Qatnashuvchilar - Qahramonlar romanda ularning paydo boʻlish tartibi boʻyicha taqdim etilgan. Butun kitob va har bir bobdan oldin-keyingi voqealarning qisqacha tafsiloti keltiriladi. Bu roʻyxatda birinchi (“Gargantyua”) va ikkinchi (“Pantagryuel”) kitobdagi qahramonlarning ismlarigina keltirilgan. Barcha nomlar ular fransuzcha matnda qanday taqdim etilsa, oʻshanday yozilmoqda.
- Alkofribas Nazye (Fransua Rable nomining anogrammasi) muallif laqabi.
- Gargantyua (Rabledan ancha oldin mashhur boʻlgan afsonaviy ism) – quvnoq, ulkan-mechkay, birinchi kitobning bosh qahramoni.
- Gringuzye (katta halqum) – Gargantyuaning otasi, birinchi kitobda – Shinon atrofidagi joyda mulklarning hukmroni; ikkinchi kitobda – Utopiya qiroli; oqkoʻngil qishloq boyoniga oʻxshab ketadi.
- Tubal Oafernl (ikki bibliya nomi) – Gargantyuaning birinchi muhabbati, eski urfdagi pedant (rasmiyatchi odam).
- Evdemon (baxtli, omadli) – Gargantyuaga hamroh boʻlgan mahram.
ROMANNING SYUJYeTI - Gargantyua – Shinondan sal narida istiqomat qiluvchi odamshavanda ulkan zot. Utopiya qirolining dabdabali unvoniga sazovor boʻlgan otasi Granguzye aslida bor-yoʻgʻi qishloq boyoni boʻlib, uning mulki bir necha mil kvadratni tashkil etadi. Gargantyua bolaligidan hayratomuz qoʻmaqayligi bilan taniladi, qolgan narsalarda barcha oʻsmir bolalar qanday boʻlsa, u ham shunday. Eskicha taʼlimdan qoniqmagan otasi oʻgʻlini Parijga oʻqishga yuboradi. Unga murabbiy Ponokrat hamrohlik qiladi, u Gargantyuaning ongiga oʻz zamonasining yangi insonparvarlik qarashlarini singdiradi. Shaharda Gargantyua bir qancha sarguzashtlarga duch keladi.
- Ikkinchi kitob birinchisining qaysidir maʼnoda zaif takrori hisoblanadi. Uning bosh qahramoni Gargantyuaning oʻgʻli Pantagryuel boʻlib, otasidan oliyjanoblik va sira soʻnmas ishtahani meros qilib olgan. Otasiga oʻxshab, u ham Parijga boradi, u yerda huquq va falsafiy mubohasalarda ishtirok etishi sharofati bilan mashhur boʻlib ketadi. Shu yerda u kitobning aksilqahramoni, kazzob Panurg degan odam bilan oshlashib qoladi. Uning Pantagryuel bilan munosabatlari Falstafning shahzoda Xel bilan munosabatlarini esga soladi.
Sharh - Ochigʻini aytib qoʻya qolaylik: Rableni oʻqishdan koʻra undan koʻproq hayratga tushadilar. Koʻplar asosan uning uyatli yozuvchilik obroʻyiga mahliyo boʻlib, bu muallifni kashf etadi. Ular oʻzlariga bino qoʻygan holda, modomiki, kitobda uyat narsa uchrar ekan, hammasini bip-binoyidek anglash uchun na saʼy-harakatning, na layoqatning keragi bor, deb biladilar. Biroq Rablening buyuk ijodi koʻp hollarda oʻquvchi uchun Joysning “Uliss” romani singari muammolarini namoyon etadi: har ikkala romanda soʻzlar benihoyat koʻp ishlatilgan, oʻndan ortiq tillardagi olimlar asarlaridan iqtiboslar keltirilgan, allaqachon unutilib ketgan odamlar va voqealar yodga olinadi. Rableni mufassal oʻzlashtirish uchun butun umr kerak boʻladi.
- Oʻn toʻqqizinchi asr kitobxonlariga, xususan, bu viktorian davridagi kitobxonlarga taalluqli, Rablega bu borada omad kulib boqmagan: unga jirkanchlik va haqoratli soʻz ustasi degan “toj” kiydirganlar. Oʻsha davrdan koʻplab yozuvchilar bu qadar ochiq ijod qilmaganlar. Hokimiyat Rablening kitoblarini taqiqlab qoʻydi, ularni axloq-odob doirasidan tashqari, kufrona asarlar deb tavqi laʼnat kiydirdi. Ammo kitobda buzuqlik, najasbozlik, fohishabozlikdan koʻra mechkaylik tafsilotlari ustunlik qiladi. Fahsh yegulik va ichgulik singari sogʻlom hayvoniy lazzat sifatida tasvirlanadi. Rableni buzuqlik yoki asabiylikni targʻib etishda ayblash uchun zarracha asos yoʻq. Uning qahramoni Pantagryuel zinhor ichkilik yo buzuqlik shaydosi emas. Aksincha, u aqlli, dono va haqgoʻy shahzoda. Hamma narsa Rablening oʻzi muloyim va mehribon, hayotni barcha baland-pastliklari bilan sevuvchi, oʻz qobiliyati va bilimini zamonasining buyuk muammolarini hal etishga bagʻishlagan inson boʻlganidan darak beradi. Goho bu masalalarni talqin etishda ogʻzi shaloqlashib ketadi, goho chuqur tafakkurga choʻmadi, ammo har ikkala holda ham u lafzi tez va hushyor.
- Rablening tili – faqat fransuzlargina hukm chiqarishga munosib vosita, ammo tarjimada ham uning purmaʼnoligi sezilib turadi. Soʻzlar suvday oqib kelaveradi:
- arxaizmlar va neologizmlar, saroy ahli va dehqonlar nutqida uchraydigan xos soʻzlar, maʼnodor ilmiy ifodalar va lahja, yunon, lotin, yahudiy, ingliz, niderland, olmon, doniyo, bask tillaridan olingan soʻzlar, shuningdek, Rablening oʻzi kashf etgan iboralar va hokazo. Kech fransuz nasri davrining nafis neoklassitsizmiga yanada oʻxshamaydigan hech narsa yoʻq: soʻzlar roʻyxatlar va katologlarga toʻplanib, ulardan, oʻz navbatida, butun boshli boblar yuzaga keladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |