Fransiyada uyg‘onish davri adabiyoti. Angliya uyg‘onish davri adabiyoti Reja: Fransua Rable va uning«Gargantyua va Pantagryuel»



Download 41,07 Kb.
bet1/3
Sana09.02.2022
Hajmi41,07 Kb.
#438172
  1   2   3
Bog'liq
Fransiya ma'ruza



Fransiyada uyg‘onish davri adabiyoti. Angliya uyg‘onish davri adabiyoti


Reja:
1. Fransua Rable va uning«Gargantyua va Pantagryuel» asarida satiraning roli va ahamiyati.
2. Angliya Uyg’onish g’oyalari va Shekspir ijodi.
3. Shekspir ijodining davrlari.
4. Shekspir va jahon dramaturgiyasi.
Tayanch so’zlar: “Gargantyua va Pantagryuel”, Fransua Mari Arue Volter, Vilyam Shekspir, lotin va grek tillari, abbatlik, Anatol Frans.
XIV asr o’rtalarida Italiyada paydo bo’lgan Uyg’onish harakati XV asrning ikkinchi yarmida Yevropaning bir qancha yerlarida boshlanadi. XVI asrning boshlarida esa Fransiyada vujudga keladi. Fransuz Uyg’onish davri adabiyotiga Italiya ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi.
Fransua Rable (1494-1553). Fransuz Uyg’onish davri adabiyotining yirik vakili, ulug’ gumanist yozuvchi Fransua Rable Turen viloyatining Shinon nomli shaharchasida advokat oilasida tug’ildi. Uning otasi Antuan Rable o’g’lining ruhoniy bo’lishini istaydi va uni Shinon shahri yaqinidagi mahalliy abbatlikka beradi. U yerdan monastirga o’tgan yosh Fransua o’sha vaqtlarda man qilingan antik kitoblarni zo’r havas bilan o’qishga kirishadi, lotin va grek tillarini o’rgana boshlaydi. Qadimgi davr yozuvchilari, shu jumladan Gomer asarlari hamda Reformatsiya davri vakillarining kitoblari uning diqqatini o’ziga tortadi. Lekin bunday kitoblarni o’qishga yo’l qo’yilmaydi.
Rable o’z hayoti davomida uch marta Italiyaga borib, qadimgi Rim madaniyati yodgorliklari bilan tanishadi, tabiiy fanlar bilan shug’ullanadi, lotin tili bilan birga arab tilini ham o’rganadi. Parijga qaytib kelgan Rable bir qancha vaqt qirol Fransisk saroyida xizmat etadi, vrachlik sohasidagi bilimini takomillashtiradi va1537- yilda Monpeleda meditsina doktori degan darajani oladi.
Rable gumanistik ijodining nodir namunasi xalq orzu-istaklarini chuqur aks ettirgan o’lmas asari «Gargantyua va Pantagryuel» romanidir. Bu epopeyaning dastlabki kitobi 1533-yilda Alkofribas Naze taxallusi bilan«Ulkan pahlavon Gargantyuaning o’g’li dipsodlar qiroli ajoyib Pantagryuelning dahshatli va g’oyat qo’rqinchli harakatlari va qahramonliklari» nomi ostida paydo bo’ladi. Rablening bu asari 1532-yilda Lionda chiqqan«Buyuk va ulkan pahlavon Gargantyua haqida ulug’ va qimmatli xronikalar» kitobi ta’sirida yozilgan. Xalq ijodiga mansub«Xronikalar»dagi g’oya va uslub yozuvchini qiziqtirmay qolmadi.
«Gargantyua va Pantagryuel» besh kitobdan iborat bo’lib, uni yaratishga yozuvchi yigirma yildan ortiqroq vaqt sarf qiladi.
Epopeyaning navbatdagi kitobi«Pantagryuelning otasi ulug’ Gargantyuaning g’oyat vahimali hayoti haqida hikoya» 1534-yilda nashr etildi. «Olijanob Pantagryuelning qahramonona harakatlari va qimmatli gaplari haqida uchinchi kitob» 1546-yilda Parijda endi Fransua Rable nomi bilan bosilib chiqdi.
1552-yilda esa epopeyaning«Jasur Pantagryuelning qahramonona harakatlari va qimmatli gaplari haqida to’rtinchi kitob»i nashr etildi. Romanning so’nggi kitobidan parcha(«Ovoz chiqaruvchi orol») yozuvchi vafotidan to’qqiz yil o’tgandan so’ng, 1562-yilda paydo bo’ldi. 1564-yildagina «Olijanob Pantagryuelning qahramonona harakatlari vai qimmatli fikrlari haqida beshinchi, so’nggi kitob» nashr etildi.
Fransua Rable Gargantyua haqidagi birinchi kitobda o’sha davr gumanistlarini qiziqtirgan ta’lim-tarbiya, urush va tinchlik, kelajak baxtli jamiyat qanday bo’lishi kerakligi kabi muhim masalalar ustida fikr yuritadi.
Kitobda ikki tipdagi qirol ko’rsatiladiki, bular«dunyo hukmronligiga da’vogar», shaxsiy manfaatdan boshqani bilmaydigan Lerne qiroli zolim Pikroxol vatinchlikni sevadigan, saxiy Granguze bilan uning o’g’li Gargantyuadir. Romanning ikkinchi kitobi zabardast pahlavon Gargantyuaning o’g’li Pantagryuelning tug’ilishi, o’sishi, o’qishi va boshqa sarguzashtlariga bag’ishlangan.
«Gargantyua va Pantagryuel»ning to’rtinchi kitobi nashr etilgan yillarda Parij parlamenti bu kitob muallifini sudga topshiradi. Yozuvchi yashirinib yuradi, va, nihoyat, o’lim(1553) buyuk gumanistni adolatsiz ta’qiblardan qutqaradi. «Gargantyua va Pantagryuel» romanining beshinchi kitobi yozuvchi vafotidan so’ng nashr etildi. Rable vrach, yirik gumanist va tabiatshunos olimdir. U satirik yozuvchidir. Rable o’z ijodida xalq kulgi an’analari– hazil, kinoya, piching, mubolag’a, karikaturadan keng foydalanadi.
Bular realistik ijodning o’ziga xos xususiyatidir. Rable ijodining demokratik ruhi, satirik uslubi, xushchaqchaq kulgisi jahon adabiyotining o’sishiga samarali ta’sir ko’rsatdi. Uning badiiy an’analariga zo’r qiziqish bilan qaragan va uning satirik yo’lini davom ettirganlar safida Fransiyaning yirik gumanistlari Anatol Frans(«Pingvinlar oroli»), Romen Rollan(«Kola Bryunon») singari yozuvchilar ham borki, bular Rable adabiy merosining hozirgi zamon uchun ham ahamiyati katta ekanini ko’rsatuvchi yorqin dalildir.
«Gargantyua va Pantagryuel» romani o’z fantaziyasi, ajoyib va g’aroyib voqealari, g’ayri tabiiy obrazlari va go’zal tasviri bilan yoshlarning sevib o’qiydigan kitoblari qatoriga kiradi.

Download 41,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish