O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Matematika-informatika fakulteti
Amaliy matematika yo`nalishi
20.08-guruh talabasi
Nasriddinov Xorunboyning
Diferensial tenglamalar fanidan
“Yuqori tartibli chiziqli bir jinsli o’zgarmas koeffitsientli differensial tenglamalar” mavzusida
KURS ISHI
Kurs ishi raxbari: D.Oripov.
FARG’ONA – 2021
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………..
I BOB. Differensial tenglamalar haqida tushuncha………………………….
1.1-§. Differsial tenglamalar haqida tushuncha, ta’rifi………………………….
1.2-§. n-tartibli bir jinsli chiziqli differensial tenglamalar………………………
II BOB. Eyler-Bernulli, Langranj, Darbu usullari …………………………………………….
2.1-§. Eyler-Bernulli Langranj …………………………………………………………………………
2.2-§. Bernulli differensial tenglamasi va uning tadbiqlari ……………………………….
Xulosa………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………...
KIRISH
Fizikaning turli bo’limlarida, iqtisodiyot, biologiya, kimyo, tibbiyot va boshqa fanlarda uchraydigan ko’plab jarayonlar, hayotiy, amaliy masalalar turli differensial tenglamalar yordamida tavsiflanadi. Ana shu sababdan ham differensial tenglamalarning umumiy nazariyasi va amaliy masalalarni yechishdagi tadbiqini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Differensial tenglamalarning nazariy va amaliy masalalarni yechishdagi tadbiqlari haqida matematik olimlar tomonidan ko’plab darsliklar, monografiyalar, ilmiy maqolalar chop etilgandir. Ular ichida matematik olimlar L.S.Pontryagin, V.V Stepanov, I G.Petrovskiylar tomonidan yaratilgan darsliklarni alohida qayd etish lozim. O’zbek tilida differensial tenglamalar fanidan ilk darslik akademik T .N. Qori-Niyoziy tomonidan o’tgan asrning 40-yillarida yozilgan edi. O’zbek tilida hozirgi zamon talablariga javob beradigan, amaldagi dasturlarga mos keladigan darslik akademik M.Salohiddinov va professor G’.Nasriddinovlar tomonidan chop etilgan.
Chiziqli tenglamaga keltirib yechiladigan Bernulli differensial tenglamasini, unga keltiriladigan tenglamalarni va bu tenglamalar bilan bog’liq bo’lgan masalalarni yechish muhim ahamiyatga egadir. Bernulli differensial tenglamasi bilan bog’liq tushunchalar, misol va masalalarni o’rganish dolzarbdir.
Birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar nazariyasida muhim rol o’ynaydigan Bernulli differensial tenglamasi va uning turli tadbiqlari bilan bog’liq bo’lgan ilmiy va amaliy matematik tushunchalarni o’rganish hamda ularni turli amaliy masalalarni qo’llay olishni o’rganishdan iborat.
Respublikamiz birinchi prezidenti I.A.Karimovning 2001-yil Oliy Majlisning 5-sessiyasida so‘zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, maktab va OTMlariga jadallik bilan olib kirish g‘oyasi ilgari surilgan edi. Birinchi prezidentimiz I.Karimov tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23-maydadagi 230-sonli «2001-2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish», shuningdek, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari qabul qilindi. 2002-yil 30-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni va uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi «2002-2010-yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi Qarori e’lon qilindi. Bulardan ko‘rinadiki, hozirgi paytda ta’limga axborot texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish asosiy masalaga aylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |