GARGANTYUA VA PANTAGRYUEL
Qatnashuvchilar
Qahramonlar romanda ularning paydo bo‘lish tartibi bo‘yicha taqdim etilgan. Butun kitob va har bir bobdan oldin-keyingi voqealarning qisqacha tafsiloti keltiriladi. Bu ro‘yxatda birinchi (“Gargantyua”) va ikkinchi (“Pantagryuel”) kitobdagi qahramonlarning ismlarigina keltirilgan. Barcha nomlar ular fransuzcha matnda qanday taqdim etilsa, o‘shanday yozilmoqda.
Alkofribas Naze (Fransua Rable nomining anogrammasi) muallif laqabi.
Gargantyua (Rabledan ancha oldin mashhur bo‘lgan afsonaviy ism) – quvnoq, ulkan-mechkay, birinchi kitobning bosh qahramoni.
Gringuze (katta halqum) – Gargantyuaning otasi, birinchi kitobda – Shinon atrofidagi joyda mulklarning hukmroni; ikkinchi kitobda – Utopiya qiroli; oqko‘ngil qishloq boyoniga o‘xshab ketadi.
Tubal Olafern (ikki bibliya nomi) – Gargantyuaning birinchi muhabbati, eski urfdagi pedant (rasmiyatchi odam).
Do'stlaringiz bilan baham: |