17. Ispan uyg‘onish adabiyoti va Servantes.
Migel Servantes de Saavedra 1547- yil 29- sentabrda Ispaniyaning
Alkala de Enafes shahrida tug'ilgan. Uning otasi Rodrigo de Servantes
tabiblik bilan shug‘ullanar edi. U qadimiy, biroq tanazzulga uchragan
dvoiyanlar sulolasiga mansub edi Bunday oiladan chiqqan kishini idalgo
deb atar edilar. Servantesning bobosi Andaluziyada yuqori mansabni
egallagan, Kordobaning alokaldi lavozimini ado etgan. Biroq
yozuvchining otasi hech qanday mavqega ega emas oddiy tabib edi,
buning ustiga qulog'i yaxshi eshitmas ed i Servantesning onasi ham
kambag'allashib qolgan dvoryanlardan edi. Bo'lajak yozuvchi oiladagi
yetti farzandning to'rtinchisi edi. Otasi tuzukroq ish izlab doimo bir
joydan ikkinchi joyga ko'char edi. Nihoyat 1551- yilda Rodrigo de
Servantes Valyadomedada muqim joylashadi, bu shahar qirollik poytaxti
edi. Biroq bir yil o'tgach, ishlari orqaga ketib, mulkini sotishga majbur
bo'ladi. Shundan so'ng yana oilaning sargardonligi boshlanadi, Kordoba,
Madrid, yana Valyadomeda... SeviUya shahrida boshpana topgach,
Migelni 10 yoshida iyezuitlar kollegiyasiga o'qishga beradilar. U yerda
4 yil davomida o'rfa ta’limni oladi. Keyinchalik o'qishini Madridda,
zamonasining eng yaxshi pedagogi hisoblanmish Xuan Lopes Oyos
qo'lida davom ettiradi. Uning ilk she’ri 1568- yilda yozilgan bo'lib,
Filipp II ning uchinchi xotini qirolicha Izabellaning dafh marosimiga
bag'ishlangan edi.
Bu davrga kelib Servanteslar oilasi butkul tanazzulga yuz tutgan
edi, endi Migel o'zining nonini o'zi topib yeyish ustida qayg'urishi
www.ziyouz.com kutubxonasi
lozim edi. Ustozi Xuan Lopes Oyosning tavsiyasi bilan Servantes
saroy xizmatiga kiradi, Ispaniya va Vatikan o‘rtasidagi ba’zi bahsli
masalalami hal qilish uchun kelgan favqulodda muxtor elchi papa Pil
Beshinchi qo‘lida ishlay boshlaydi. Elchi monsinor Julio Akvaviva
bilan birgalikda Servantes yurtini tark etadi va Rimga keladi. Akvaviva
qo'l ostida bir yil xizmat qilgach, 1570- yilda Italiyadagi ispan
armiyasiga xizmatga kiradi. Armiyada besh yillik hayoti davomida
Servantes italiya turmush tarzi bilan yaqinroq tanishadi, yirik Italiya
shaharlarida bo‘ladi, italyan tilini o ‘iganadi, o'zining ijtimoiy sohadagi
bilimlarini kengaytiradi. 1571- yilda Lepanto yaqinida mashhur dengiz
jangi bo‘lib o'tadi, unda avstriyalik Xuan boshchiligidagi muqaddas
liga 0 ‘rta Yer dengizining sharqiy qismidagi Turkiya hukmronligiga
barham beradi. Bu jangda Servantes uch yeridan yaralanib, gospitalga
tushadi va 1572- yilga qadar davolanadi. Yaralangan chap qo'li ishlamay
qoladi. Shunga qaramay Servantes yana dengiz janglarida ishtirok
etadi, keyingi yillarda avstriyalik Xuan boshchiligida Goleta va Tunis
qal’alarini mustahkamlash uchun Shimoliy Afrikaga jo'natilgan
ekspeditsiya koфusiga kirdi. 1576- yili xizmatni tugatib Ispaniyaga
qaytadi. Biroq yozuvchi tushgan galeraga yo‘lda qaroqchilar hujum
qiladi va uning Jazoirdagi asirlik hayoti boshlanadi.
Uning boshi uchun o ‘sha davrda nihoyatda baland bo.Mgan
miqdorda 500 oltin eskudo talab qiladilar, uni juda badavlat deb
o‘ylaydilar. 5 yillik mahbuslik hayoti davomida Servantes umidsizlikka
tushmadi, hatto raqibi Hasan Poshshoning muhabbatini qozonadi.
Yozuvchi mahbuslikdan 1580- yilning 19- sentabrida ozod qilindi.
Mahbuslik yillari boshdan kechirganlari keyinchalik «Olijanob muxlis»,
«Mahbus tarixi» kabi asarlarida o‘z aksini topadi. Faxriy urush veterani
sifatida vataniga qaytgan Servantesni muhtojlikka yuz tutgan oilasi
kutib oladi. Otasi butunlay kar bo‘lib, shifokorlik qila olmay qolgan
edi. Servantes yana ish izlay boshlaydi. Uning oldida ikki yo‘l turar
edi. Yo harbiy xizmatga qaytish, yo ijod bilan shug‘ullanish. Albatta,
badiiy ijod bilan oilani boqib blmas edi, shu sababli Servantes harbiy
xizmatni tanlaydi, Portugaliyada xizmat qiladi, 1581- yilda Shimoliy
Afrikaga kuryer sifatida boradi.
Biroq harbiy ish unga o ‘zi o'ylagan moddiy farovonlik keltirmaydi.
Bu orada Katalina de Salasar Palasoyega uylanadi, lekin uning uncha
ko‘p bo'lmagan sepi ham Servantesning moddiy ahvolini yaxshilamaydi.
1585- yilda Servantes Andaluziyaga boradi. Hayotining keyingi 15
yilini Seviliya shahrida o‘tkazadi. Bu yerda «Yengilmas Armada» uchun
oziq-ovqat yetkazib beruvchi boshqarmaga komissar qilib tayinlanadi.
1594- yilda uni soliq yig'uvchi vazifasiga o ‘tkazadilar. Biroq uning
omadi yurishmaydi, kamomad chiqadi va uni soliq pullarini yashirishda
www.ziyouz.com kutubxonasi
ayblaydilar. Servantes o'zining aybsizligini isbotlay olmaydi va uni
Seviliya shahar qamoqxonasiga uch oy qamab qo‘yadilar. 1604- yili
Servantes Seviliyani tark etadi va Valyadolidga joylashadi. Keyinchalik
bu yerga xotinidan boshqa oila a’zolari ko‘chib keladi. Bu orada uning
ukasi Rodrigo vafot etadi. Endi Servantesning oilasi singillari va
jiyanidan iborat edi. Valyadolidda Servantes sermahsul ijod qildi.
Ijodining Ispaniya va Marokashda o'tgan birinchi davridan kam
ma'lumot saqlanib qolgan.
Lekin Valyadolid bosqichida u yaratgan o'lmas asarlar bizgacha
yetib kelgan. Bu bosqichda «Cho‘pon Mel» romani, «Galateya»
dramatik asarlarini ham yaratgan, biroq ular bizgacha yetib kelmagan.
«Galateya»ning birinchi qismi 1585- yilda bosilgan. Bu asaming XVIII
asrdagi shuhrati «Don Kixot» dan kam bo‘lmagan. 1603- yildan u
«Lamanchlik ayyor idalgo Don Kixot» asarini yozishga kirishadi,
shuningdek, bu bosqichda «Sakkiz komediya va sakkiz intermediya»
hikoyalar to‘plami va «Pamasga sayohat» dostonini yozadi. «Don
Kixot» romani ikki qismdan iborat. Asaming birinchi qismi bosilgach,
o‘n yildan so‘ng ikkinchi qismi e’lon qilinadi. Bu oraliq davr ichida
Servantes o‘z davrida katta shuhrat keltirgan «Ibratli novellalan> ni
yozadi.
Servantes umrining so‘nggi davrlarini Madridda o ‘tkazdi. Bu paytga
kelib Madrid poytaxtga aylangan edi. Servantesning asarlari unga shonshuhrat keltirgan bo‘lsa ham moddiy ahvolini yaxshilamadi, u rasmiy
doiralar uchun omadsiz, ishonchsiz kishi bo‘lib qolaverdi. Bu davrda
ketma-ket ayriliqlami boshidan kechirdi, ikki singlisi vafot etdi. Xotini
rohiblikni qabul qildi. Servantes ham unga ergashdi. 1609- yilda
Muqaddas qullar jamiyatiga a’zo bo‘lib kiradi. Bu jamiyatda Lope de
Vega va Kevedo singari mashhur kishilar bor edi. Keyinroq esa
Fransiska ordeni diniy jamiyatiga kiradi va o‘limidan oldin o'zini
batamom Xudoga bag‘ishlaydi. Uning so ‘nggi romani «Persiles va
Sixizmunda sayohati» dir. Asar 1616- yilda yozib tugatiladi va
yozuvchining o limidan so‘ng nashr qilinadi. Bu asarda Servantesning
shunday so'zlari bor: «Quvonchlar, meni kechiringlar! Ko'ngilxushliklar, meni kechiringlar! Quvnoq do‘stlarim, meni kechiringlar!
Men narigi dunyoda tez orada va shodiyona uchrashamiz degan umidda
bu dunyodan ko‘z yumaman».
Ispan uyg’onish davri adabiyoti XV – XVI asrlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealar, mamlakat tarixiy taraqqiyotining o`ziga xos xususiyatlari bilan ravishda shakllanib, unda ilg’or gumanistik g’oyalar targ’ib qilinadi. Bu adabiyotning dastlabki etapi – XVI asr oxiri, XVII asr birinchi yarmidagi yirik shoirlardan biri Fernando de erreradir (1534 – 1597). Bu davrda lirik janrga nisbatan epik poeziya keng ko`lamda rivojlanadi. Tarixiy, ta`limiy-didaktik afsonaviy-diniy va boshqa turdagi poemalar yuzaga keladi. CHunonchi, ersil’ya (1533 – 1594)ning katta epopeyasi “Araukana”da hind-ariukan qabilasidan bo`lgan chiliylarning Ispan hukmronligiga qarshi ko`targan qo`zg’olonlari tasvirlanadi. Asarda qabila qahramoni Kaupalikaning mardona kurashi, ayollarning sevgi sarguzashtlari tasvirlanadi. XVI asrda yashagan yirik portugal yozuvchisi Luis de Kamoens (1524 – 1580) ijodida davr ruhi, muvaffaqiyatli gavdalanadi. Kamoens bir komediya, bir qator she`r, shu jumladan baxtsiz sevgini ifodalagan 350 dan ortiq sonet yozadi. Lekin u, asosan “Luziada” poemasi bilan mashhur. Asar Vasko de Gamaning Afrika orqali Hindistonga yo`l topishi va portugallarning bu mashaqqatga kirib borishini tasvirlaydi. SHoir dostonida jamiyatdagi nuqsonlarni, saroy ahlining munofiqligini va hukmronlarning og’ir soliqlari, sinfiy qarama-qarshiliklar, ritsar’ sarguzashlari, kalonnalarni bosib olishga intilish kabi davrning xarakterli xususiyatlari aks ettiriladi. Asarning ahamiyati shundaki u insonning tabiatni o`rganishga qaratilgan faoliyati va urinishlarini qiziqarli qilib tasvirlash bilan birga poeziyada realistik uslubini rivojlanishga ma`lum darajada ta`sir kursatdi. ersil’ya va Komoens ijodiga Xomer,Vergiliy kabi shoirlarning ta`siri bor edi. Bu ta`sir ularning poemalarida realistik epizodlar bilan birgalikda fantastikaga berishida ko`zga tashlanadi. XVI asr Ispan adabiyotida lirik va epik poeziyaga qaraganda romanchilik keng rivojlanadi. Ispan istak-orzulari, irodasi va kurashining yana ham to`laroq aks ettirilishi bilan bu janr alohida o`rin tutadi.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida ijod etgan uyg’onish davri adabiyotining yirik vakili, realistik romanchilikka asos solgan gumanistik yozuvchi Migel’ de Servantes Saavedra 1547 yilning 29 sentyabrida Ispaniyaning Al’kala de enares shaharchasida tug’ildi. Otasi Rodriga de Servantes Saavedra tabiblik bilan kun kechirar, shuning uchun ham u ko`p vaqt oilasi bilan shaharmi-shahar kezib yurishga majbur bo`lardi. Migel’ de Servantes (1567 – 1561) yillarda iezutlar maktabida o`qiydi. 1561 yilda oilasi Madridga ko`chib borgandan so`ng o`qishni shu erda davom ettiradi. O`spirin Migelda she`riyatga qiziqish tug’iladi. Filipp II ning xotini malika Isabella vafotiga bag’ishlangan sonetlari yosh Servantesning she`riyat sohasidagi dastlabki mashqlari edi. 1569 yilda Servantes Rimga borib, papaning vakili Akvavia huzurida ishlaydi, 1570 yilning ikkinchi yarmida Italiyada joylashgan ispan qo`shiniga xizmatga kiradi, chunki muhtojlik uni o`z vatanini tashlab ketishga majbur etadi. 1571 yilning 7 oktyabridan Lepanto ko`rfazi yaqinida turklar bilan bo`lgan shiddatli dengiz jangida qatnashgan Servantes uch eridan o`q eydi. 1572 yilning aprel’ oyigacha Messina gospitalida davolanadi. 1574 yilning oxirigacha soldat sifatida yana bir qancha janglarda qatnashadi. 1575 yilda u harbiy xizmatdan bo`shab, ukasi Rodriga bilan o`z vataniga jo`naydi. SHu yilning 26 sentyabrida yo`lda qaroqchilar Servantesni asir qilib, Jazoirga olib ketadilar. Shu vaqtda uning Afrikadagi tutqunlik davri boshlanadi. Servantes 1580 yilning 19 sentyabridagina ozod etiladi va o`z vataniga qaytadi. Servantes biror harbiy mansabga erishish niyatida Ispaniyaga qo`shib olingan Portugaliyaga boradi (1581 yil). U erda ham huzur-halovat ko`rmagan Servantes Madraga qaytadi. 1584 yilning may oyida dvoryan oilasidan chiqqan Katalina ismli qizga uylanadi. Otasi o`lgach (1594 yil), ro`zg’or tebratish maqsadida turli moliya xo`jalik ishlari bilan shug’ullanishga majbur bo`ladi. natijada adabiy ishini uzoq vaqtgacha davom ettira olmaydi. 1592 yilda u to`plangan g’allani noto`g’ri sarflashda ayblanib, turmaga tashlanadi. Seviliya shahrining bankiri Madridga o`tkaziladigan pulni yubormaydi, buning ustiga u sinadi, o`tkaziladigan pulni, undirilmay qolgan mablag’lar uchun gunohkor deb hisoblangan. Servantes 1597 yilda yana qamaladi. Keyinroq bu voqeaga doir janjal ikkinchi marta ko`tarilib, Servantes 1602 yilda uchinchi marta qamoqqa olinadi. Servantesning “Don Kixot” romani ustida ishlay boshlashi hayotining shu og’ir mashaqqatli davriga to`g’ri keladi. 1604 yilda qirollikning yangi poytaxti deb atalgan Val’yadolidga kelganidan keyin uning adabiy faoliyati ravnaq topadi va shu erda “Don Kixot” romanining birinchi qismi nashr etiladi (1605 yil). So`ngra 14 hikoyani o`z ichiga olgan “Ibratli novellalar” to`plami (1613 yil), adabiy satira – “Parnasga sayohat” (1614 yil), poemasi bosiladi. 1615 yilda “Don Kixot”ning ikkinchi qismi bosilib chiqadi. Shu yili uning “Sakkiz komediya va sakkiz intermediya” nomli piesalar to`plami ham yuzaga keldi. Servantesning so`nggi asari “Persiles va Sixizmunda sayohati” romani yozuvchining o`limidan so`ng nashr qilinadi. Antik, klassik va uyg’onish davri adabiyoti bilan yaqindan tanishish, harbiy xizmat va urushlardan qatnashish, Jazoirdagi besh yillik tutqunlik hamda boshqa ko`p muhtojlik va mashaqqatlar Servantes dunyoqarashining gumanistik xarakterda shakllanishiga va uning yirik realist yozuvchi bo`lib etishishiga katta ta`sir qildi.
18. “Don Kixot” romanida obrazlar tizimi.
Mahdudlik — insonni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘ituvchi dahshatli sarob. Bu
sarob domiga tushganlar esa reallik va xayol dunyosi orasida sarson
bo‘lguvchi majruhdir. XVI – XVII asrlar Ispaniyasining Lamanch viloyatida
yashagan dvoryan Don Kixot (Alonso Kexano) ana shunday kishilardan biriedi.
Giyohvandlik botqog‘iga botganlarning og‘u to‘la miyasida aks etuvchi
karaxtlik, kayfsafo hamda ajal olamiga, axborot vositalari yordamida yoshlar ongini egallab, ular miyasiga g‘ayriinsoniy g‘oyalarni singdirayotgan, shu majruhlar qo‘lila manqurtlik dunyosini qurayotganlarga qarshi kurash benihoya dolzarblik kasb etgan bugungi XXI asr mahdudligi bundan to‘rtbesh asr muqaddam o‘zgacha “libos” da voqelangan edi. Ulug‘ ispan adibi Migel de Saavedra Servantes (1547-1616) o‘zining o‘lmas qahramoni Don Kixot vositasida ana shu masalaga e’tiborni qaratar ekan, u avvalambor, savdoyi ritsarning tentakliklari ibtidosini Amadis Gallskiy, Roland singari bahodirlar qudrati vasf etilgan ritsarlik romanlarida ko‘radi. Aynan shunday romanlarning juda kuchli ta’sirida qolgan idalgo ritsarlik taomillari bo‘yicha kiyinib, o‘ziga suyukli ma’shuqa sifatida Dulsineya Tobosskaya ismli xayoliy bir oliynanasab
ayolni tanlab, uzoq safarga chiqadi. Uning doimiy hamrohi, qurolbardori esa soddadil dehqon Sancho Pansa edi. Ha, tentaklikka tentaklik ergasharkan. Aziz Dulsineyasi uchun qo‘rqinchli devlar, yovuz sehrgarlar bilan olishib, mislsiz shuhratga, shonshavkatga erishishni ko‘zlagan Don Kixot mavjud jamiyat nuqtai nazaridan g‘ayrime’yoriy sanalgan ishlarga qo‘l urib, masxara bo‘lganda, bu masxaralarning bir qismi Pansaga ham tegishli edi. Pandafilando otli dev deb o‘ylab, vino to‘la meshlarni yorib tashlagan, shamol tegirmoni, qo‘ylar podasiga qarshi “jang” larda “matonat” ko‘rsatgan, ashaddiy jinoyatchilarni bandilikdan chiqarib yuborgan jasur ritsarning telbalarcha gapso‘zlari, xatti-harakatlari yo‘lda uchragan odamlarning kulgusini qistaydi, ba’zan esa hatto g‘azabini ham qo‘zg‘aydi. Xo‘sh, bu kulgu-yu nafratning bosh omili nima?
Oliyjanoblik, mardlik, jasorat, ornomus kabi yuksak fazilatlar gullab-yashnagan, endilikda esa g‘irashira tushga aylangan O‘rta asrlarning, ritsarlar qahramonligi-yu shavkati bilan to‘lib toshgan olis o‘tmishning turli romanlarda afsonalar qobig‘i ostida o‘ta bachkana ko‘rinishda aks etishi, bu aksning keksa idalgo ongida qoldirgan asorati — real dunyoning Don Kixot tomonidan ana o‘sha asarlar illyuziyasi ostida baholanishi... Don Kixot o‘zining ritsarlik “faoliyat” i haqida qurolbardoriga quyidagilarni uqtiradi:
“Do‘stim Sancho, shuni bilib qo‘yginki, samoning meni shu temir asrda bun- yodga keltirishdan murodi, men haligi oltin bilan sayqallangan yoki oltin asr- ni qayta tiklashim kerak. Men peshonasiga xavfxatarlar, ulug‘vor ishlar va mislsiz qahramonliklar yozilgan zotlardan bo‘laman...”
Don Kixot yashayotgan davr ertaklar, rivoyatlarga ishonch barham top
gan, feodalizm o‘rnini kapitalizm egallay boshlagan, yangicha dunyoqarash
dagi yangi avlod voyaga yetgan davr edi. O‘tmish xotirasi bilan hamnafas
Don Kixotga xos fanatizm, borliqni butunlay noto‘g‘ri idrok qilish bu pok niyatli, oliyjanob inson bilan o‘z zamonasi o‘rtasida ulkan jarlik hosil etdi. U barcha masalada — insoniy munosabatlar, sevgi, ritsarlik burchi, qurolbardorlik va hokazolar borasida idalgoning iqtisodchisi-yu jiyani, ruhoniy-u sartarosh kabi tanishlari o‘tga tashlab yuborgan zararli kitoblar ramkasida fikrlardi. To‘g‘ri, bunday asarlar qatida Don Kixotning quyidagi fikrlariga zamin hozirlagan ruh mavjudligini tan olmoq lozim:“O‘zimni donishmand ham deyolmayman. Men faqat insonlarga ular yer yuzida jahongashta ritsarlikning baxtiyor zamonlari barqaror etilishini tilamasdan naqadar yengiltaklik qilayotganlarini tushuntirib qo‘ymoqchiman, xolos. Ehtimolki, bizning majruh asrimiz ilgarigi dorilomonlik gashtidan mahrum va unga noloyiqdir. Bunday gasht o‘tmishda, jahongashta ritsarlar davlatni mudofaa qilganlarida, xotinqizlarni himoya etganlarida, yetimyesir, g‘aribu g‘urabolarga ko‘maklash-ganlarida, mag‘rurlarni jazolab, mo‘minlarni siylaganlarida haq va barqaror edi. Hozirgi ritsarlar muqaddas sovutlarni ipagu barqutga almashtirganlar”
Darhaqiqat, fantexnika borasida mislsiz yutuqlarga erisha borgan bani odam XX – XXI asrlarda ma’naviy tubanlikka tomon keta boshladi. Bugungi kunning global “bosh og‘riqlar”i — narkomaniya, OITS, odam savdosi, bir qancha Yevropa mamlakatlarida bir jinsli nikohga qonunan ruxsat berilishi, terrorizm, maskultura va shu singari balolar bu tubanlikning oliy ko‘rinishlaridandir. Buyuk Servantes telba donishmand Don Kixot tilidan aslida bugungi kunlarimizning ibtidosi to‘g‘risida kuyinib so‘zlagandi.
Garchi Don Kixotning yuqoridagi fikrlari qanchalik haqqoniy bo‘lmasin, uning tafakkur tarzi sarobga, xomxayolga asoslangandi. Bu xomxayolketidan boshqa bir xomxayol — tezda boyib ketish, katta-katta orollarning egasiga, hukmdoriga aylanish orzusi ergashdi. Boya aytganimizdek, tentakka tentak ergashdi — savodsiz, soddadil Sancho Pansa biron orolning gubernatori bo‘lish umidida qurolbardor sifatida o‘z xo‘jayini bilan tog‘-u toshlarda, dalalarda go‘r azobini tortdi, kaltaklash-u do‘ppos lashlarni boshidan o‘tkazdi, ko‘plar-ning kulgusi-yu nafratiga uchradi. O‘z xo‘jasining telbaliklari unida hayratga soldi. Ko‘ziga tegirmon parraklari devlar, ruhoniylar go‘zal malikani olib qochayotgan jodugarlar bo‘lib ko‘ringuvchi Don Kixotning telbateskari ishlari yaroqbardorda uning haqligiga shubha uyg‘otsa-da, borabora bu gumonlar tarqab, allaqanday mehrga, ishonchga aylandi. Bu ishonchga esa yana o‘sha oldiqochdi ritsarlik romanlarida saxovatli ritsarlar sadoqatli xizmati evaziga qurolbardorlarini munosib taqdirlashi, jangda qo‘lga kiritilgan kattaroq o‘ljani yoki egallangan biror yerni tortiq etishi tasvirlangani, Don Kixot tiliga ko‘chgan shu tasvirlarning Sancho Pansada katta ishtiyoq uyg‘otganisabab bo‘lgandi. Umuman, donkixotcha savdoyilik aynan shu Sancho Pansa obrazi bilan birgalikda yanada yorqin qiyofa kasb etgan.
Shuni ta’kidlash joizki, Don Kixot jisman real borliq, ruhan esa xayollar, orzular olamida yashardi. O‘z jismini ham o‘sha olamning teng huquqli a’zosi sifatida tasavvur qilgan (reallikni noreallik bag‘rida topgan) ritsar o‘zi yaratgan dunyoning eng aziz siymosi etib Dulsineya Tobosskayani tanladi. Ehtimol, bu ayol boshqalar uchun oddiygina qishloq qizi Aldonsa Lorensodir. Ammo u zaminga dong‘i taralgan jahongashta ritsarning qalbini zabt aylagan! Shu bois Dulsineya to‘g‘risida tahqiromuz gap aytilganda Don Kixot g‘azabla quyidagilarni izhor etmoqdan o‘zini tiyolmaydi: “Hoy ahmoq, bekorxo‘ja, qishloqi, uning xayolining o‘zi menga qanchalik kuch, jasorat baxsh etishini bilasizmi? Ey tili ilonning tiliday qaldiragan muttaham, kim qirollikni egallab, devning kallasini uzdi hamda sizni makr qilib qo‘ydi (zeroki o‘ylangan narsani qilingan deb hisoblayman) ? O‘zining jasorati uchun meni tanlab olgan Dulsineyaning qahramonligi emasmi bu? U mening qonimda, men bilan zafar quchyapti, uning yodi bilan qalbim tepadi, nafas olaman, u mening hayotim, borlig‘im.”
E’tiborlisi, Don Kixotga xos bunday fanatizm, jizzakilik qay bir jihatlari bilan o‘tmishda qolgan shonli German imperiyasini qayta tiklash da’vosi ostida XX asrning 30yillarida hokimiyatga kelgan natsistlarni yo bo‘lmasa hozirgi davrda xalifalik zamonlarini qo‘msab yurgan turli diniy-ekstrimistik tashkilotlarni eslatib yuboradi. Umuman olganda esa eski kitoblardagi eski voqelikka bor vujudila yopishib olgan Don Kixot tabiatan aqlsiz, saviyasiz emas. Karvonsaroyda kechlik ovqat mahali uning atrofdagilarga qarata harbiy ish va ilmfan haqida aytgan dono fikrlarini bir eslang. O‘sha chog‘da bundan muassir bo‘lganlar — “Dasturxon atrofida o‘tirgan boshqa kishilar esa, mana
Do'stlaringiz bilan baham: |