Guruh talabasi abdunazarova gullola anvar qizining


Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini



Download 25,28 Kb.
bet2/4
Sana18.07.2021
Hajmi25,28 Kb.
#122764
1   2   3   4
Bog'liq
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI (1)

Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini


ko’rsatadi.Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo’l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sir kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o'rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz, - dedi prezidentimiz.

Adabiyot bu bizning ertangi va bugungi kunimizdir.



I bob. “Zarbulmasal” dagi maqollar va obrazlar.


Gulxaniyning mashhur va ajoyib asari “Zarbulmasal” xalq maqollari(Gulxaniyning aytishicha, 400ta ommaviy maqol), qisman Gulxaniyning o'zi yaratgan maqolsimon hikmatli so'zlar, qisman sajlar (qofiyali nasr), qisman matal va rivoyatlar to’plangan.Bular tematik va epik jihatdan bir-biriga bog’lanib, yaxlit sujetni tashkil qiladi. Asarning qahramonlari asosan qushlardir. Asardagi sujet chizig'i va g’oyaviy maqsadini rivojlantirish-da muallif undagi obrazlarning o’zaro munosabatini suhbat va munozaralardan foydalangan. “Zarbulmasal” dagi badiiy obrazlarni ularning turi va tabiatiga ko’ra:


  1. qushlar obrazlari;




  1. hayvon-hashoratlar obrazlari;

d) kishi obrazlari kabi 3 guruhga bo’ladi. Qushlar obrazlari asarda ta’minlovchi,adib ko’zda tutgan bosh g’oyani ochuvchi obrazlardir.Adib o’sha davrdagi quda-andachilik munosabatlari, rasm-rusumlarini chizib berish uchun Boyo’g’li va Yapaloqqushni qalamga oladi.

Ko’rqush sovchi, Kordon xazinachi, Kuykanak xizmatchi, Turumtoy miroxo’r, Sho’ronul chopar, Malikshaboh xiyla odil, o’z yaqinlariga homiylik qiluvchi shoh(Umarxon nazarda tutilgan bo’lishi mumkin). Kulangir Sulton(Malikshabohning polvoni) kuyov, kellin Gunashbonu oyim timsollari orqali ifodalangan. “Zarbulmasal” da majoziy obrazlardan tashqari adibga tanish o’zlarining yaramas

ishlari bilan ko’zga tashlanuvchi shaxslar obrazlari bor. Ular epizodik obrazlar bo’lsa-da, asarning zamonaviyligini, davr mahsuli ekanligini ko’rsatuvchi obrazlardir.


Asaridagi bosh qoliplovchi hikoya - “Boyo’g’li va Yapaloqqush” hikoyasi tarkibida 200dan ortiq timsollardan tashqari Yodgor po’stindo’z,Muhammad Amin mufti, Otaboy amin, eshon kalla va shu kabi hajviy epizodlar keltirilgan.
Yapaloqqush o’zaro to’qnashuvlarda boyligi qo’ldan ketgan, qo’rg’oni buzilgan, Gulxaniy aytganidek, “oti ulug’, suprasi quruq” boylarning kinoyaviy obrazlardir. Buni biz dastlab uning

xatti-harakatlarida va atrofdagilar bilan munosabatida kuzatish mumkin, chunonchi, u o’g’liga Kulonkir sulton deb balandparvoz nom qo’yadi. Yoki Boyo’g’liga quda bo’lmoqchi bo’ladi, o’zini katta tutib"Har qanchalik qalin bo’lsa topilur”,deb maqtanadi.

Yapaloqqushning tushkunlikka uchragan “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” boylarning kinoyaviy obrazi ekanligi, atrofdagilar, jumladan, unga qarshi qo’yilgan Ko’rqush bilan muomilasida ham yaqqol ko’rinadi.

Ko’rqush sovchilikka ketayotganda Yapaloqqushning maqtanchoqligiga qarshi “Bor maqtansa-topilur, yo’q

maqtansa-chopilur”, “Chumchuq semirsa botmon bo’lurmi!?” kabi maqollar keltiradi.
Yapaloqqush “.... bolamning asbobi kulonkirligi minqori bilan changalidan ma’lum va ravshan emasdurmu?”degan so’zlar bilan o’ziga o’xshash boylarning zo’ravonligiga ishora qiladi. Lekin bu o’rinda ham Ko’rqush Yapaloqqushning quruqligini fosh etib, “Chuchvarani xom sanabsan”, “Halvo degan birla og’iz chuchimas”, “Oti ulug’-suprasi quruq”, “Uyida chaksa uni yo’q, tom boshida qo’sh tandir”, “Sichqon sig’mas iniga, g’alvir bog’lar dumiga” degan

iboralar senga mos keladi, deydi. Shunday qilib, Yapaloqqush misolida o’sha davrdagi boylarning shuhratparastligi, ochko’zligi, maqtanchoqligini ochib tashlaydi.

Kulonkir sulton usti yaltiroq, ichi qaltiroq amir-amaldorlarining kinoyaviy obrazidir. Asarda Kulonkir sultonning zo’ravonlik bilan el-yurtni talab orttirgan boyliklari hisobiga shohona saroy qurib,tashqi dabdaba va zeb- ziynatlarga berilishi qattiq tanqid qilingan. Ko’rqushga “Ilgarigi mehmondin qolg’on sarqit oshni

tortishi” Kulonkirning o’ta pastkashtligidan dalolat beradi. Ko’rqush - “Osh egasi bilan totli” desa,Kulonkir tortinmay: “Bir yemog’lig’ qildikim, taboq tubiga tushdi”. Shuning o'zi uning quruqligi va ochko'z-ligiga dalildir.

Muallif Kulonkir sulton toifasidagi hukmron doiralarga “oshxo’ri jamadaronlar” deb haqqoniy baho beradi, ularning noshudligi va

layoqatsizligini “taom yemoqqa hozir, maslahatga aqli qosir"degan

lo’nda iborada aniq va ravshan ifodalaydi. Bunday toifadan yaxshilik kutish mumkin emasligi bayon qilib: “Bu toifaning oz xizmati, ko’p minnati bo’lur, har kim bu toifadan muruvvat tilabdur, go’yo tol yog’ochdin zardolu tilabdur!” - deydi. Bu Gulxaniyning sultonlar

el-yurt manfaatini o’ylashidan uzoq turishlarini o’qtiradi.

Boyo’g’li ham asaridagi tushkun boylarning kinoyaviy obrazidir. U o’zini Qayqubod xarobalari podshosi deb hisoblaydi. U

mol-dunyoga o’ch, o'z mulki (chordevori) bilan qanoatlanmay,

yangi joylarni egallab olmoqchi bo’ladi. Chunonchi, u avval o’zidan martabasi pastroq Yapaloqqush bilan quda bo’lishdan nomus qilsa ham, qalinning ko’ngildagidek bo’lishini eshitib, qizini berishga ko’nadi. Qalin voqeasi bilan yozuvchi Boyo’g’lini faqat mustabid feodal ekanligini emas, balki qizini mol-dunyoga sotgan shavqatsiz, bemehr ota ekanligini fosh etgan. Yozuvchi Boyo’g’lining ziqnaligini sovchilikka borgan Ko’rqush tilidan ochib tashlar ekan, “Ko’rqush ko’rdikim, Abdurahim sudxo’r baqqol mumsikdek ko’p xasisdur, agar uning chordevoridin bir chordevor kam bo’lsa, o’ttiz tishini sindurur…” - deydi.
Sho’ronul o’ta firibgar mulozim(kichik amaldor) larning kinoyaviy obrazidir. Muallifning ta’riflashiga qaraganda : “Sho’ranul qushlar ko'ziga go’l, o'z ishiga pishiq, haromzodai tarror, o’g’ri mishiq, xarifi ayyor, har murda ustida tayyor, yigirmaning beshini mustahiqqa berib, o’n beshini qo’ynig’a urgan, tumshug’i Zokirboy jomafurushning tumshug’iga o’xshar ekan”.
Asardagi kinoyaviy obrazlar qarama-qarshi qo'yish usulida o’zaro bog’lanib keladi. Masalan, Malik Shoh Yapaloq nomasini topshirgan Sho’ronulga : “ Seni yubormasa bo’lmasmudi? ” deb uni kamsitsa, Qarg'a ham Malik Shohni tanqid qilib : “ Ey podshohi olam panoh, o'zlari ma’no poyasidan bebahra ekanlar ”, - deydi.


Download 25,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish