Sport o‘yinlari o‘tkaziladigan joylarga gigiyenik talablar.
Sport o‘yinlari mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan zalda tabiiy yorug‘lik talab darajasida bo‘lishi uchun derazalar Shimoly-Sharq yoki Shimol tomonga qaragan bo‘lishi kerak.
Agar zal derazalari Janub-G‘arb yoki G‘arb tomonga qaragan bo‘lsa, derazaning tashqi tomonida quyosh nuridan himoyalovchi moslamalar (ayvoncha, kutarib-tushiriluvchi parda, shuningdek baland o‘suvchi daraxtlar) bo‘lishi kerak.
Sun’iy yorituvchi manba’lar zalning yuqori-yon tomoniga o‘rnatiladi. Ularni to‘p tegib, sinishidan himoyalovchi moslamalar o‘rnatiladi.
Har qaysi sport o‘yinlari o‘tkaziladigan joylarga o‘ziga xos maxsus gigiyenik talablar futbol, basketbol, voleybol gigiyenasi mavzularida alohida yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |