3.2. Ikki tomonlama tolali optik aloqa tizimini tashkil etish usullari.
Ikki tomonlama tolali optik aloqa tizimini tashkil etishning quyidagi usullari mavjud:
— ikki tolali, bir polosali, bir kabelli (to'rt o'tkazgichli, bir polosali, bir kabelli);
— bir tolali, bir polosali, bir kabelli (ikki o‘tkazgichli, bir polosali, bir kabelli);
— bir tolali ko‘p polosali bir kabelli yoki to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tizimlar.TOAT ning tuzilish sxemasida faqat uzatishning bir yo‘nalishi ko'rsatilgan. Bunday tuzilishda optik signallarni uzatish va qabul qilish ikki tola bo‘ylab (2-rasm), bitta to‘lqin uzunligida amalga oshiriladi. Har bir optik tola ikki simli fizik zanjirga o‘xshaydi, chunki kabelning optik tolalari orasida o‘zaro o‘tishlar bo‘lmaydi. Shuning uchun, TOAT ning uzatish va qabul qilish traktlari bir kabelning ikki tolasi bo'ylab tashkil etiladi, ya’ni TOAT bir kabelli hisoblanadi.
2-rasm. Ikki tolali bir polosali bir kabelli TOAT sxemasi.
Shu tarzda, keltirilgan tolali optik aloqa tizimini tashkil etish sxemasi ikki tolali, bir polosali, bir kabelli hisoblanadi. Ushbu aloqani tashkil etish sxemasining afzalligi — bu oxirgi va oraliq stansiyalarning uzatish va qabul qilish qurilmalarining bir turdaligidir.
Kamchiligi esa optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish koeffitsiyenti juda kichik. Kabel qurilmalariga ketadigan xarajatlar optik aloqa tizimlari narxining katta qismini tashkil etishini, optik kabel narxi yetarli darajada qimmatliligini hisobga olsak, optik toladan bir vaqtda katta hajmdagi inform atsiyalarni uzatish hisobiga uning o'tkazish qobiliyatidan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi yuzaga keladi. Bunga masalan, bitta optik tola bo'ylab qarama-qarshi yo‘nalishdagi signallarni uzatish hisobiga erishish mumkin.2-rasmda bir tolali, bir polosali, bir kabelli tolali optik aloqa tizimining tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan. OT ni bir to ‘lqin uzunligida ikkala yo‘nalish signallari uchun qoMlanilishi, bu sxemaning xususiyati hisoblanadi.
OAQ - optik ajratuvchi qurilma, yorug'lik toMqinlarining qutblanishini yoki optik nurlanishning yo'naltirilgan toMqinlari turini ajratishni amalga oshiradi. Qarama-qarshi ikki tomonlama signallarni uzatganda oqimlar orasida o'zaro o‘tish shovqinlari hosil bo’ladi.
O‘tish shovqinlari OT va tarmoqlagichlardagi teskari sochilish, yorugMikni ulangan joylar va liniya oxiridagi ajraladigan ulagichlardan qaytishi natijasida vujudga keladi. Shovqin sathi va uning spektr tarkibi uzatilayotgan signalning uzatish tezligi, impuls formasi va liniya trakti parametrlari (optik tolaning so'nishi, toMqin uzunligi, sonli apertura, sindirish ko‘rsatkichlari)ga bog’liq.
3-rasm. Bir tolali, bir polosali, bir kabelli TOAT sxemasi.
To'lqin uzunligi 1,55 mkm va uzatish tezligi 35 Mbit/s dan yuqori bo‘lsa, bir OTdan qarama-qarshi yo£nalishli signallarni uzatuvchi TOATda o ‘tish shovqinlari kam bo‘lib, optimal ish rejimiga ega bo‘ladi.
To'lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan (bir tolali, ko‘p polasali, bir kabelli) TOATda bir optik tola bo‘ylab bir vaqtda to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan bir necha optik tashuvchilar uzatiladi. Bunday tizimlarni tuzish, qo‘llaniladigan spektr oralig‘ida optik kabelning so‘nish koeffitsiyentini optik tashuvchi chastotasi (yoki to ‘lqin uzunligi)ga nisbatan kam bogiiqligiga asoslanadi. Shuning uchun bir optik tola bo‘ylab, axborotlarni uzatishning natijaviy tezligini oshirib, bir necha keng oraliqli optik kanallarni tashkil etish mumkin.
Xulosa:Men bu mavzuda Optik aloqa tasnifi,Optik aloqa tarmoqlarining turlari haqida malumotga ega bo’ldim.Optik aloqa ulanish usullari 3 turga bo’lini ularning bir biridan farqi afzalliklari,ulanish usullanini kamchiligi va foydali tomonlari haqida malumotga ega bo’ldim.
Mavzu4:Optik aloqa liniyalarini zichlashtirish usullari. To’lqin uzunligi bo’yicha zichlashtirish WDM texnologiyasi -optik tolaning o’tkazish qobiliyatini oshirishning samarali usuli.
Reja
4.1 TOAT liniyalarining zichlashtirish usullari.
4.2 Optik to'lqin uzunligi bo'linish multipleksatsiyasi (WDM) texnologiyasi.
4.3 WDM texnologiyasining asosiy xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |