TRC (http://terracoin.org) - Terracoin
Bu tizimda bloklar har 2 daqiqada generatsiya qilinadi va jami tizim tangalari
soni 42 millionni tashkil qiladi. Murakkablik esa har 30 blokdan keyin qayta
hisoblanadi. Blok uchun mukofotlanuv 20 TRC deb belgilangan. Har 1 050 000
blokda mukofotlanuv ikki barobar kamayadi.
FTC (http://www.feathercoin.com) - Feathercoin
Feathercoinlar - fork Litecoin hisoblanadi va u scryptdan hamda POW
sxemadan foydalanadi. Bloklar har 2,5 daqiqada generatsiya qilinadi. Unda jami
336 million tanga mavjud. Murakkablik har 5040 blokda qayta hisoblanadi, blok
uchun mukofot miqdori 200 FTC bo’lib, u har 8 400 000 blokda ikki marta
kamayadi.
CNC (http://chncoin.org) - Chinacoin
Chainacoin ham fork Litecoin hisoblanadi va u scryptdan hamda POW
sxemadan foydalanadi. Bloklar har bir daqiqada generatsiya qilinadi. Unda jami
2 628 000 bloklar bo’lib, u 462,5 million tangani tashqil qiladi. Murakkablik har
5040 blokda qayta hisoblanadi, blok uchun mukofot miqdori 88 CNC.
RUC (https://www.rucoin.org) - Rucoin
Ushbu kriptovalyuta tangalarni scrypt hamda sha256d sxemalari orqali
generatsiya qiladi. Tarmoqning xakerlar xujumidan himoyalanish kattaligi 51% ga
teng bo’lib, u mayningda generatsiya qilingan bloklarning katakchalari nomi bilan
292
amalga oshirilgan. Xakerlar xujumi vaqtida tarmoq himoyalangan rejimga o’tadi va
bloklarni faqatgina ishonchli tugunlardangina qabul qila boshlaydi. Hamyonlarning
nomlari chiroyli va tranzaktsiyalar izoxlar orqali keltiriladi.
Konfidentsial to’lovlar uchun kriptografiyaning ilk bora ishlatilishi 1990
yildan Devida Chomning
DigiCash
tizimidan boshlangan. Afsuski, uning
kompaniyasi 1998 yilda bankrotlikka uchragan. Ammo uning to’lov tizimi
markazlashgan bo’lgani uchun saqlanib qolgan va «kriptovalyuta» atamasi birinchi
marta Bitcoin pirring to’lov tizimi paydo bo’lganidan so’ng ishlatilina boshlandi.
Ushbu tizim 2009 yilda Satosi Yakomoto ismli (
psevdonomli
) inson yoki shaxslar
guruxi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu tizim SHA-256 turidagi xeshlashtirishdan va
proof-of-work tizimidan foydalanadi. Shundan keyingi yillarda Bitcoin ga bog’liq
bo’lmagan mustaqil kriptovalyutalar ham ishlatilina boshlandi. Ularni Bitcoin
forklari deb ataladi. Masalan, Namecoin, Litecoin, PPCoin, Novacoin va boshqalar.
Bulardan boshqa bir qancha forklar ham yaratilgan, ammo ularning Bitcoindan
unchalik katta farqlari yo’q desa ham bo’ladi. Farqlari faqat emissiya tezligi va
chegaralari yoki xesh-funktsiyalar algoritmlaridagina bo’lishi mumkin. Bunday
turdagi ko’pgina forklar 2011-2014 yillarda Bitcoinning bozorda erishgan
muvaffaqiyatlari
tufayli
vujudga
kelgan
deyishimiz
ham
mumkin.
Kriptovalyutalarning boshlang’ich narxi uning generatsiya qilish uchun
kompyuterga sarf qilingan elektr energiyasining bahosiga teng deyish mumkin.
Kriptovalyutaning ikkilamchi bozoriy narxini esa unga bo’lgan talab aniqlab beradi.
Bunday talab ikki xil turda bo’lishi mumkin:
1) spekulyativ — investorniki (
kriptovalyutani uni yanada qimmatroq sotish
maqsadida sotib olish
);
2) Kriptovalyuta to’lab, o’rniga qandaydir tovar yoki mahsulot olish;
3) Kriptovalyutani boshqa hisob raqamiga komissiyasiz (
yoki 0,1% dan ham
kamroq komissiya bilan
) o’tkazish.
Bulardan tashqari, kriptovalyutaning bozoriy narxini xosil qilishda uning
oxirgi emissiyasi qanday bo’lganligi ham ro’l o’ynaydi. Bitcoin tarmog’ini
yaratgan Gevin Andrisen ham ba’zi bir kriptovalyutalarning firibgarlik mahsuli
293
bo’lishi mumkinligidan o’z xavotirini bildirgan. Xozirgi davrda Bitcoindan boshqa
hech qanday kriptovalyuta bunchalik keng miqyosda tarqalmaganligini ham aytib
o’tishimiz kerak. Litecoin va Namecoin kriptovalyutalari boshqalarga nisbatan
biroz kengroq tarqaldilar, ammo Bitcoinga yetishning uddasidan chiqa olmadilar.
Boshqa barcha kriptovalyutalar ularning kurslarida biroz miqdorda spekulyatsiya
qilish uchun ishlatiladilar va boshqa yerlarda ishlatilganlari xozircha kuzatilmadi.
Asosiy kriptovalyutalar emissiyaning quyidagi umumiy miqdori doirasida amal
qiladilar: (BTC) Bitcoin — 21 million kriptotanga va (LTC) Litecoin — 84 million
kriptotanga. Kriptovalyutalar bilan ishlashni boshlashni o’rganish yoki ular bilan
ishlashga mo’ljallangan saytlar soni va kriptovalyutalar birjalari juda ham ko’p
miqdorda. Masalan, BTC - e birjasi, Exmo.com - birjasi, LiveCoin.net - zamonaviy
bijasi, CEX.IO - birjasi, eCoin.eu - birjasi, GOC.io - kriptovalyutalar bilan
avtomatik tarzda savdo qiluvchi platforma, Cryptonit.net kriptovalyutalar sotuvchi
va sotib oluvchi birjasi, Kraken kompaniyasining birjasi, Bitfinex - AQSh dollari
bilan savdo qiluvchi eng katta birjasi, BTC China - savdo xajmi bo’yicha
dunyodagi eng katta Xitoy firmasi, BitYes.com - AQSh dollari bilan katta
miqdordagi savdo xajmini amalga oshiruvchi Xitoy kriptovalyuta birjasi va
boshqalar. Keyingi paytda rusiyzabon foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan
kriptovalyutalar bilan avtomatik tarzda savdo qiladigan tizimlar ham tobora
mashxur bo’lib bormoqda. Ularga bir marta kirasiz va unga a`zo bo’lganingizdan
so’ng, savdo jarayonini tizimning o’zi avtomatik tarzda amalga oshiradi. Siz ham
o’z omadingizni ushbu kriptovalyuta savdo tizimlarida bemalol tekshirib
ko’rishingiz mumkin. Ammo savdo jarayonini boshlashdan avval kriptovalyuta
turlarini va savdo amaliyotini mavjud trenajerlarda yaxshilab o’rganib, o’zlashtirib
olishingizni maslaxat qilar edik.Quyidagi tasvirda kriptovalyutalar olami o’ziga xos
mozaikali tasvirlar vositasida keltirilgan va u kripto-olam to’g’risidagi o’quvchi
tasavvurini yanada boyitish uchun hizmat qiladi:
294
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan xolda shuni aytish kerakki, raqamli
valyuta deganda shunday valyuta turiga aytiladiki, bunday turdagi valyuta xozirgi
paytda hamyoningizda bo’lgan qog’oz ko’rinishidagi valyutalardan farqli o’laroq,
faqatgina electron ko’rinishda bo’ladi. Ammo, xozirgi davrda ko’pchilik insonlar
bitkoin, laytkoin, token va ethiriumlar kabi electron valyutaturlaridan qanday
foydalanishni tushunavermaydlar. Demak, tabiiy ravishda quyidagi savol tug’iladi:
Elektron valyutalar vositasida internet tizimi orqali odatiy pul kabi to‘lovlar
amalga oshirish mumkinmi? Quyida shu va shu bilan bog’liq bir qancha dolzarb
savollarga javob berishga harakat qilamiz.
Shuni ham aytish kerakki, bitkoin tangalarini yaratish uchun sarflanadigan
harajatlar unchalik katta emas, biroq xuddi oltin yoki neftni qazib olishdagi
tashkilotlar ko‘payishi va ushbu resurslarning kamyob topilishi bois narxi oshgani
singari bitkoinni ham so‘nggi vaqtlarda mayning orqali hosil qilish
murakkablashgan holda butun bir boshli «mayning fermalari»dagi bir necha kunlik
to‘xtovsiz amaliyot natijasida bor yo‘g‘i bir nechta bitkoin hosil bo‘layotgani
hamda bitkoinlar maksimal soni chegaralangani (21 000 000) narxning
ko‘tarilishiga turtki bo‘lmoqda. Biroq bundan boshqa yana eng katta sabablardan
biri bitkoinni Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya singari rivojlangan mamlakatlar
iqtisodiyotida rasman to‘lov vositasi sifatida qabul qilinishi ushbu bitkoin
tangalariga nisbatan talabni chunonan kuchaytirdiki, 2017 yilning o‘zida yil
boshiga nisbatan jadal o‘sish ko‘rsatkichiga erishildi (kurs 998 AQSh dollaridan
295
20000 AQSh dollarigacha o‘sdi).Bugun dunyodagi yetakchi birjalar va yirik
banklar ham bitkoinning oldi-sotdisini treyding tizimida yo‘lga qo‘yishlariga
to‘g‘ri kelmoqda. Garchi kriptovalyutalarning gurkirab rivojlanishi butun jahon
moliyaviy-iqtisodiy tizimiga katta ta`sir qilgan holda mavjud bo‘lgan tizimni yo‘q
bo‘lib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lsa ham, ayni paytda katta daromad
ko‘rish istagida bo‘lgan investorlar bitkoinning rivojlanishidan manfaatdor
bo‘lishmoqda. Shuningdek, bitkoin tangalarini gurkirab rivojlanishidan eng ko‘p
manfaat ko‘ruvchi insonlar – bu yashirin iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi
investorlardir. Aynan shuning uchun ham hozirda bir nechta iqtisodi rivojlangan
davlatlar bitkoin orqali turli noqonuniy va jinoiy faoliyatlarning rivojlanib
ketishi oldini olish maqsadida bitkoinni to‘lov vositasi sifatida qabul qilishmayapti.
Bitkoinni xarid qilish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, hozirgi vaqtda uni
bir nechta maxsus birjalar va umuman har qanday bitkoinga ega bo‘lgan
ishtirokchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish yo‘llari mavjuddir. Unda bitkoinning
qiymati ishtirokchilar o‘zaro kelishgan narxda amalga oshiriladi. To‘lovlar agar
birjalar orqali amalga oshirilsa, xalqaro VISA, Master Card kartalari orqali va
Webmoney, Qiwi, Perfect Money, Advcash, Payeer, Paypal va boshqa elektron
hamyonlar orqali sotib olish mumkindir.
Hozirgi kunga kelib, kriptovalyutalarga ma’lum bir usulda (
Do'stlaringiz bilan baham: |