1-jadval
Biznesrejaningasosiyqismlari
Umumiy
qism
|
Marketing
rejasi
|
Ishlab chiqarish
rejasi
|
Moliya
rejasi
|
Tashkiliy
reja
|
1.Titul varag‘i
|
1.Ichki omillar
|
1.Korxonada
bajariladigan
ishlar
|
1.Daromad va xarajat haqidagi ma’lumot
|
1.Mulk shakli va korxona turi
|
2.Kirish qismi
|
2.Tashqi
omillar
|
2.Subpodryadchiklar
|
2.Naqd pul
prognozi
|
2.Rahbariyat va tashkiliy tuzilma
|
3.Tarmoq
tahlili
|
3.Yangi tovar xizmat xususiyatlari
|
3.Ishlab chiqarish jihozlari
|
3.Balans
rejasi
|
3.Korxona joylashuvi
|
4.Loyiha
mohiyati
|
4. Baho
tanlash
|
4.Xom ashyo va
materiallar
|
-
|
4.Soliq qonunlari ko‘llanishi
|
5.Xatarlilik bahosi
|
5.Sotish
tizimi
|
5.Ish kuchi
|
-
|
-
|
6.Qo‘shimchalar
|
6.Bozor segmentatsiyasi
|
-
|
-
|
-
|
Biznesrejaniishlabchiqishsxemasi.Agaro‘zarobog‘lanishlar, ishlabchiqishtartibivaqarorqabulqilinishiquyidagisxemabo‘yichayuritilsa, biznesrejaningtadbirkorliktavakkalchiliginipasayishigata’sirinihoyatdakuchayadi.
1-chizma. Biznes rejani ishlab chiqish sxemasi.
1-xususiy ishni tashkil etish haqida qaror qabul qilish;
2-shaxsiyimkoniyatlarinio‘ylanganishniamalgaoshiraolishqobiliyatinitahlilqilish;
3-buyum yoki xizmat turini tanlash;
4-tovar bozorini o‘rganish;
5.-tovarsotishhajminivaistiqbolinibelgilash (birinchiyiloyma-oy, ikkinchiyilichoraklarbo‘yicha);
6-ishlabchiqarishfaoliyatiniyuritishuchunjoytanlash;
7-ishlab chiqarish rejasini tuzish;
8-marketing rejasini tuzish;
9-tashkiliy rejani tuzish;
10-tijorat faoliyatining huquqiy sxemasini ishlab chiqish;
11-buxgalteriya hisobini tashkil etish masalalarini hal etish;
12-sug‘urta masalasini hal etish;
13-moliyaviy rejani tuzish;
14-biznes rejaga xulosa berish.
2-chizma. Biznes reja tuzish texnologiyasi
3.Biznes rejani ishlab chiqish, uning tarkibiy qismlari va ularning mazmuni
Biznes rejani tarkibiy qismlari biznesning sohasi, rejaning maqsadlari, investor talablari va boshqa omillarga bog‘liq. Banklar, ayrim halqaro tashkilotlar, jumladan, Birlashgan millatlar tashkiloti Sanoatni rivojlantirish dasturi (UNID), Evropa taraqqiyot va tiklanish banki (EBRD) biznes rejani tarkibiy qismlari bo‘yicha o‘zlarini tavsiyalarini ishlab chiqqan1. Biznes rejaning tarkibiy qismlar quyidagilardan iborat:
-titul varag‘i;
-mahfiyligini ta’minlash memorandumi;
-mundarija;
-biznes tavsifi (Rezyume);
-tashkilot maqsadi (Missiya);
-maxsulot va xizmat ta’rifi;
-ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish doirasining tavsifi;
-marketing rejasi;
-moliya rejasi;
-menejment (xodimlar bilan ishlash rejasi va ish jadvali);
-yakuniy xulosa.
Biznes rejaning titul varag‘ida quyidagilar o‘z ifodasini topishi lozim: reja sarlavhasi; tayyorlash muddati; kim tomonidan tayyorlangan, firmaning to‘liq nomi va manzili, tadbirkorning familiyasi, ismi, sharifi uning manzili, telefon raqami; reja kim uchun tayyorlanganligi. Titul varag‘i biznes reja to‘g‘risida to‘liq va aniq ma’lumotni berishi kerak. U rezyumedan keyin asosiy o‘qiladigan qism hisoblanadi.
Mahfiylikni ta’minlash memorandumida maxfiylikni ta’minlash bo‘yicha ma’lumot kiritiladi. Mundarija qismida biznes rejaning bo‘limlari raqamlari bilan ajratilib ko‘rsatiladi. Rezyume biznes rejada hujjatning bosh qismida keltiriladi. Lekin tayyorlash jarayonida u oxirida yoziladi. Unda tadbirkor o‘ylagan asosiy holat, biznes g‘oyasi, xulosalar qisqa keltiriladi. Rezyumening tarkibi 3 qismdan iborat.
Birinchisi, kirish unda loyihaning mazmuni qisqacha aks ettiruvchi reja maqsadlarini o‘z ichiga oladi;
Ikkinchisi, asosiy mazmuni unda biznes rejaning muhim elementlari va uning asosiy qismlari, faoliyat turi, moliyalashtirish manbalari va jamlanmasi;
Uchinchisi, xulosa qismi tadbirkorning kelajakdagi yutuqlarini ko‘rsatib beradi.
Mutaxassislar rezyumeni qisqa bo‘lishini va bir betni qamrab olishi lozimligini ta’kidlashadi. Shuningdek, u shunday tuzilishi va yozilishi kerak-ki, u investor hamda bankirlarni o‘qish istagini hosil qilishi kerak. Ya’ni rezyume investor talabi va ularning faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, soni bilan emas, sifati bilan o‘ziga jalb etishi kerak.
Biznes rejada firma maqsadini aniqlash va uni bayon qilish ham muhim ahamiyatga ega. U tadbirkordan kuchli mahoratni talab qiladi. Tashkilot maqsadida asosan quyidagilar o‘rin olishi va u aniq raqamlar bilan ko‘rsatilishi lozim:
-savdoning umumiy hajmini ko‘paytirish (%);
-firma ulushini mavjud bozorlarda muntazam ravishda oshirish (%);
-sof daromadning o‘sishini belgilash (%);
-yordamchi va servis xizmatlar ulushining o‘sishini ko‘rsatish (%);
-maxsulot yoki xizmatlar sifatani oshirilishi ta’minlash (%).
Biznes rejada ishlab chiqarilgan maxsulot yoki xizmatlarning ta’rifi aniq keltirilishi muhimdir. Investorlar bozorga qanday maxsulotlar va xizmatlar bilan kirib borishini bilishlari lozim. Ishlab chiqarilgan maxsulotlarga (tovarlarga) ta’rif berishda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir:
-maxsulotning aniq ta’rifi va uni qo‘llash usullari. Bunda tovar xususiyatlari potensial xaridorlar talablari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak;
-tanlangantovarlarniqo‘llashtendensiyasi ( vaqto‘tishibilanuningiste’molioshibboradimiyokikamayadimi, uniqo‘llashniyangiimkoniyatlarimavjudmi?) O‘z maxsulotining hayotiy siklini firma qanday ko‘rinishda ko‘radi?
-raqobatchilar tomonidan taklif etilayotgan shunday maxsulotlar yoki xizmatlar diapozoni qanday? Tovar raqobatchilar modeli bilan qiyoslaganda noyoblikka egami, bozor noyoblik ustuvorligini talab etadimi?
-tadbirkor patentga, mualliflik huquqiga egami?
Biznes rajani tuzishda ishlab chiqarish jarayonining ta’rifi ham muhim ahamiyatga ega. Garchand, biznes rejaning ushbu qismi investorlar yoki bankirlar tomonidan uncha e’tibor bermasa-da, uni mukammalroq qilib tuzish foydadan holi bo‘lmaydi. Ushbu qism firmaning ishlab chiqarish xarajatlarini hisobini yuritishda foydalaniladi. Mutaxassislar ishlab chiqarish jarayonini ta’rif berishda asosan quyidagi savollardan foydalanishni tavsiya etishadi:
-Qanday usullardan ishlab chiqarish texnologiyasi foydalanilayapti?
-Qanday ishlab chiqarish jarayonining umumiy tarkibi bor?
-Ishlab chiqarish jarayoni sxemalar yordamida ko‘rsatilganmi?
-Qanday xomashyo va materiallar zarur?
-Firmaning asosiy ta’minotchilari kimlar?
-Ishlab chiqarish jarayonida ta’sir etuvchi omillar aniqlanganmi?
-Ishlabchiqarishnitashkiletishuchunqandaykuchlarzarur? Korxonada ushbu kuchlar bormi?
-Xodimlarni malakasini oshirish rejasi bormi va u biznes reja bosqichlari ilan bog‘liqmi?
-Korxona ishlab chiqarish ko‘lami samarasiga umid bog‘lash mumkinmi?
-Ko‘zda tutiladigan xarajatlar qancha?
-Sifat nazorati qanday amalga oshiriladi?
Biznesda muvaffaqiyat qozonish uchun marketing muhim rol o‘ynaydi. U asosan bozorga qanday kirib borish va uni qanday egallash yo‘llarni ko‘rsatib beradi. Biznesda shunchaki yaxshi maxsulot yaratish, innovatsiyani taklif etish kamlik qiladi. O‘z maxsulotiga iste’molchilarni jalb etish, talabni shakllantirish uni sotish yo‘llarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Biznesda ushbu vazifani marketing rejasi bajaradi. Biznes rejada marketing bo‘limi asosan investorlarni ishlab chiqarilgan tovarlar bozorlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga ishonch hosil qilishi uchun kerak. Biznes rejada marketing rejasini ishlab chiqish uchun quyidagilarga e’tibor berishi lozim:
-Korxona mo‘ljallangan bozorda xaridorlarning asosiy talablari qanday? (bunda bozorning asosiy segmentlari, daromad darajasi, demografik belgilari, xaridorlar guruhi e’tiborga olinadi).
-Korxona mavjud bozorning segmentida qanday o‘ringa da’vogar bo‘lishi mumkin? Firma o‘z raqiblarini bozordan siqib chiqarishga kuchi etadimi? O‘xshash tovarlar ishlab chiqishda imkoniyatga egami?
-Firma maxsulot tarqatishning qanday kanallarini qo‘llaydi?
-Firma sotishni rag‘batlantirishi uchun qanday choralarni qo‘llay oladi?
-Savdodan keyingi servisni tashkil etishni qanday rejalashtiradi?
Biznes rejada firma faoliyatining moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi muhim qismi ham mavjud. Uni odatda biznesda «moliyaviy reja» deb nomlanadi. Moliyaviy reja firmaning moliyaviy ma’lumotlarini ko‘rsatib beradi. Biznes rejaning «moliyaviy reja» qismida ishni bajarish uchun talab qilinadigan moliyaviy resurslar ko‘rsatiladi. Shuningdek, moliyaviy rejada pul manbalarining harakati haqidagi ma’lumot, foyda va kamomad to‘g‘risida hisobot, loyihaning samaradorligi ko‘rsatkichi kiritiladi. Moliyaviy reja qismining tuzilishida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
-Kirimlar hisobi;
-Kredit bilan bog‘liq xizmatlar;
-Soliq to‘lovlari;
-Boshqa kirimlar va to‘lovlar;
-Realizatsiya hajmlarining prognozi;
-Daromadlar va harajatlar haqidagi hisobot;
-Pul mablag‘lari harakatining rejasi;
-Taxmin qilinayotgan balans.
Biznesda muvaffaqiyat boshqaruv jarayoniga ham bog‘liq. Biznes rejaning boshqaruv bo‘limida asosiy mutaxassislar tarkibi, firmaning tashkiliy tuzilishi va loyihani amalga oshirish muddati, rahbariyat tarkibini asoslash usullari yoritiladi. Ushbu bo‘lim firmaning asosiy qatnashchilarini investorlarga qisqacha tanishtirish uchun hamda firma doirasida javobgarlik va mas’uliyatlarni ko‘rsatish uchun zarur.
Biznes rejaning yutug‘i mazmunigigani emas, balki uning bezagi adabiy uslubiga ham bog‘liq. Juda maqtab yuborilgan biznes reja ham kutilgan natijani bermasligi mumkin. U aniq tushunarli va ravon tilda adabiy uslubda grammatik va orfografik xatosiz yozilishi kerak. Mutaxassislar biznes rejani tuzishda quyidagi qoidalarga rioya qilishni maslahat beradilar:
-Takliflar qisqa, lo‘nda va ravon bo‘lishini;
-Biznes rejani yozishda chiroyli iboralardan foydalanishni;
-Biznesrejafaqatishgataaalluqima’lumotlarnio‘zichigaolishini;
-Reja holatini aniqlashda fotosuratlar, diagrammalar, jadvallardan foydalanishni;
-Biznes rejada bo‘limlar paragraflar bilan ajratilishni qoidalar alohida shrift bilan yozilishini;
-Biznes rejadagi muhim fikrlar va asosiy xulosalarni alohida ajratishni va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |