LABORATORIYA ISHI № 6. Sana:_____________ Mavzu: Tuzlarning gidrolizi va eritmaning muhiti Ishning maqsadi: O’tilgan mavzularni talabalar bilan birgalikda tajribalarda mustaxkamlash
Nazariy qism. Tuzlarning gidrolizi deb, moddalarning suv bilan xar kanday o'zaro ta'siriga aytiladi. Amalda kupincha tuzlarning gidrolizi bilan ish tutishga tugri keladi. Agar kislotadagi vodorod metallga to'lik almashsa, muxit neytral bo'lishi kerak. Lekin kuchli asos va kuchli kislotadan xosil bo'lgan tuzlargina neytral muxitga ega bo'ladi. Boshka tuzlar gidrolizga uchrashi natijasida neytral muxit xosil kilmaydi. Gidroliz natijasida eritmada vodorod va gidroksil ionlar konsentrasiyasi uzgaradi. Shuning uchun xam kup tuzlarning eritmalari kislotali yoki ishkoriy muxitga ega bo'ladi. Bu xodisani erigan tuz ionlarining suv ionlari bilan biriktirish natijasida eritmada H+ va OH- ortib kolishi bilan tushuntirish mumkin. Lekin suvda H+ va OH- konsentrasiyasi juda oz bulsa xam, bu ionlar dissosilanmagan suv molekulalari bilan muvozanatda bo'ladi. Chunki, uzgarmas temperaturada suvning ion ko'paytmasi uzgarmasdir. Agar suv ionlaridan biri tuz ionlari bilan bog'lanib, muvozanat buzilsa, bu boshqa suv molekulasini dissosilanishga olib keladi, eritmada boshqa ionning konsentrasiyasi ortadi va natijada eritma kislotali yoki ishkorish muxitga ega bo'ladi. Tuzlar gidrolizlanishining sababi shundaki, tuzning kation va anionlari suvdagi H+ va OH- ionlarini bog'lab kam dissosilanadigan moddalar xosil qilishi tufayli H2O H+ + OH- muvozanati ung tomonga siljiydi. Gidroliz reaksiyasini yozishda xamma vaqt kuchsiz elektrolit koldigi gidrolizga uchrashini unutmaslik kerak. Chunki, deyarli xamma tuzlar kuchli elektrolitlardir. Ion tenglamada kam dissosilanuvchi, gazsimon va chukmaga tushadigan moddalar molekula kurinishda yoziladi. Reaksiyaning molekulyar va ion tenglamasini yozish gidroliz prosessini to'lik kursatadi. Kuyidagi asos va kislotalardan xosil bo'lgan tuzlar gidrolizga uchraydi.
1.Kuchli asos va kuchsiz kislotadan xosil bo'lgan tuzlar.
2. Kuchsiz asos va kuchli kislotadan xosil bo'lgan tuzlar
3. Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan xosil bo'lgan tuzlar.