O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI QARSHI FILIALI
“TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TA’LIM FAKULTЕTI
4 - bosqich TT-12-18 guruh talabasi
Bobonazarov Shovkat ning
“ Optik aloqa tizimlari“ fanidan
1-Mustaqil ishi
Bajardi : Bobonazarov Sh.
Qabul qildi: Rustamova M.
Mavzu1:Optik aloqa tizimlariga oid asosiy tushunchalar. Optik aloqa tizimlarining rivojlanishi, telekommunikatsiya tarmoqlaridagi o’rni va afzalliklari.
Reja:
1.1Optik aloqa tizimlariga oid asosiy tushunchalar.
1.2 Optik aloqa tizimlarining rivojlanishi.
1.3 Optik aloqaning afzalliklari.
1.1. Optik aloqa tizimlariga oid asosiy tushunchalar. Optik aloqaning bir qator xususiyatlari uning telefon tarmoqlari, kabel televideniyesi, kosmik apparatlar, samolyot, suv usti va suv osti kemalarining bort aloqasi, elektron hisoblash mashinalar orasidagi ichki va tashqi aloqani tashkil etish, shuningdek, texnologik jarayonlarni boshqarish maqsadlarida keng qo‘llanish topishiga olib keldi va u raqobatbardosh aloqa turlaridan biriga aylandi. Har qanday aloqa tizimi axborotni bir manzildan boshqa manzilga uzatish uchun xizmat qiladi. Aloqa tizimlarining barcha turlari ikki muhim omili axborot eltuvchi va axborot uzatuvchi muhitning mavjudligini nazarda tutadi.
An’anaviy elektr aloqa tizimlarida axborot eltuvchi vazifasini elektromagnit to‘lqinlar axborotni uzatuvchi muhit xizmatini esa elektr o‘tkazgich simlar o‘taydi. Bu hol ushbu turdagi aloqa tizimining halaqitlar (tashqi elektr va magnit maydonlarining ta’siri)ga bardoshliligini ta’minlash choralarini ko‘rishni talab etadi va natijada aloqa liniyalarining o‘lchamlari va vaznining ortishiga olib keladi.
Radioaloqa tizimlarida axborot eltuvchi o'rnida radiodiapazon (104—108 Hz) va o‘ta yuksak chastota diapazonlarida (109—1012 Hz)gi elektromagnit to'lqinlar, axborotni uzatuvchi muhit sifatida yer atmosferasi yoki kosmik muhitdan foydalaniladi. Optik aloqa tizimlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda axborot eltuvchisi vazifasini yorug'lik diapazonidagi (1014—1015 Hz) elektromagnit to'lqinlar — elektr jihatdan neytral foton zarrachalari, axborotni uzatuvchi muhit xizmatini esa yer atmosferasi yoki tashqi elektr va magnit maydonlari ta’siriga berilmaydigan dielektrik to'lqin uzatkich — optik tola o'taydi. Yorug'lik zarrachalari — fotonlar va dielektrik to‘lqin uzatkichlaming yuqorida qayd etilgan fundamental xossalari optik aloqa tizimlari (ayniqsa, tolali optik aloqa tizimlari)ning bir qator afzalliklari - o‘tkazish oralig‘i (polosasi) ning kengligi, axborotlami uzatish tezligining kattaligi, halaqitlarga yuqori darajada bardoshliligi, o‘lchamlari va vaznining kichikligi, iqtisodiy jihatdan samaradorligi va h.k.larda namoyon bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |