3. Oqimli simmetrik shifrlash algoritmlari
Oqimli simmetrik shifrlash algoritmi bir martali bloknotga asoslangan bo’lib,
undan farqli jihati – bardoshligi yetarlicha past va boshqariladigan kalitga asoslanishi.
Ya’ni, kichik uzunlikdagi kalitdan ochiq matn uzunligiga teng bo’lgan ketma-ketlik
hosil qilinadi va bir martali bloknot sifatida foydalaniladi.
Oqimli
shifr
𝑛
bitli kalit
𝐾
ni qabul qiladi va ochiq
matnni uzunligiga teng
bo’lgan
ketma-ketlik
𝑆
ga uzaytiradi. Ketma – ketlik
𝑆
esa ochiq matn
𝑃
bilan X
OR
amalida bajariladi va shifrmatn
𝐶
hosil qilinadi. Bu o’rinda ketma-ketlikni qo’shish bir
martali bloknotni qo’shish kabi bir xil bo’ladi.
Oqimli shifrni quyidagicha sodda ko’rinishda yozish mumkin:
StreamCipher (K) = S
Bu yerda K kalit, S esa natijaviy ketma-ketlik. Shuni esda saqlash zarurki, bu
yerda ketma-ketlik shifrmatn emas, balki, bir martalik bloknotga o’xshash oddiy qator.
Agar berilgan ketm-ketlik S = s
0
, s1, s
2
, … , va ochiq matn C = c
0
, c
1
, c
2
, … , ni
quyidagicha hosil qilish mumkin:
c
0=
p
0
⨁
s
0,
c
1=
p
1
⨁
s
1,
c
2=
p
2
⨁
s
2,…
Shifrmatn
𝐶
ni deshifrlash uchun,
yana ketma-ketlik
𝑆
dan foydalaniladi:
p
0=
c
0
⨁
s
0,
p
1=
c
1
⨁
s
1,
p
2=
c
2
⨁
s
2, …
Yuboruvchi va qabul qiluvchini bir xil oqimli shifrlash algoritmi va kalit
𝐾
bilan ta’minlash orqali, ikkala tomonda bir xil ketma-ketliklarni hosil qilish mumkin.
Biroq, natijaviy shifr kafolatli xavfsizlikka ega bo’lmaydi va bunda asosiy e’tibor
amaliy tomondan qo’llashga qaratiladi.
A5/1 oqimli shifrlash algoritmi:
Ushbu oqimli shifrlash algoritmi GSM mobil aloqa tizimlarida ma’lumotni
konfidensialligini ta’minlash uchun foydalaniladi.
Mazkur algoritm algebraik
tuzilishga ega bo’lsada, uni sodda diagramma bilan ham tasvirlash imkoniyati mavjud.
A5/1 shifrlash algoritmi uchta
chiziqli siljitish registr
laridan iborat bo’lib, ular mos
holda
𝑋
,
𝑌
va
𝑍
kabi belgilanadi.
𝑋
registr o’zida 19 bit (
𝑥
0
,
𝑥
1
,...,
𝑥
18
),
𝑌
registr esa
22 bit (
𝑦
0
,
𝑦
1
, ... , y
21
) va
𝑍
registr esa 23 bit (
𝑧
0
,
𝑧
1
, ... ,
𝑧
22
)
ma’lumotni
saqlaydi. Uchta registrlarning mazkur o’lchamdagi bitlarni saqlashi bejiz emas.
Sababi, chiziqli siljitish registrlari o’zida jami bo’lib 64 bitni saqlaydi.
Shu sababli,
A5/1 shifrlash algoritmida foydalaniluvchi kalit
𝐾
ning uzunligi 64 bitga teng bo’ladi
va ushbu kalit uchta registrni dastlabki to’ldirish uchun foydalaniladi. Shundan so’ng,
oqimli shifrlash algoritmi talab etilgan uzunlikdagi (ochiq matn uzunligiga teng
bo’lgan) ketma-ketliklarni generasiyalaydi. Ketma-ketliklarni
generasiyalash tartibini
o’rganishdan oldin, uchta registrlar haqida ba’zi ma’lumotlarni bilish talab etiladi.
𝑋
registr siljigan vaqtida, quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi:
Do'stlaringiz bilan baham: