha dinlarga mansub aholi istiqomat qiladi, ya’ni bu yerda katoliklar 81,4 foizni, musulmonlar 6,9 foizni, protestantlar 1,6 foizni, iudistlar 0,4 foizni va boshqa dindagilar 8,1 foizni tashkil etadi.


Fransiyaning salkam 25,6 mln. aholisi faol aholi toifasiga kiradi. Ulardan 19,5 millioni doimiy ishi bilan band bo‘lganlar va 3,1 millioni yoki faol aholining 12,5 foizi ishsizdir. Mamlakatda erkaklar ayollarga qaraganda ko‘proq, ya’ni barcha aholining 53 foizini erkaklar, 47 foizini ayollar tashkil etadi.
Fransiyaning davlat tuzilishi - respublika. Uni davlat prezidenti boshqaradi. Prezident 7 yilga saylanadi. Fransiya respublikasi quyidagi holatda tarkib topgan: mustamlaka yerlar (22 ta chegaradosh va 96 ta ma’muriy terretorial okrug), 4 ta dengizorti ma’muriy territorial okrug (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyuon), 4 ta dengizorti hudud (Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya oroli, Uolles va Futuna, Janubiy yerlar va Fransiya Antarktidasi), shuningdek, alohida haq-huquqlarga ega hudud (Mayor, Sen-Per Mikelon).
Mamlakatning oliy organi – parlament. U senat va ikki palatali parlamentdan tashkil topgan.
Fransiya Yevropa Ittifoqi (YEI), Yevratom, G‘arbiy Yevropa ittifoqi va bir necha siyosiy hamda iqtisodiy tashkilotlar a’zosi. 1949 yildan esa NATOga a’zo bo‘lgan.

Fransiya keng taraqqiy etgan industrial – agrar davlat. U ko‘pgina yerosti qazilma boyliklariga ham ega. Ya’ni bu yerdan temir rudasi, toshko‘mir, uran rudasi, boksit va kaliy tuzi ko‘p miqdorda qazib olinadi. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) va sanoat mollari ishlab chiqarish jihatidan u dunyoda to‘rtinchi (AQSH, Yaponiya, Germaniyadan keyingi) o‘rinni egallaydi. Chetga mahsulot eksport qilish (asosan mashina va zamonaviy texnologiyalar) bo‘yicha ham to‘rtinchi, qimmatli zahiralarga egaligi bo‘yicha esa uchinchi (AQSH va Yaponiyadan keyingi) o‘rinni band etgan. Shuningdek, Fransiya Yevropada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va chetga eksport qilish borasida birinchi o‘rinda turadi. Bu mahsulotlar kosmosda, aviasozlikda, aloqa va telekommunikatsiya, energetika, informatika, transport taraqqiyoti va meditsina sohasida muhim rol o‘ynaydi. Mamlakat G‘arbiy Yevropadagi integratsiyalashuv jarayonlarida ham faol ishtirok etadi.


Fransiya iqtisodiyoti uchun harakterli jihatlardan biri-yirik monopoliya mahsulotlari ishlab chiqarishdir. Ayni kunda ikkita yirik kompaniya po‘lat eritish va undan mahsulot tayyorlash bo‘yicha 70 foizlik ulushni, elektrli va elektr texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha 50 foizlik ulushni va avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha qariyib 100 foizlik ulushni o‘z qo‘lida ushlab turibdi. Eng monopollashgan ishlab chiqarish harbiy sohadagi sanoat mollaridir. E’tiborlisi, fransuzlarga xos sanoatlashtirishning muhim ko‘rinishi katta-katta ishlab chiqarish ob’ektlarini butunlay hokimlik tarzida egallaganlikdadir. Bunday holatda mamlakatda yuz xil turdagi sanoat ishlab chiqarish turlari 20 ta shunday yirik mulk egalari tasarrufida. Masalan, «Peja-Sitreon» va «Reno» monopolistlarida avtomobil sanoati, «Elf-Akiten» monopolistlarida neft sanoati va «Yunizor-Syansilor» da qora metallurgiya, shuningdek, «Kompaniya jeneral elektrosite» da yadro energetika, «Ron-Pulenka» monopolistlarida esa kimyo sanoati kabilar. Mazkur mamlakat iqtisodiyotining yana bir o‘ziga xosligi gigant, yirik korxonalar hamda kichik o‘rta tadbirkorlik korxonalari kapitallari (mablag‘lari) markazlashgan moliyaviy muassasalarda saqlanmasligidir.

So‘nggi yillarda Fransiya iqtisodiyotida barqaror o‘sish ko‘proq fransuz monopolistlarining xorijlik sheriklar bilan hamkorlikda ishlashlarida namoyon bo‘lmoqda. Ya’ni, ular xalqaro harakterga ega bo‘layotir. Masalan, «Roni-Pulenka»ning mavjud tovar aylanmasida 60 foizlik ulush xorij operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. Umuman hozirda mamlakat iqtisodiy hayoti xorijga siljish siyosati asosida o‘zaro bog‘langan holda rivojlanmoqda. Natijada katta sarmoya va salohiyatga ega qo‘shma korxonalar tashkil etildi. Masalan, 1989 yilda «Pejo» va «Fiat» qo‘shma korxonasi faoliyat boshlagan bo‘lsa, keyinchalik ikkita yirik kompaniya – «Jeneral elektrik» va «Altom» lar o‘rtasida elektr jihozlari va temiryo‘l vagonlari ishlab chiqarish borasida kelishuv yo‘lga qo‘yildi.

Fransiya iqtisodiyotida moliyaviy operatsiyalar tashkiliy tizim shaklida yuritiladi. Xorij valyutalari barcha mamlakatlardagidan farq qilgan holda nazoratga olingan valyuta ayirboshlash guruhlari va ularning filiallari orqali almashtiriladi.

Bugungi Fransiyaning o‘ziga xos xususiyati-bank operatsiyalarida ro‘y berayotgan pullarni o‘zlashtirish yoki maqsadli faoliyatdan tashqari harajatlarni sodir etishga qarshi qat’iy chora ko‘rilganidir. Davlat kapitali asosan sanoat rivojiga yo‘naltirilgan. Shu jihatdan banklar ham sanoat kompaniyalari, qo‘shma korxonalar bilan bir tan, bir jon. Sanoat kapitallar esa o‘z navbatida xolding kompaniyalari, investitsiya jamg‘armalari va kompaniyalarning hududiy taraqqiy etishi uchun yo‘naltiriladi. Fransiyada mavjud moliyaviy mablag‘ning tashkil etilgan shakli moliyaviy guruh deb yuritiladi. Moliyaviy guruh – bu sanoatning, bankning, savdo monopoliyasining, ilmiy-ishlab chiqarish sohalarining topgan mablag‘lari majmuidir. Bu mablag‘lar nafaqat sanoatchilar yoki bank burjuazlariga beriladi, balki u mamlakatda doimiy ravishda iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish va rivojlantirish uchun sarf etib boriladi. Ular asosan kichik va o‘rta kapitalistlar, omonat kassalarini sug‘urta qiluvchi kompaniyalar va shirkatlar (kooperativ) shaklida ishlayotgan mehnatkashlarga beriladi. Fransiya iqtisodiyotini yuksaltiruvchi bunday moliyaviy guruh asosan to‘rtta («Pariba», «Syuez», «Rotshild» va «Ampen Shreyder» guruhlari) va shu singari guruhlar mamlakatdan chetda faoliyat yuritadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyotida kichik biznes alohida rol o‘ynaydi. Bugungi kunda mamlakatda 35 mingdan ziyod kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritadi, ularda 2 mln. aholi band. Mamlakat eksport salohiyatida bu qatlam 23 foizni tashkil etadi. Kichik va o‘rta biznes sub’ektlari mamlakatda asosan mavjud monopoliyaning asosiy kuchi va ta’lim sohasini yangi texnologiyalar bilan ta’minlovchi dastak sifatida xizmat qiladi


1980 yilda banklarga pul mablag‘larini qo‘ygan omonatchilarni turli moliyaviy xavf-xatarlardan qo‘riqlash hamda mamlakatda faoliyat yuritayotgan banklar bir-birini qo‘llab-quvvatlash uchun Fransuz banklari assotsiatsiyaga (AG‘V) a’zo fransuz banklari hech qanday to‘lovi yo‘q va ular kafolatli jamg‘armalar tuzmagan. Faqatgina inqirozga yuz tutgan yoki omonatchilar pullarini qaytarmaslik darajaga tushgan bankka assotsiatsiya taqsimotiga ko‘ra har bir bank o‘z moliyaviy ulushini qo‘shadi. Hamjihatlik nuqtai nazaridan olib qaralganda bu mexanizm AG‘Vga a’zo banklarning istiqbolli faoliyat yuritishi va omonatlarni sug‘urtalanishida o‘ziga xos kafolat rolini o‘ynayd.
Fransiya hukumati mavjud moliyaviy resurslarni mamlakat ichki iqtisodiy aloqlariga jalb etishning yangicha yo‘lini faollik bilan amalda qo‘llay boshladi. Bu ish asosan 1990 yil davlat tasarrufidagi mulk va ob’ektlarni sotishdan boshlanadi. Mazkur jarayonda ko‘plab yirik rentabellik kompaniyalar, milliy iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan kosmik va aviasozlik texnikalari, telekommunikatsiya va transport vositalari xususiylashtirildi. Dunyo bozorida o‘z mahsulotlari bilan muhim o‘rnashib olishda xususiylashtirishning ahamiyati salmoqli ekani vaqt o‘tishi bilan o‘z isbotini topa boshladi. Shuning barobarida katta kompaniyalarning sotilishidan va davlat kapitalidan yig‘ilgan mablag‘ mamlakat ichkarisida faoliyat yuritayotgan ayrim istiqbolli, ammo moliyaviy ko‘makka muhtoj korxonalarni G‘arbiy Yevropada faoliyat yuritayotgan firmalar bilan hamkorlikda ishlashi uchun sarf etildi. Natijada tez orada har qanday davlatning sifatli mahsulotlari bilan raqobatlasha oladigan ishlab chiqarish korxonalari kashf etila boshlandi. Shulardan biri –«Frans telikom» bo‘lsa, yana biri – «Aerospasyal» aerokosmik konsernidir. Davlatning dastlabki tashkil etgan hamkorlikdagi korxonasi «Aerospasyal» - «Matra» hozirda aeronavtika va aerosozlik sanoatida mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinni egallaydi. Shuningdek, neft mahsulotlarini qayta ishlash bilan mashg‘ul bo‘lgan «Total» - «Petrofina» va ta’lim sohasida yuqori natijalarga ega bo‘layotgan «Reno» hamda Yaponiyaning «Nissan» kompaniyalari erishayotgan muvaffaqiyatlar bugun nafaqat Yevropada, balki dunyo bo‘yicha e’tirof etilayotir. Nufuzli xorij kompaniyalari bilan bu kabi hamkorlikdagi korxonalar faqat Fransiya uchun emas, balki Yevropa iqtisodiyoti uchun yutuq bo‘lmoqda.


Download 32,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish